ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrik

Адлия вазирлиги жамоаси барча устоз ва мураббийларни байрам билан қутлайди

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrik

Hurmatli opa-singillar, adliya ayollari!

Sizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy qutlaymiz.

Adolat yo‘lida biz bilan yelkama-elka xizmat qilayotganingiz, ham oilaga, ham farzandlarga, ham ro‘zg‘orga, ham ishga ulgurib, barchasini teng uddalayotganingiz tahsinga loyiq.

Oilangizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-quvonch arimasin!

Qadringiz va qaddingiz hamisha baland bo‘lsin! Sizlar bizning faxrimizsiz!

Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrik

9-iyun — Xalqaro arxivlar kuni!

Sana munosabati bilan adliya vaziri Akbar Toshqulov sohaning fidoiy va jonkuyar xodimlari, faxriylari va xizmatchilariga tabrik yo‘lladi!

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrik

❗️BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN, AZIZ USTOZLAR

Mehr nuri yog’ar doim, yuzingizdan ustozlar,
Yursam deyman shu tabarruk izingizdan ustozlar!
            
        
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan o'tkazilayotgan "O'qituvchilarga ehtirom" aksiyasi doirasida Farg'ona viloyatidagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida ustozlarga navbatsiz xizmat bilan samimiy ehtirom ko'rsatilmoqda.

Ko'z nuri va qalb qo'rini, butun ongli hayotini bilim va tarbiya berishga, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag'ishlagan, bir so'z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan bu insonlarning olijanob mehnatiga har qancha tahsin aytsak oz.

Sizga ta'zimdamiz - aziz ustozlar!


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥2👏1
#Adliya_tabrik

❗️Ustoz - qadri buyuk muallim

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi va Rishton tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi rahbarlari "Oʼzbekiston Respublikasi xalq oʼqituvchisi" faxriy unvoni sohibi, Oltiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Rahimov Hamidjon Mamajonovichni "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami bilan tabrikladilar.

Ustoz deganda, har qaysi inson ko'nglida chuqur hurmat - ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg'ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o'lchab va ado qilib bo'lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo'ladi. Ustozlarimiz o'giti, keksalarimiz pand-nasihatlariga amal qilib borsak, aslo kam bo'lmaymiz.

Barcha ustoz va murabbiylarimizni bayram bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Yosh avlodga ziyo nurini taratishdan aslo charchamanglar!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#Adliya_tabrik

TABRIKNOMA

🗓Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi tashkil etilganligining 6 yilligi munosabati bilan Palata rahbariyati hamda butun notarial hamjamiyatni yuksak hurmat va eʼtirof bilan samimiy muborakbod etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi notariat institutini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga, huquqiy xizmatlar sifatini tubdan oshirishga, notariuslarning kasbiy salohiyati va masʼuliyatini mustahkamlashga, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.


Notarial palataning Adliya vazirligi bilan uzviy hamkorlikdagi faoliyati mamlakatimizda huquqiy islohotlarni izchil amalga oshirish, notarial faoliyatni raqamlashtirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan Notarial palata jamoasiga mustahkam sogʻlik, yuksak masʼuliyat va fidoyilik talab etiladigan sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, kelgusida esa yanada yuksak marralar va yangi zafarlar tilaymiz.


🟡Notarial palataning ezgu va masʼuliyatli faoliyati bundan buyon ham mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash va huquqiy davlat barpo etishga munosib hissa qo'shishiga ishonch bildiramiz.

Hurmat bilan,
O'zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi jamoasi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥85👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrik

​Yillar davomidagi sabr va mas'uliyatli mehnat uchun ehtiromimizni qabul qiling.

Sizning ish tajribangiz va har bir hujjatga bo‘lgan o‘ta sinchkovligingiz biz, yoshlar uchun haqiqiy maktab bo‘ldi. Sharafli mehnat faoliyatingiz bilan tabriklaymiz!

Dang'ara tumanida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius Karimova Inoyat Maksudaliyevna pensiya muborak!
👍11🔥63👏3🎉2
#Adliya_tabrik

❗️Adliya xodimi “Mo'tabar ayol” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi

Uchko'prik tuman FHDY bo'limi mudirasi Manzuraxon Nortojiyeva jamiyat va davlat hayotida ko'rsatgan faolligi, tashabbuskorligi, o'zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo'shganligi munosabati bilan “Mo'tabar ayol” ko'krak nishoniga sazovor bo'ldi.

Adliya vazirligi jamoasi Manzuraxon Nortojiyevani ushbu e'tirof bilan samimiy tabriklab, faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏21🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrik

☄️Haqiqat posbonlariga ehtirom

Har bir xabar ortida izlanish, mashaqqat va mas’uliyat yotadi.

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha media sohasi fidoyilarini samimiy tabriklaymiz!

Sizning xolis so‘zingiz, tezkor xabaringiz va fidokorona mehnatingiz jamiyat taraqqiyoti hamda xalq ishonchining mustahkam poydevoridir.

❗️Qalamingiz o‘tkir, nigohingiz teran, ijodingiz esa bardavom bo‘lsin!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21