ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

❗️Murojaatlar joyida hal etilmoqda: Riştonda sayyor qabul ötkazildi

Joriy yilning 26-noyabr kuni Adliya vaziri örinbosari Mirjalol Davronbekoviç Allakuliyev tomonidan Farğona viloyatining Rişton tumanida jismoniy va yuridik şaxslar vakillari uçun sayyor qabul ötkazildi.

Qabulda 50 dan ortiq fuqarolar iştirok etib, ularni qiynab kelayotgan huquqiy va boşqa masalalar böyiça, jumladan, mehnat va bandlik munosabatlari, ijtimoiy himoya va nafaqalar tayinlaş, tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş, davlat xizmatlari körsatiş hamda turli imtiyozlar qo'llash va boshqa sohalarga oid murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarning 80 foizi ijobiy hal etildi, qolgan qismi böyiça sudlarga tuğiliş, vafot etganlik faktlarini belgilaş, buzilgan uy-joy uçun kompensatsiya undiriş yuzasidan ariza va da'vo arizalarini kiritiş yuzasidan mas'ul xodimlarga topşiriqlar berildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4🔥2👏1
Konstitutsiyaga sayohat (3-qism): “Davlat tuzilishi”

Bolalar uchun Konstitutsiya nima ekanini sodda, qiziqarli va hayotiy misollar orqali tushuntirib beruvchi animatsion loyihaning navbatdagi sonini taqdim etamiz.

Ushbu sonda qahramonlarimiz Odilbek, Adolatxon va Mushukvoy bilan birga davlat chegaralari, ichki va tashqi siyosat, O‘zbekistonning hududiy tuzilishi hamda poytaxtimiz — qadimiy Toshkent shahri haqida bilib olasiz.

Farzandlaringiz bilan birga oilaviy tomosha qiling va Konstitutsiyaviy bilimlaringizni yanada oshiring!

O‘zbek tilida 👉ko‘rish

Ingliz tilida 👉 ko‘rish
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Intellektual mulk boshqaruvi bo‘yicha mintaqalararo forum tafsilotlari


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1
#Adliya_xabari

🌐
Intellektual mulk huquqlari himoyasi: so‘nggi ikki oy ichida 50 ga yaqin veb-saytlar bloklandi

⚖️ Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, internet tarmog‘ida huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida so‘nggi ikki oy ichida 50 ga yaqin veb-sayt faoliyati cheklandi.

🔎 Mazkur veb-saytlarda intellektual mulk obyektlaridan, jumladan, mualliflik huquqi obyektlari va tovar belgilaridan huquq egalarining ruxsatisiz foydalanish holatlari aniqlangan.

✅ Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining qo‘shma qarori bilan intellektual mulk huquqlarini buzganligi sababli faoliyati cheklangan veb-saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “WIPO Alert” platformasiga kiritish tartibi tasdiqlangan.

🌍 “WIPO Alert” — Butunjahon intellektual mulk tashkilotining xalqaro platformasi bo‘lib, unga a’zo davlatlar tomonidan intellektual mulk huquqlarini buzuvchi veb-saytlar va ilovalar haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.

🎯 Platformaning asosiy vazifalari:
🔹 intellektual mulk huquqlarini buzuvchi saytlar haqida tadbirkorlar va reklama agentliklarini xabardor qilish;
🔹 bunday saytlarda reklama joylashtirilishining oldini olish;
🔹 huquq egalari va qonuniy kontent yaratuvchilarning manfaatlarini himoya qilish;
🔹 halol raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash.

⚠️ ADLIYA VAZIRLIGI OGOHLANTIRADI!

❗️ Internet tarmog‘ida intellektual mulk obyektlaridan, jumladan, mualliflik huquqi obyektlari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlaridan huquq egasining roziligisiz foydalanish qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

🛡 Intellektual mulkni hurmat qilish — ijodkor, tadbirkor va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini hurmat qilishdir!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2❤1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_xizmatlar

Elektron o'quv zali (doc.archive.uz) axborot tizimidan foydalanish bo'yiça video yo'riqnoma

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
#Adliya_xabari

📣📣 Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola va blogpost tanlovi ishtirokchilari diqqatiga!

@axborot_xizmati_AV elektron manzili bilan ayrim texnik nosozliklar kuzatilayotganligi sababli, tanlov ishtirokchilaridan ushbu manzilga yuborgan (25-noyabr kuniga qadar) o‘zlarining maqola va blogpostlarini @adliya_tanlovibot telegram botiga joriy yilning 28-noyabr kuniga qadar qayta yuborishini so‘raymiz.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
#Mening_Konstitutsiyam

📘 Konstitutsiyaga köra, insonning şaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir. Heç narsa ularni kamsitiş uçun asos bölişi mumkin emas.

🚫 Heç kim qiynoqqa solinişi, zöravonlikka, boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvçi muomalaga yoxud jazoga duçor etilişi mumkin emas.

❗️ Heç kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar ötkazilişi mumkin emas.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
#Adliya_xabari

⚖️ Adliya vaziri fuqarolarning murojaatlarini tingladi

📍 Bugun, 27-noyabr kuni Adliya vazirligida adliya vazirining fuqarolar bilan navbatdagi qabuli o‘tkazildi.

🔹 Qabul davomida fuqarolar hamda yuridik shaxslar vakillari tomonidan notariat, davlat xizmatlari, FHDY, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati va boshqa huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

💬 Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, fuqarolarning muammolariga qonuniy yechim topish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Qabul jarayonida jami 9 ta murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi uchun nazoratga olindi.

📌 Eslatib o‘tamiz, adliya vazirining fuqarolar qabuli har oyning ikkinchi va toʻrtinchi juma kunlari soat 15:00 dan 17:00 ga qadar o‘tkaziladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Konstitutsiyaga sayohat (4-qism): “O‘zbek tili”

Bolalar uchun Konstitutsiya nima ekanini sodda, qiziqarli va hayotiy misollar orqali tushuntirib beruvchi animatsion loyihaning navbatdagi sonini taqdim etamiz.

Ushbu sonda qahramonlarimiz Odilbek, Adolatxon va Mushukvoy bilan birga ona tilining ahamiyati, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi va boy tarixi, alifbomiz hamda yurtimizda yashovchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari hurmat qilinishi haqida bilib olasiz.

Farzandlaringiz bilan birga oilaviy tomosha qiling va Konstitutsiyaviy bilimlaringizni yanada oshiring!

O‘zbek tilida 👉 ko‘rish

Ingliz tilida 👉 ko‘rish
❤1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning savdo yarmarkasi o‘tkazildi


Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan savdo yarmarkasi o‘tkazildi.

Ushbu yarmarkaning asosiy maqsadi — nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijodiy salohiyati va mehnat mahsulini keng jamoatchilikka namoyon etish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda teng imkoniyatlarni kengaytirishdan iborat.

Yarmarkada Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi nogironligi bor shaxslar bilan bevosita ishlovchi nodavlat notijorat tashkilotlari hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj, imkoniyati cheklangan shaxslar ishtirok etdi.

Ular tomonidan yaratilgan mahsulotlar – qo‘l mehnati bilan ishlangan bezak buyumlari, rasmlar, turli qo‘lda tayyorlangan san’at asarlari xaridorlarga taqdim etildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2🔥1
Konstitutsiyaga sayohat (5-qism): “Davlat ramzlari – iftixor va g‘ururimiz!”

Bolalar uchun Konstitutsiya nima ekanini sodda, qiziqarli va hayotiy misollar orqali tushuntirib beruvchi animatsion loyihaning navbatdagi sonini taqdim etamiz.

Ushbu sonda qahramonlarimiz Odilbek, Adolatxon va Mittivoy bilan birga O‘zbekistonning davlat ramzlari — bayrog‘imiz, gerbimiz va madhiyamizning qabul qilinish tarixi, ulardagi har bir rang va tasvirning ma’nosi hamda davlat himoyasida ekani haqida bilib olasiz.

Farzandlaringiz bilan birga oilaviy tomosha qiling va Konstitutsiyaviy bilimlaringizni yanada oshiring!

O‘zbek tilida 👉 ko‘rish

Ingliz tilida 👉 ko‘rish
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🤝 Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda viloyatda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligida “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida savdo yarmarkasi tashkil etildi.

✨ Mazkur loyiha nogironligi bo‘lgan insonlarning iste’dodi, mahorati va ijodiy salohiyatini namoyon etish, mehnat mahsullarini keng jamoatchilikka tanitish uchun imkoniyat yaratdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Biz_birgamiz

❗️Farg'onada “Biz birgamiz” ijtimoiy aksiyasi o'tkazildi

🤝 Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyati, iste’dodi va ijodiy imkoniyatlarini keng targ‘ib etish maqsadida “Biz birgamiz” ijtimoiy aksiyasi tashkil etildi.

👥 Tadbirda Farg‘ona viloyat hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi, 20 dan ortiq hamkor tashkilotlar vakillari hamda 300 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi.

🎨 Aksiya doirasida nogironligi bo‘lgan fuqarolar tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati namunalari namoyish etildi. Ularda ishtirokchilarning iste’dodi, mehnatsevarligi va yaratuvchanlik qobiliyati o‘z ifodasini topdi.

🏅 Tadbir davomida ijodiy ishlari va mehnati bilan e’tibor qozongan ishtirokchilarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

🔹 Mazkur aksiya nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularning qobiliyati va iste’dodini e’tirof etish, ijtimoiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirishga qaratildi.

❤️ Zero, har bir inson e’tibor, hurmat va munosib e’tirofga loyiq.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍5🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🌳 “Yashil makon” — tabiatga e’tibor!

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tizimi xodimlari ishtirokida ona tabiatni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Davlat xizmatlari sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi



🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1