ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.6K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❕Adliya vazirligi hamda Toshkent mediatsiya markazi bilan hamkorlikda respublika bo‘ylab tashkil etiluvchi “IP Mediation” loyihasi o‘tkazilmoqda.

✅ Bunda, asarlar, brendlar, ixtirolar yoki boshqa intellektual mulk obyektlaridan foydalanishda nizolashayotgan taraflar ishlarni mediatsiya tartibida hal etish uchun Toshkent mediatsiya markaziga murojaat qilishlari mumkin.

✅Loyiha doirasida Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti tomonidan bilim va malakalari oshirilgan professional mediatorlar tomonidan quyidagi mazmundagi ishlar ko‘rib chiqilishi mumkin:

✅ patentlar, tovar belgilari, mualliflik va turdosh huquqlar obyektlari, tijorat siri hamda nou-xauga bo‘lgan huquqlarni buzish bilan bog‘liq nizolar;
✅ litsenziya nizolari, shuningdek dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazalari va boshqa raqamli mahsulotlardan foydalanish va ularni taqdim etish to‘g‘risidagi shartnomalardan kelib chiqadigan nizolar;
✅ intellektual mulk obyektlaridan domen nomlarida foydalanish bilan bog‘liq nizolar.

✅ Loyiha doirasida mediatsiya ishi bo‘yicha axborot uchrashuvlari tekin tarzda amalga oshiriladi.

⚠️ Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun hududiy adliya boshqarmalari, Toshkent mediatsiya markazi yoki vazirlikning +998 71 207-01-87 (1835, 1840) raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2🔥2
#Adliya_xabari

Buxoroda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi korxonalar holati o‘rganildi

➡️ Adliya vaziri o‘rinbosari – To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N. Muxammadiyev tomonidan Buxoro viloyatida joylashgan to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi “REAL TEKS Qorako‘l” MCHJ, “BCT CLUSTER AGROKOMPLEKS” MCHJ hamda “OLOT COTTON CLUSTER” MCHJ faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

➡️ O‘rganish jarayonida mazkur korxonalarning joriy holati, to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilishi, korxonalarga tegishli mol-mulklarning mavjudligi, saqlanishi va ulardan foydalanish samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔷Shuningdek, mol-mulklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, baholash, ijaraga berish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq jarayonlar, mavjud kreditorlik qarzdorliklari hamda to‘lovga qobiliyatsizlik ishlarining davomiyligi va ularning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgan omillar tahlil qilindi.

🔷Bundan tashqari, korxonalar faoliyatini tiklash, moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda kreditorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini samarali tashkil etish va ularning asossiz cho‘zilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10
#Adliya_xabari

🇺🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi IAIR konferensiyasining plenar sessiyasida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi Xalqaro to‘lovga qobiliyatsizlik regulyatorlari assotsiatsiyasi (IAIR) konferensiyasi doirasidagi plenar sessiyada ishtirok etdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov so‘zga chiqib, Adliya vazirligi huzurida yangi tashkil etilgan To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, uning asosiy vazifalari hamda mamlakatimizda ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqaro hamjamiyatga taqdim etdi.

Xususan, moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan korxonalarni erta qo‘llab-quvvatlash, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, tartib-taomillarni soddalashtirish va shaffofligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, sud boshqaruvchilari institutini rivojlantirish, ularning professional standartlarini oshirish, Sud boshqaruvchilari palatasining tashkil etilgani hamda sohani raqamlashtirish maqsadida barcha asosiy ma’lumot va xizmatlarni birlashtiruvchi yagona elektron platformani yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qayd etildi.

M. Istamov Agentlikning IAIRga a’zo bo‘lishi xalqaro regulyatorlar bilan amaliy tajriba almashish, ilg‘or xorijiy amaliyotlarni o‘rganish va to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishini alohida ta’kidladi.

Plenar sessiya davomida turli mamlakatlarning to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi islohotlari va amaliy tajribasi yuzasidan fikr almashildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrik

❗️Tajriba — eng yaxshi darslik, ustozlik sharafi faqat maktab bilan o'lchanmaydi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati adliya tizimida uzoq yillardan buyon faoliyat olib borib, ko'plab shogirdlar yetishtirgan fidoyi adliya xodimlarini 1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

Ustoz — misoli charog'on nur, u o'z shogirdlari qalbida mangu ziyo taratadi. O'zining mashaqqatli va sharafli mehnati bilan yoshlarga to'g'ri yo'l ko'rsatib, adolat va qonun ustuvorligi yo'lida chinakam munosib, sadoqatli kadrlarni tayyorlashda siz, azizlarning xizmatingiz beqiyosdir!

Buloq o'z suvi bilan atrofni yashnatganidek, sizning boy tajribangiz va o'gitlaringiz butun bir tizimning ravnaqiga xizmat qilmoqda.

Barchangizga mustahkam sog'liq, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik va sharafli kasbingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

💐Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz ustozlar!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4❤3👏2
#Adliya_xabari

🇺🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi IAIR Bosh yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi Xalqaro to‘lovga qobiliyatsizlik regulyatorlari assotsiatsiyasi (IAIR)ning navbatdagi Bosh yig‘ilishida ishtirok etdi.

IAIR — dunyoning turli yurisdiksiyalarida to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi davlat siyosati, qonunchilik, tartibga solish va amaliyot uchun mas’ul davlat organlarini birlashtiruvchi xalqaro tashkilotdir. Assotsiatsiya 1995-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi a’zo davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasida hamkorlik va tajriba almashinuvini rivojlantirish, to‘lovga qobiliyatsizlik tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish hamda samarali tartibga solish amaliyotini rivojlantirishdan iborat.

Bugungi kunda IAIR tarkibida 38 ta davlatdan 42 nafar davlat tashkiloti, jumladan vazirliklar, agentliklar va to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi boshqa vakolatli davlat organlari a’zo hisoblanadi.

Bosh yig‘ilish davomida IAIR raisi va joriy yilgi tadbir mezboni — Kanada Bankrotlik bo‘yicha superintendenti Elisabeth Lang Assotsiatsiyaning o‘tgan davrdagi faoliyatini sarhisob qildi. Xususan, a’zo tashkilotlar o‘rtasida amaliy tajriba almashishni kengaytirish, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi zamonaviy tartibga solish yondashuvlarini muhokama qilish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda IAIR doirasidagi professional aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar qayd etildi.

Shuningdek, IAIR Ijrochi kotibining moliyaviy hisoboti, Assotsiatsiya faoliyatining kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlari va a’zolar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Bosh yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining IAIRga a’zo bo‘lgani alohida ta’kidlandi.

Mazkur a’zolik Agentlikka yetakchi xorijiy regulyatorlar bilan bevosita hamkorlik qilish, qonunchilik va amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi zamonaviy yondashuvlarni milliy tizimga joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Yig‘ilish yakunida IAIRga kelgusi yilgi raislik Irlandiya to’lovga qobiliyatsizlik ishlariga mas’ul organlariga topshirildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
#Adliya_xabari

24 ta murojaat. 7 ta masala — joyida hal etildi. 14 tasi ijroga yo‘naltirildi.

Bugun, 2-oktyabr kuni Adliya vazirligida Adliya vazirining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslar vakillarining notariat, mehnat qonunchiligi, davlat xizmatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik, kadastr, uy-joy va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarning 2 tasi — Xorazm viloyati Shovot tumani hamda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidan onlayn tarzda qabul qilindi.

➖ 7 ta murojaat yuzasidan joyida huquqiy tushuntirish berildi;
➖ 14 ta murojaat ijro uchun qabul qilinib, masalalarni qonuniy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

📌 Eslatma: Adliya vazirining qabuli har juma kuni soat 15:00–17:00 oralig‘ida o‘tkaziladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
#Adliya_xabari

🇺🇿🌐 Jahon banki vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalqaro to‘lovga qobiliyatsizlik regulyatorlari assotsiatsiyasi (IAIR) tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirlining birinchi o’rinbosari M.Istamov Jahon bankining to‘lovga qobiliyatsizlik masalalari bo‘yicha eksperti U. Paterson bilan uchrashdi.

Uchrashuvda moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan korxonalarni sog‘lomlashtirish, suddan tashqari va sud sanatsiyasi mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, sanatsiyada ishtirok etayotgan korxonalarga nisbatan kredit risklarini baholash va zaxiralar shakllantirish bo‘yicha yondashuvlarni takomillashtirish, shuningdek, xalqaro tajribadan kelib chiqib yanada muvozanatli prudensial mexanizmlarni joriy etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi islohotlar va ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha Jahon banki bilan ekspertlik hamkorligini davom ettirishga kelishib olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2🔥1
#Adliya_xabari

🇺🇿🌐 BMT Universitetining instituti direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi

Kanadaning Toronto shahrida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov BMT Universitetining instituti direktori professor K. Madani bilan uchrashdi.

Uchrashuvda suv resurslarini boshqarish va muhofaza qilish sohasidagi huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish, xalqaro tajribani milliy qonunchilikka tatbiq etish hamda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda ushbu sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani, xususan, 2025-yilda yangi Suv kodeksi qabul qilingani qayd etildi.

K. Madani O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va institut bilan shakllanayotgan hamkorlikni ijobiy baholadi.

Tomonlar amaliy hamkorlikni davom ettirish, ekspertlar almashinuvi va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1
#Adliya_xabari

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish: Yashnoboddagi ishlar tanqidiy o'rganildi

Joriy yilning 3-oktyabr kuni Adliya vaziri Akbar Tashkulov Yashnobod tumanida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, savdo jarayonlarida qonuniylik va shaffoflikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, vazir “Aviasozlar” bozorida bo'lib, savdo nuqtalari faoliyati, bozor infratuzilmasi, tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda hisob-kitoblarning belgilangan tartibda yuritilishini ko'zdan kechirdi.

O'rganish jarayonida savdo faoliyatini qonuniy tashkil etish, naqd pul aylanmasini shaffoflashtirish, nazorat-kassa texnikalaridan to'g'ri va samarali foydalanish, soliq hamda boshqa majburiy to'lovlarning o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, savdo jarayonlarini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish, tadbirkorlar uchun teng va adolatli sharoit yaratish hamda yashirin iqtisodiyotga zamin yaratayotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarning axboroti tinglandi.

Mas'ullarga noqonuniy va ruxsatsiz savdo holatlarining oldini olish, hisob-kitobsiz mahsulot realizatsiyasiga chek qo'yish, aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤4🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Andijon_viloyati

Shahrixon tuman adliya bo'limining aralashuvi bilan fuqaroning 21 yillik muammosi hal etildi


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤3🔥1
#Adliya_xabari

Intellektual mulk sohasida O‘zbekiston–Koreya hamkorligining navbatdagi bosqichi boshlandi


Bugun, 5-oktyabr kuni Adliya vazirligida “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasidagi ikkinchi tadqiqot va maslahat missiyasining ochilish uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Missiya 5–9-oktyabr kunlari Toshkent shahrida davom etadi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov, Adliya vazirligining tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari, shuningdek Koreya intellektual mulk instituti – KIPI vakillari hamda ekspertlari ishtirok etdi.

Tomonlar loyihaning navbatdagi bosqichida amalga oshiriladigan ishlar, ularning umumiy jadvali, vazifalar va mas’uliyat taqsimoti, shuningdek zarur ma’lumot va materiallarni tayyorlash masalalarini muhokama qildi.

Missiyaning asosiy maqsadi intellektual mulkka oid hujjatlarni raqamlashtirish, mavjud ma’lumotlarni tozalash va migratsiya qilish, shuningdek IP Adliya axborot tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy rejalarni ishlab chiqish va kelishib olishdan iborat.

Birinchi kun doirasida intellektual mulk obyektlariga oid arxiv hujjatlarini raqamlashtirish, ularni saqlash va qayta ishlash shartlari, ma’lumotlarni turli axborot tizimlari kesimida solishtirish, mavjud xatolarni aniqlash hamda ma’lumotlarni tozalash va migratsiya qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Missiya davomida hujjatlarni raqamlashtirish standartlari va ish jarayonlari, ma’lumotlar sifatini oshirish mezonlari, ularni IP Adliya tizimiga migratsiya qilish mexanizmlari hamda ushbu yo‘nalishlarda keyingi amaliy chora-tadbirlar batafsil muhokama qilinadi.

Mazkur hamkorlik intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, raqamli xizmatlar sifatini yaxshilash hamda ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlashga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2🔥1
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va Koreya Eksimbanki vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muhammadiyev Koreya Eksport-import banki (KEXIM) Toshkent vakolatxonasi rahbari Kang San Jin bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Koreya Respublikasining davlat sektorida sun’iy intellektga asoslangan transformatsiya borasidagi siyosati va ilg‘or tajribasi, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida huquqiy boshqaruv hamda davlat huquqiy xizmatlarini modernizatsiya qilish istiqbollari muhokama qilindi.


Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan “Huquqiy boshqaruvni sun’iy intellekt asosida transformatsiya qilish” loyihasi taqdim etilib, uni amalga oshirish bo‘yicha KEXIM bilan hamkorlik imkoniyatlari, loyiha talablari hamda kelgusidagi amaliy qadamlar yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar mazkur yo‘nalishda muloqotni davom ettirish va istiqbolli hamkorlik tashabbuslarini birgalikda ishlab chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4🔥1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️490 million so'm
adliya aralashuvi bilan fuqaroning noqonuniy buzilgan uyi uchun kompensatsiya sifatida toʻlab berildi

Rishton tumani "Bo'ston" MFYda yashovchi fuqaro M.Sh. tuman adliya boʻlimiga murojaat qilib, "Farg'ona–Qo'qon" katta avtomobil yo'li kengaytirilishi munosabati bilan uy-joyi va yer maydoni davlat ehtiyojlari uchun noqonuniy buzib tashlanganini bildirgan hamda kompensatsiya pulini undirib berishni so'ragan.

Adliya bo'limi tomonidan fuqaro manfaatini ko'zlab Fuqarolik ishlari boʻyicha Rishton tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi.

Sudning 2026-yil 5-oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan fuqaro foydasiga 490 mln soʻm kompensatsiya puli undirilishi belgilanib fuqaroning murojaati qanoatlantirildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥7👏4❤1
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Tashkulov TDTga a’zo davlatlar Adliya vazirlari kengashining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar Adliya vazirlari kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov nutq bilan ishtirok etib, mamlakatimizda adliya va huquq sohasini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda erishilgan natijalar haqida ma’ruza qildi.

Vazir o‘z nutqida TDT doirasida huquq va adliya sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini ta’kidlab, sud ekspertizasi, notariat, muqobil nizolarni hal etish va mediatsiya yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi ishlarni qayd etdi. Shuningdek, Adliya vazirligi tizimida joriy etilgan sun’iy intellekt yechimlari hamda yuridik xizmatlar, notariat va advokatura sohalarini raqamlashtirish natijalari haqida ma’lumot berildi.


Yig‘ilish yakunida TDTga a'zo davlatlarning kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi Qo‘shma kommunike imzolandi.

Shuningdek, Kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2027-yilda Qirg‘iz Respublikasida o‘tkazilishi belgilandi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
#Adliya_xabari

Turkiy davlatlar tashkiloti Adliya vazirlari kengashining uchinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov Qirg‘iz Respublikasi Adliya vaziri Almaz Ayilchiyev bilan qisqa ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston adliya vazirliklari o‘rtasida shakllangan hamkorlikni yuqori baholab, uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.


Shuningdek, amaliy aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish hamda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini kengaytirishga tayyorlik bildirildi.

Akbar Tashkulov Almaz Ayilchiyevni Qirg‘iz Respublikasi Adliya vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tabriklab, faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥Live
#Sud_ex_konferensiya
#Xalqaro_hamkorlik

O'zbekiston sud ekspertlari uchun Hindistonda stajirovkalar tashkil etish taklif etildi

O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari Mirjalol Allakuliyev Hindiston Milliy sud ekspertizasi fanlari universiteti (NFSU) vakili, professor Chandrasinx Jadeja hamda universitet kampusi direktori Purvi Pokxariyal bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muloqot davomida sud ekspertizasi sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, raqamli dalillar bilan ishlash, sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish hamda malakali mutaxassislar tayyorlash bo'yicha hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


Xususan, Hindiston Milliy sud ekspertizasi fanlari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va "Axxonet System Technologies" kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan Raqamli sud ekspertiza va tadqiqot markazi faoliyatini to'liq yo'lga qo'yish, uning ilmiy-amaliy imkoniyatlaridan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuvda qator istiqbolli yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni rivojlantirish taklif etildi. Jumladan:
➖ sud ekspertlari uchun Hindistonda qisqa va o'rta muddatli stajirovkalar tashkil etish;
➖ Deepfake, sintetik media, raqamli dalillar va sun'iy intellekt bo'yicha qo'shma ilmiy tadqiqotlar olib borish;
➖ zamonaviy laboratoriya texnologiyalari va ilg'or ekspertlik uslubiyotlari bo'yicha tajriba almashish;
➖ jinoyat sodir etilgan joyni 3D skanerlash, raqamli modellashtirish va rekonstruksiya qilish texnologiyalarini amaliyotga joriy etish;
➖ O'zbekistonda sud ekspertizasining yangi turlarini rivojlantirish.

Uchrashuv sud ekspertizasi sohasida ilm-fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, ilg'or xalqaro tajribani milliy tizimga tatbiq etish hamda ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo'lida muhim muloqot maydoni bo'ldi.

#Adliya #SudEkspertizasi75Yil #XalqaroHamkorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sud_ex_konferensiya
#Xalqaro_hamkorlik

O'zbekiston va Turkiya: sud ekspertizasi sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko'tarilmoqda

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari Mirjalol Allakuliyev Turkiya Adliya vazirligi huzuridagi Sud tibbiyot instituti prezidenti Xizir Asliyuksek bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muloqotda ikki mamlakat o'rtasida sud ekspertizasi sohasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik natijalari sarhisob qilinib, uni yanada kengaytirishning ustuvor yo'nalishlari muhokama qilindi.

Xususan, sud ekspertlarining Turkiyada malaka oshirishi va stajirovka o'tashi, raqamli kriminalistika, DNK tadqiqotlari, sun'iy intellekt hamda Deepfake texnologiyalari orqali yaratilgan soxta materiallarni aniqlash bo'yicha qo'shma ilmiy izlanishlarni yo'lga qo'yish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.


Shuningdek, zamonaviy ekspertiza uslubiyotlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, yangi tadqiqot turlarini joriy etish, kiberjinoyatchilik va raqamli dalillar bilan ishlash bo'yicha mutaxassislar tayyorlash yuzasidan qator takliflar ilgari surildi.

Ilm-fan, ilg'or texnologiyalar va o'zaro tajriba almashishga asoslangan hamkorlik sud ekspertizasi sohasida yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Uchrashuvning muhim jihatlari va muloqot jarayoni videolavhamizda.

#Adliya #SudEkspertizasi75Yil #OʻzbekistonTurkiya #XalqaroHamkorlik

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
#Adliya_xabari

Tadbirkorlar huquqlari va to‘lovga qobiliyatsizlik masalalari muhokama qilindi


Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasida Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev ishtirokida viloyat Iqtisodiy sudi rahbariyati, Majburiy ijro byurosi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda sud boshqaruvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda to‘lovga qobiliyatsizlik bilan bog‘liq masalalar, ushbu yo‘nalishda amaliyotda uchrayotgan muammolar, sud hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda idoralararo hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, mavjud muammolarni qonuniy va amaliy jihatdan samarali hal etish, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida yuzaga kelayotgan masalalarga aniq yechimlar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.


Shuningdek, ishtirokchilarning fikr va takliflari tinglanib, sohada samaradorlikni oshirish hamda hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍5
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov xizmat safari davomida Qarshi shahridagi “Qavali” kichik sanoat zonasida joylashgan, dori-darmon mahsulotlari ulgurji savdosiga ixtisoslashgan “Madina Pharm” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Muloqot jarayonida tadbirkorning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy masalalarni hal etish hamda qonunchilikda nazarda tutilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korxonaning brendini huquqiy jihatdan himoya qilish, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish, patent va boshqa intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
#Adliya_xabari

O‘zbekiston va Turkiya adliya vazirlari ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Istanbul shahrida bo'lib o'tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti Adliya vazirlari kengashining uchinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov Turkiya Respublikasi Adliya vaziri Akin Gyurlek bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida adliya va sud-huquq sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar, xususan, 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi, mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish, advokatura va davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish, yuridik kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda huquqiy axborot sohalaridagi hamkorlik masalalariga e’tibor qaratdilar.


Shuningdek, mediatsiya va ADR tizimini rivojlantirish, mediatorlarni tayyorlash, sudgacha va sud jarayonlarida mediatsiyadan foydalanish hamda ushbu sohani raqamlashtirish bo‘yicha tajriba almashish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan Turkiya Adliya akademiyasi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro o‘quv tashriflari, stajirovkalar va qo‘shma seminarlarni tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🔥1👏1