ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚔️60 mingdan ortiq kontrafakt mahsulot aniqlandi

⚖️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi majlisda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar natijalari ma'lum qilindi.

📌 So‘nggi davrda:
2025-yilda 3,8 mingta, joriy yilning birinchi yarim yilligida esa 2,2 mingta intellektual mulk obyektining huquqiy himoyasi ta'minlandi.

🚫 60 mingdan ortiq kontrafakt mahsulot aniqlandi.

⚖️ 15 mingta kontrafakt mahsulot sud qarorlari asosida yo‘q qilindi.

📄 Intellektual mulk huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan 437 ta ma'muriy material sudlarga kiritildi.

💬 "Intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning eng muhim mezoni — bu huquqlarning amalda ishonchli ta'minlanishidir." — Akbar Tashkulov.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Adliya_xabari

⚔️ Intellektual mulk — bu avvalo insonning ijodi va mehnati

✔️Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi majlisda Adliya vaziri Akbar Tashkulov intellektual mulk deganda faqat patent yoki tovar belgisi emas, balki olimning ilmiy izlanishi, yozuvchining asari, bastakorning musiqasi va dasturchining intellektual mahsuli tushunilishini ta'kidladi.

📌 Natijada:
220 nafardan ortiq ijodkorning mualliflik huquqlari himoya qilindi.

💻 Shuningdek, Prezidentimiz topshirig‘i asosida "E–Muallif" elektron platformasi ishlab chiqilmoqda.

Ushbu platforma orqali:
✔️ mualliflik huquqlarini boshqarish;
✔️ elektron shartnomalar tuzish;
✔️ mualliflik haqini avtomatik hisoblash;
✔️ to‘lovlarni adolatli taqsimlash imkoniyati yaratiladi.

💬 "Biz intellektual mulkni himoya qilar ekanmiz, avvalo
insonning aqliy mehnati, bilimi va ijodiga bo‘lgan hurmatni himoya qilamiz." — Akbar Tashkulov.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#Adliya_xabari

⚔️ Qonunchilikni JST qoidalariga uygʻunlashtirish ishlari Jenevada taqdim etildi

📍 Joriy yilning 27–28-iyul kunlari Jenevada Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlishi boʻyicha Ishchi guruhning 13-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔸Unda adliya vazirining birinchi oʻrinbosari Maxmud Istamov 12-yigʻilishdan buyon milliy qonunchilikni JST bitimlariga uygʻunlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼruza qildi.

📊 Xususan:
🔹 8 ta normativ-huquqiy hujjat JST bitimlariga muvofiqlashtirildi. Natijada uygʻunlashtirilgan hujjatlar soni 190 tadan oshdi.

🔹 JST Kotibiyatiga 25 ta chora-tadbirdan iborat yangilangan Qonunchilik harakatlar rejasi taqdim etildi, shuningdek, tashkilot aʼzolariga 20 ta normativ-huquqiy hujjatning tarjimalari yuborildi.

🔹 Savdo siyosati yoʻnalishida antidemping, kompensatsiya va muhofaza choralari toʻgʻrisidagi qonun loyihalari Parlamentga kiritish uchun tayyorlandi hamda tarif kvotalari va miqdoriy cheklovlar boʻyicha qarorlar loyihalari ishlab chiqildi.

🔹 Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi tashkil etildi. Nazorat tartib-taomillarini raqamlashtirish orqali ularni soddalashtirish va koʻrib chiqish muddatlarini qisqartirish choralari koʻrilmoqda.

🔹 Texnik jihatdan tartibga solish yoʻnalishida xorijiy hujjatlarni elektron tasdiqlash mexanizmi joriy etildi hamda tegishli qonunchilik bazasi takomillashtirilmoqda.

🔹 Qishloq xoʻjaligi sohasida JSTning Qishloq xoʻjaligi boʻyicha bitimi talablariga muvofiq kam daromadli va resurslari cheklangan ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashning obyektiv mezonlari belgilandi.

🔹 Intellektual mulk yoʻnalishida esa Senat Lissabon bitimining Jeneva aktiga qoʻshilish toʻgʻrisidagi Qonunni maʼqulladi. Bu mahsulot kelib chiqqan joy nomlari va geografik koʻrsatkichlarning xalqaro huquqiy himoyasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Taʼkidlanganidek, amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar Oʻzbekistonning JSTga toʻlaqonli aʼzo boʻlishi uchun zarur huquqiy bazani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Adliya vazirligi mazkur yoʻnalishdagi qonunchilikni xalqaro standartlarga uygʻunlashtirish ishlarini izchil davom ettirmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍8🔥3
#Adliya_xabari
#intellektual_mulk

⚔️ “Xorazm guruchi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

📌 Xorazm vohasida yetishtiriladigan guruch o‘zining yuqori sifati, xushbo‘yligi va pishirish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Uning o‘ziga xosligi Amudaryo suvlari, unumdor tuproqlar, qulay iqlim sharoiti hamda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’anaviy yetishtirish tajribasi bilan chambarchas bog‘liq.

⚖️ “Xorazm guruchi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ushbu nomning huquqiy muhofazasini ta’minlaydi.

🔒 Natijada:
mahsulotning kelib chiqishi va sifati himoya qilinadi;
nomdan noqonuniy foydalanishning oldi olinadi;
iste’molchilar uchun mahsulotning haqiqiyligi kafolatlanadi.

📈 Mazkur qaror hududning qishloq xo‘jaligi salohiyatini oshirish, milliy brendni rivojlantirish hamda mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

📚 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligini hamda uning sifati va o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hudud omillari bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
#Adliya_xabari

⚔️ Diqqat! Adliya vazirligi ogohlantiradi

🔸 So‘nggi vaqtlarda ayrim shaxslar o‘zlarini "Patent agentligi", "Patent markazi" yoki "Patent idorasi" xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolar va tadbirkorlarga qo‘ng‘iroq qilayotgani kuzatilmoqda.

🔹 Ular haq evaziga tovar belgisini albatta ro‘yxatdan o‘tkazib berishni va’da qilmoqda. Ayrim hollarda esa, rozi bo‘lmagan tadbirkorlarni tovar belgisini boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirib olish yoki undan foydalanishni cheklash bilan chalg‘itishga urinmoqda.

📌 Shuni unutmang:
🔹 "Patent agentligi", "Patent markazi" yoki "Patent idorasi" nomi bilan faoliyat yuritayotgan tashkilotlar vakolatli davlat organlari hisoblanmaydi.
🔹 Intellektual mulk obyektlariga patent va guvohnomalar berish bo‘yicha yagona vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hisoblanadi.
🔹 Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish ixtiyoriy bo‘lib, hech kim sizni bunga majbur qila olmaydi.
🔹 Hech bir shaxs yoki tashkilot tovar belgisining albatta ro‘yxatdan o‘tkazilishini kafolatlay olmaydi. Patent bojlari miqdori qonunchilikda belgilangan.

🔸 Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani im.adliya.uz portali orqali mustaqil ravishda yoki patent vakili orqali topshirishingiz mumkin.

🔹 Bugungi kunda respublikada 151 nafar patent vakili faoliyat yuritmoqda. Ularning ro‘yxati im.adliya.uz portalining "Patent vakillari" bo‘limida e'lon qilingan.

❗️Shubhali qo‘ng‘iroqlar va asossiz va'dalarga ishonmang. Firibgarlik alomatlariga duch kelsangiz, bu haqda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍96🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚔️ AYNI DAQIQALARDA

📍 Farg‘ona viloyatida adliya vaziri Akbar Tashkulovning sayyor qabuli davom etmoqda.

🤝 Sayyor qabulda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari vakillarining murojaatlari tinglanib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar ishtirokida amaliy choralar ko‘rilmoqda.

📹 Jarayonlardan lavhalar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥6👏43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

Farg‘onada adliya vazirining sayyor qabuli: Har bir murojaat e’tiborda

Farg‘ona shahrida adliya vaziri A. Tashkulovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona shahri hamda unga yondosh tumanlardan 80 ga yaqin fuqaro ishtirok etdi. Shuningdek, markazdan olis hududlarda yashovchi 40 dan ortiq yurtdoshlarimiz onlayn tarzda qatnashib, o‘zlarini qiynayotgan huquqiy masalalarga yechim topish imkoniga ega bo‘ldilar.

Qabul davomida aholining turli hayotiy va huquqiy muammolariga yechim izlandi. Jumladan:
🔹 Hujjatlardagi muammo hal etildi Toshloq tumanidan kelgan Zamira ona Oripova pensiya tayinlash jarayonida yuzaga kelgan to‘siq bo‘yicha murojaat qildi. O'z vaqtida e’tiborsizlik oqibatida vafot etgan ikki nafar farzandining o‘lim haqidagi guvohnomalarini olmagani, oradan yillar o'tib pensiyaga chiqishida muammo yaratgan. Masala tezkorlik bilan ijobiy hal etilib, onaxonga zarur hujjatlarni zudlik bilan rasmiylashtirib berish belgilandi.

🔹 Asossiz (noreal) qarzdorlik bo‘yicha murojaat o'rganilmoqda
Dang‘ara tumanidagi “G‘alaba” MFYda yashovchi bir guruh fuqarolar asossiz yozilgan qarzdorlik masalasida kelishgan. Ularning ta'kidlashicha, hudud 2011-yilda tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan va 2015-yilda qayta ulangan. Biroq, aynan gaz ta'minoti bo‘lmagan yillar uchun noma’lum sabablarga ko‘ra noreal qarzdorlik hisoblangan. Murojaatga huquqiy baho berish va uni qonuniy o'rganib chiqish uchun masala ish yurituviga olindi.

🔹 Sog‘liqqa yetkazilgan zararni undirishda amaliy yordam ko‘rsatiladi
Farg‘ona shahrida yashovchi Natalya Kosyanenkoning murojaati ham diqqat markazida bo‘ldi. Uning bildirishicha, pandemiya davrida mutaxassis ko‘rigisiz kovidga qarshi emlanishi oqibatida sog'lig'ini yo'qotib, nogiron bo‘lib qolgan. Hozirda bepul dori-darmon bilan ta’minlanib, davolanayotgan bo‘lsa-da, u endilikda umrbod 7-8 nafar turli yo'nalishdagi shifokorlar nazoratida bo'lishga majbur. Fuqaro sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni sud orqali undirishda yordam so‘radi. Adliya organlari ko‘magida uning arizasi masalani qonuniy hal etish uchun prokuraturaga yo‘naltirildi va nazoratga olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏12🔥43
#adliya_xabari

⚔️ Portugaliyaning davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi ilg‘or tajribasi o‘rganilmoqda

Adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muxammadiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Portugaliyada davlat boshqaruvi va davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganmoqda.

🤝 Xizmat safari doirasida delegatsiya a'zolari Texnologik islohotlar agentligi, Gimaraynsh shahri munitsipaliteti ma'muriyati hamda Raqamlashtirish bo‘yicha davlat kotibi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

🏢 Shuningdek, delegatsiya Lissabon shahridagi aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi eng yirik markazlardan biri — Loja do Cidadao faoliyati bilan tanishdi.

💻 Uchrashuvlarda davlat boshqaruviga raqamli texnologiyalarni joriy etish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish hamda sun'iy intellektga asoslangan yechimlarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

📌 Tomonlar davlat xizmatlarini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

🌍 Mazkur xizmat safari Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, Adliya vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish" loyihasi doirasida tashkil etilgan.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍133🔥1
#Adliya_xabari

⚔️10 ta hududda yana 18 298 nafar fuqaroning yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi

🔹Surxondaryo viloyati: Yana 3 286 nafar fuqaroning yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 13 895 nafarga yetdi.

🔸Xorazm viloyati: 1 509 nafar fuqaroning yer uchastkasiga ijara hamda undagi bino-inshootlarga mulk huquqi e’tirof etildi. 2025–2026-yillarda bunday fuqarolar soni 8 254 nafarni tashkil etdi.

🔹Andijon viloyati: Yana 4 650 nafar fuqaroning yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 12 080 nafarga yetdi.

🔸Farg‘ona viloyati: Yana 2 050 nafar fuqaroning yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 15 003 nafarga yetdi.

🔹Samarqand viloyati: Yana 1 525 nafar fuqaroning yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 13 587 nafarga yetdi.

🔸Qashqadaryo viloyati: Yana 1 780 nafar fuqaroning yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 13 529 nafarga yetdi.

🔹 Buxoro viloyati: Yana 951 nafar fuqaroning yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 7 641 nafarga yetdi.

🔸 Navoiy viloyati: Yana 703 nafar fuqaroning uy-joy va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 3 039 nafarga yetdi.

🔹 Sirdaryo viloyati: Yana 814 nafar fuqaroning uy-joylariga mulk hamda yer uchastkalariga ijara huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 3 594 nafarga yetdi.

🔸 Jizzax viloyati: Yana 1 030 nafar fuqaroning yer va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilib, ularning umumiy soni 6 091 nafarga yetdi.
Bularning barchasi, avvalo, inson manfaatini ta’minlash, fuqarolarning yillar davomida yechimini kutgan mulkiy masalalariga qonuniy yechim berish va ularning ertangi kunga ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚔️ Adliya vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi

📊 Majlisda 2026-yil birinchi yarim yilligi yakunlari sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi.

⭐️ Ta’kidlanganidek, “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi doirasida 41 ta davlat organi orasida Adliya vazirligi “namunali vazirlik” deb e’tirof etildi.

📈 Hisobot davrida erishilgan asosiy natijalar:

⚖️ 840 ta normativ-huquqiy hujjat davlat hisobiga olindi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21 foizga ko‘p.

📑 Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar soni 1,5 baravar oshib, 301 taga yetdi.

🔍 1 700 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat loyihasi tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazilib, 229 ta korrupsiyaviy omil aniqlandi.

📋 Majburiy talablar reyestri doirasida 42 mingta majburiy talab qayta ko‘rib chiqilmoqda.

💻 40 ta davlat xizmati soddalashtirildi. Natijada kompozit davlat xizmatlari soni 128 taga, proaktiv xizmatlar esa 33 taga yetkazildi.

🏢 Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni 75 taga oshirilib, 592 tani tashkil etdi.

👶 Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma endilikda 100 foiz avtomatik, xodim ishtirokisiz onlayn rasmiylashtirilmoqda.

✍️ Onlayn rasmiylashtirilgan notarial harakatlar soni 4 baravar oshib, 463 mingdan ortiqni tashkil etdi.

🤝 Mediatsiya kelishuvlari soni ham 4 baravar oshib, 18 mingdan ortiq rasmiylashtirildi.

🔗 “E-notarius” axborot tizimining boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiyasi 95 foizga yetkazildi.

⚖️ Davlat hisobidan ko‘rsatilayotgan bepul yuridik yordam hajmi yiliga 80 ming xizmatga yetdi.

👨‍⚖️ Har 100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan advokatlar soni 14 nafardan 20 nafarga oshdi.

📄 Yuridik xizmat markazlari tomonidan davlat tashkilotlarining 4,3 millionta hujjat loyihasiga huquqiy xulosalar berildi. Bunda xulosa berish muddati 46 soatdan 2 soatgacha qisqartirildi.

📜 Ro‘yxatdan o‘tkazilgan intellektual mulk obyektlari soni 1,5 baravar oshib, 15 mingdan ortiqni, huquqiy himoyasi ta’minlangan obyektlar soni esa 2 baravar oshib, 3,1 mingtani tashkil etdi.

⏱️ Byurokratik bosqichlarni qisqartirish hisobiga vazirlikning ichki jarayonlaridagi vaqt sarfi 45 foizga optimallashtirildi.

📌 Ijro intizomi 99,59 foizni tashkil etdi.

🔹 Majlisda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, ularni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍114🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚔️ Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning vazifamiz!

❗️Pora talab qilish, noqonuniy xatti_harakatlar yoki boshqa korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, bu haqda darhol xabar bering.

📞 Ishonch telefoni: +998 71 207-04-64 (1321, 1322, 1323, 1324)
🤖 Telegram bot: @anticorbot

🔒 Murojaat qiluvchining shaxsi va taqdim etilgan ma'lumotlarning maxfiyligi kafolatlanadi.


⚔️Halollik va qonun ustuvorligini birgalikda ta'minlaylik!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74🔥4😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚔️Yuzlab qo‘ng‘iroqlar. Minglab savollar. Bitta maqsad — fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish.

❗️Adliya vazirligining 1008 ishonch telefoni call-markazi faoliyati bilan tanishing.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍4
#Adliya_xabari

⚔️ Davlat boshqaruvida Big Data va sun’iy intellektdan foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda

Adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muxammadiyev ishtirokida "Dalillarga asoslangan davlat boshqaruvi uchun katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt" mavzusidagi uch kunlik seminar-trening boshlandi.

🤝 Seminarda davlat organlari va mahalliy hokimiyatlardan 35 nafardan ortiq mutaxassis ishtirok etib, ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish hamda dalillarga asoslangan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda.

💬 "Bugungi kunda davlat organlarida juda katta hajmdagi ma’lumotlar shakllanmoqda. Ularning haqiqiy qiymati esa ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish, to‘g‘ri talqin etish va ular asosida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda namoyon bo‘ladi." — Nu'mon Muxammadiyev.


📌 Ta’kidlanganidek, seminar-treningning asosiy maqsadi davlat xizmatchilarida ma’lumotlarga asoslangan fikrlash madaniyatini shakllantirish, zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishda samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

❗️Mazkur tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyiha doirasida tashkil etilmoqda.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍7🔥3
#Adliya_xabari

⚔️ Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
 
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Intellektual mulk obyektlarining fuqarolik muomalasidagi aylanmasi oshirilishi va patent vakillarining huquqlari kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
 
📌 Qonun loyihasida quyidagi asosiy yangiliklar nazarda tutilmoqda:
 
🔹 Intellektual mulk obyektlarini garov predmeti sifatida qo‘llash mexanizmi joriy etiladi.
Bunda, Fuqarolik kodeksi va “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga mulkiy huquqning bekor bo‘lishi yoki qiymatining kamayishi bilan bog‘liq munosabatlarni aniq tartibga soluvchi normalar kiritilmoqda.
 
🔹 Patent vakillarining vakolatlari kengaytiriladi.
Ular fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarida shartnoma asosida (ixtiyoriy) vakil sifatida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
 
🔹 Intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
Bu, ayniqsa, hududlardagi ixtirochilar, ijodkorlar, hunarmandlar va tadbirkorlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
 
Mazkur qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida intellektual mulk obyektlarining bozor qiymati va fuqarolik muomalasidagi ishtiroki oshishi, tadbirkorlarning moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlari kengayishi, sudlarda intellektual mulkka oid nizolarni ko‘rib chiqish sifati yaxshilanishi hamda davlat xizmatlarining hududiy qamrovi kengayishi kutilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍4
#Adliya_xabari

⚔️ Intellektual mulk sohasidagi 10 ta apellatsiya ishi ko‘rib chiqildi

Adliya vazirligi huzuridagi Apellatsiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi Kengash raisi Muzraf Ikramov raisligida bo‘lib o‘tdi.

📌 Yig‘ilishda intellektual mulk sohasida vakolatli organ tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlari va e’tirozlar ko‘rib chiqildi. Xususan, tovar belgilarini huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq 10 ta ish muhokama qilindi.

📊 Ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra:
🔹 6 ta ish yuzasidan Apellatsiya kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi;
🔹 2 ta ish javobgarlarning yig‘ilishda ishtirok eta olmaganligi sababli keyingi muddatga qoldirildi;
🔹 2 ta ish esa qo‘shimcha hujjatlar taqdim etish zarurati bois 1 oydan 3 oygacha muddatga kechiktirildi.

⚖️ Ma'lumot uchun: Apellatsiya kengashi intellektual mulk sohasidagi nizolarni sudgacha ko‘rib chiquvchi kollegial organ bo‘lib, vakolatli organ qarorlarining qonuniyligi va asoslanganligini xolis hamda adolatli ko‘rib chiqishni ta'minlaydi. Ushbu mexanizm murojaat qiluvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hamda intellektual mulk sohasida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚔️ Intellektual mulk haqidagi tasavvuringizni boyitish uchun tomosha qilishingiz kerak bo‘lgan 5 ta film

🔹Intellektual mulk sohasini faqat qonunlar va huquqiy normalar orqali emas, balki real voqealar asosida suratga olingan filmlar orqali ham chuqurroq anglash mumkin.

🔸Bunday filmlar ixtiro, mualliflik huquqi, patent, tovar belgisi va innovatsiyalar ortida qanday jarayonlar kechishi, qonunlar amalda qanday ishlashi hamda milliardlab dollarlik g‘oyalar va bizneslar qanday shakllanishini qiziqarli voqealar orqali namoyon etadi.


📽 Shu mavzuda "Ko‘rishingiz kerak bo‘lgan 5 ta film" nomli rolik tayyorladik.

Videoni tomosha qiling va intellektual mulk olamini yangi nigoh bilan kashf eting!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥86👍3👏2🎉1🙏1
#Adliya_xabari

Yashnobod tumanida аdliya vazirining sayyor qabuli o‘tkazildi


Adliya vaziri A. Tashkulovning Yashnobod tumanidagi “A. Yassaviy” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi. Tadbir davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot qilinib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Qabul davomida jami 34 nafar fuqaroning uy-joy, yer va kadastr, meros munosabatlari, shuningdek, infratuzilmani yaxshilash hamda sog‘liqni tiklash bilan bog‘liq murojaatlari ko‘rib chiqildi.


Murojaatlarning 8 tasi yuzasidan fuqarolarga joyida huquqiy tushuntirish va tegishli tavsiyalar berildi. Qolgan 26 ta murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, mas’ullarga ijro uchun yo‘naltirildi.

Har bir murojaatning qonuniy va adolatli hal etilishini ta’minlash maqsadida ular ijrosi alohida nazoratga olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥31
#Adliya_xabari

⚔️ Adliya vaziri "Barkamol" mahallasida xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

📊 Taqdimotda "Manzilli dastur" doirasida amalga oshirilgan ishlar va ularning amaliy natijalari namoyish etildi.

📌 Xususan:
🔹 huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar kuchaytirildi;
🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj va nazoratdagi shaxslar bilan manzilli ishlar yo‘lga qo‘yildi;
🔹 kam ta’minlangan oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi;
🔹 mahallaga qo‘shimcha kuzatuv kameralari va tashvish tugmalari o‘rnatildi;
🔹 tungi vaqtda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ko‘cha yoritish tizimi kengaytirildi;
🔹 fuqarolar, yoshlar va xotin-qizlar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi oshirildi;
🔹 obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.

Amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida "Barkamol" mahallasi xavfsizlik darajasi bo‘yicha "qizil" toifadan "sariq" toifaga o‘tdi. Shuningdek, joriy yilning iyun–iyul oylarida mahalla hududida birorta ham jinoyat sodir etilmagani qayd etildi.

💬 Akbar Tashkulov bunday ijobiy tajribalarni boshqa hududlarda ham keng joriy etish muhimligini ta’kidlab, aholi uchun xavfsiz va huquqiy jihatdan barqaror muhitni ta’minlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82
#Adliya_xabari

Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi

🟢Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolarning muammolarini o'rganish va bartaraf etishning samarali usuli sifatida shaxsiy qabullarni tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 7-avgust kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 30 nafar (4 nafari onlayn tarzda) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarining notariat, mehnat qonunchiligi, davlat xizmatlari, nodavlat notijorat, tadbirkorlik, kadastr, uy-joy va boshqa masalalariga oid murojaatlari tinglandi.


🟢Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarning 5 tasiga joyida tushuntirish berilib, qolgan murojaatlar ijro uchun qabul qilindi hamda ularni qonun doirasida hal etish bo'yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🟢Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Adliya_xabari

Aholining ijtimoiy muammolariga amaliy yechim

Adliya vaziri tomonidan Yashnobod tumani Ahmad Yassaviy mahalla fuqarolar yig‘inida o'tkazilgan sayyor qabulda bildirilgan aholi muammolari joyiga chiqqan holda o'rganildi.

Jumladan, joriy yilning 8-avgust kuni mazkur mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning maishiy muammolari o‘rganilib, ularga homiylar yordamida qurilish materiallari taqdim qilindi.

Mazkur amaliy ko‘mak fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda xavfsiz va farovon muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍72🔥2