ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.6K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Intellektual_mulk
#Xalqaro_hamkorlik

🌐 Oʻzbekiston delegatsiyasi BIMTning 48-sessiyasida ishtirok etmoqda

📍Joriy yilning 18–22-may kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) huzuridagi Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar boʻyicha doimiy qoʻmitaning 48-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

🔹Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Adliya vazirligi vakillari ishtirok etmoqda.

💬 Sessiya davomida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni raqamli muhitda himoya qilish, sunʼiy intellekt bilan bogʻliq zamonaviy huquqiy masalalar, teleradioeshittirish tashkilotlari huquqlarini xalqaro darajada mustahkamlash, shuningdek taʼlim, ilm-fan va kutubxonalar faoliyatida mualliflik huquqidagi istisno va cheklovlar yuzasidan muhokamalar olib borilmoqda.

🤝 BIMT sessiyasi aʼzo davlatlar oʻrtasida ilgʻor xalqaro tajriba almashish, mualliflik huquqi tizimini zamonaviy chaqiriqlarga mos ravishda takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim platforma hisoblanadi.

🌍 Maʼlumot uchun, BIMTning 48-sessiyasi Jeneva shahrida gibrid formatda tashkil etilgan boʻlib, unda aʼzo davlatlar, xalqaro tashkilotlar hamda soha ekspertlari ishtirok etmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
❤3🔥1
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷 Koreyada huquq sohasini raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi

🔹Koreya Respublikasining 2025/2026-yillarga mo‘ljallangan KSP (Knowledge Sharing Program) dasturi doirasida joriy yilning 17–23-may kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasida xizmat safari amalga oshirildi.

🔹Dastur davomida Koreyaning qonunchilik tizimi, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularga o‘zgartirish kiritishda raqamli texnologiyalardan foydalanish amaliyoti, huquqiy axborotni aholiga yetkazishning zamonaviy mexanizmlari hamda ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

🔹Xizmat safari doirasida delegatsiya a’zolari Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi, Konstitutsiyaviy sudi, Hukumat qonunchiligi vazirligi, Koreya huquqiy axborot markazi hamda huquq sohasida dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchi IT kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

🔹Dastur doirasida Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi hamda Koreya huquqiy axborot markazi o‘rtasida huquqiy axborotdan foydalanish va uni tarqatish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi imzolandi.

🔹Shuningdek, huquq sohasini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

📌 Koreyalik mutaxassislar mazkur uchrashuvlar o‘zaro manfaatli bo‘lganini, kelgusida huquq sohasida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanishga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤2👏2👍1
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇿 Xalqaro hamkorlik doirasida vebinar tashkil etildi

✅Bugun, "Adolat” milliy huquqiy axborot markazida Qozog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish departamenti va Konstitutsiyaviy qonunchilik va davlat boshqaruvi departamenti hamda Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilik va huquqiy axborot instituti rahbariyati hamda xodimlari ishtirokida vebinar bo'lib o'tdi.

🔹Tadbir davomida Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi – Lex.uz tizimining afzallik va imkoniyatlari, so‘nggi yillarda joriy etilgan yangi funksiyalar hamda foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, tizimdagi “Online translate”, “Hujjatga taklif yuborish”, “Audio orqali tinglash”, “Hujjat elementidan havola olish” kabi funksiyalar, nazorat holatiga keltirilgan hujjat tarkibiy birliklari keyinchalik kuchga kirganda foydalanuvchilarni xabardor qilish mexanizmi, hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan tanishish imkoniyatlari amaliy tarzda namoyish etildi.

Shuningdek, qidiruv modulining kengaytirilgan imkoniyatlari, jumladan, yaxlit hujjatlar, keyinchalik kuchga kiradigan hamda kuchini yo‘qotgan hujjatlarni qidirish, hujjatlarni qonunchilik sohalari bo‘yicha saralash, normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini qisqacha yoritib beruvchi hujjat pasporti hamda normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy e’lon qilish tartibi yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Vebinar davomida “LexAI” platformasida ishga tushirilgan huquqiy sun’iy intellekt chat-boti – ai.lex.uz taqdimoti ham o‘tkazildi. Unda foydalanuvchilarning huquqiy savollariga sun’iy intellekt asosida 24/7 rejimida javob beruvchi tizimning imkoniyatlari va afzalliklari haqida so‘z yuritildi.


🔹Bundan tashqari, “LexAI” platformasi doirasida istiqbolda joriy etilishi rejalashtirilayotgan hujjat loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va huquq amaliyotini tahlil qilishga qaratilgan yangi loyihalar haqida qisqacha ma’lumot berildi.

🔺Vebinar yakunida Qozog‘iston vakillari Lex.uz tizimida joriy etilgan yangi funksiyalar, sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan huquqiy chat-bot hamda istiqboldagi loyihalarga katta qiziqish bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏1
#Xalqaro_hamkorlik

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Shveysariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashdi.

🤝 Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar nolegal orttirilgan aktivlarni O‘zbekiston xalqining manfaatlari yo‘lida qaytarish borasida erishilgan natijalarni alohida e’tirof etdilar.

📌 Ta’kidlanganidek, o‘zaro ishonch va konstruktiv muloqot asosida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik natijasida sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega yo‘nalishlarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

💬 Uchrashuv yakunida Konstantin Obolenskiyning O‘zbekistondagi diplomatik faoliyati davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi yuqori baholanib, kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
❤6👍2
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇩🇪 Adliya vazirligida Konrad Adenauer jamg‘armasi Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazildi

📍Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev Germaniyaning Konrad Adenauer jamg‘armasi Bosh kotibi doktor Mark Shpayx boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

🤝 Uchrashuv davomida qonun ijodkorligi, huquqiy targ‘ibot, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, notariat tizimini takomillashtirish, bepul yuridik yordam hamda yuridik kadrlar salohiyatini oshirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

📚 Tomonlar Konrad Adenauer jamg‘armasi bilan ko‘p yillik samarali hamkorlik natijalarini yuqori baholab, huquqiy ta’lim, ilmiy-amaliy loyihalar, huquqiy targ‘ibot va kadrlar malakasini oshirish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

✅ Uchrashuv yakunida huquqiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
❤9👏6🔥2👍1
#Xalqaro_hamkorlik

⚔️Davlat xizmatlarini takomillashtirish masalalari xalqaro hamkorlar bilan muhokama qilindi

📍Samarqand shahrida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Muvaqqat ishlar vakili Renata Vrobel hamda BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Akiko Fujii Adliya vazirligining Samarqand viloyati boshqarmasi va Davlat boshqaruvi samaradorligi agentligi vakillari bilan uchrashdi.

🤝 Uchrashuv davomida davlat xizmatlari tizimini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, fuqarolarga yo‘naltirilgan boshqaruvni rivojlantirish hamda hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari yuzasidan fikr almashildi.

💻 Shuningdek, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, xizmatlar sifati va boshqaruv samaradorligini oshirish, aholining ehtiyojlariga mos zamonaviy xizmatlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

✅ Tomonlar davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mazkur yo‘nalishdagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
#xalqaro_hamkorlik

⚔️O‘zbekiston va Rossiya intellektual mulk sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

📍 Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tayotgan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) Assambleyalarining 68-seriyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari – intellektual mulk masalalari bo‘yicha milliy organ rahbari Muzraf Ikramov hamda Rossiya Federatsiyasi Federal intellektual mulk xizmati (Rospatent) rahbari Yuriy Zubov o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma chora-tadbirlar rejasi imzolandi.

🤝 Uchrashuv davomida:

✅ O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida intellektual mulk sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hamda Memorandum doirasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi;

✅ mutaxassislar malakasini oshirish, qo‘shma o‘quv dasturlari, stajirovkalar va seminarlarni tashkil etish, patent ekspertizasi hamda patent ish yuritish sohasida tajriba almashishni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi;

✅ Patent ish yuritishini tezlashtirish dasturi (Patent Prosecution Highway – PPH) mexanizmini joriy etish istiqbollari hamda patent arizalarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi;

✅ intellektual mulk sohasida davlat xizmatlarini takomillashtirish, raqamli yechimlarni rivojlantirish hamda biznes, ilmiy va ta’lim muassasalari, yosh ixtirochilar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

🌐 Uchrashuv yakunida tomonlar imzolangan Qo‘shma chora-tadbirlar rejasi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi, ekspertlar almashinuvi, patent ekspertizasi, kadrlar salohiyatini oshirish hamda intellektual mulk sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni izchil amalga oshirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥1
#Xalqaro_hamkorlik

⚔️ O‘zbekiston delegatsiyasi intellektual mulkni raqamli muhitda himoya qilish bo‘yicha xalqaro seminarda ishtirok etdi

📍 Joriy yilning 13–15-iyul kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida AQSH Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) hamda AQSHning Qirg‘izistondagi elchixonasi hamkorligida Yevrosiyo mintaqasida raqamli muhitda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

🤝 Seminarda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etib, raqamli muhitda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

💻 Tadbir davomida AQSH Patentlar va tovar belgilari bo‘yicha idorasi (USPTO), AQSH Bojxona xizmati, AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi (HSI), REACT xalqaro tarmog‘i hamda Yevropa Ittifoqi Intellektual mulk idorasi (EUIPO) ekspertlari tomonidan ilg‘or xalqaro tajribalar taqdim etildi.

🇺🇿 Seminar doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatimizda intellektual mulkni raqamli muhitda himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni taqdim etdi. Xususan, "Asl belgisi" axborot tizimi, Intellektual mulk obyektlari bojxona reyestri, Ex-officio mexanizmi hamda internet tarmog‘ida mualliflik huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

🤝 Seminar yakunida ishtirokchilar raqamli muhitda intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish, ilg‘or tajribalarni almashish va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤3
#xalqaro_hamkorlik

⚔️Adliya vaziri Akbar Tashkulov Finlyandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yoxanna Mariya Ogren bilan uchrashdi

Uchrashuvda huquq ustuvorligini ta'minlash, inson huquqlarini himoya qilish, bepul yuridik yordam tizimini rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

💬 "Finlyandiya O‘zbekiston uchun nafaqat Yevropadagi ishonchli hamkor, balki huquq ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilish sohasida ko‘p yillik ilg‘or amaliy tajribaga ega davlatdir." — Akbar Tashkulov.


🤝Tomonlar ikki davlat adliya vazirliklari o‘rtasida institutsional hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mediatsiya va advokatura yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, bepul yuridik yordam va kooperatsiya sohalarida tajriba almashishni kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.

💬 "Bugungi uchrashuvimiz nafaqat erishilgan natijalarni sarhisob qilish, balki kelgusidagi hamkorligimizning yangi yo‘nalishlarini belgilash imkonini beradi." — Akbar Tashkulov.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik

⚔️ O‘zbekiston va Singapur intellektual mulk hamda mediatsiya sohasida hamkorlikni kengaytiradi

24–27-avgust kunlari Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Singapurda o‘tkazilayotgan “Singapore Convention Week 2026” xalqaro tadbirlarida ishtirok etmoqda.

⚖️ Haftalik doirasida mediatsiya, arbitraj, xalqaro tijorat nizolari, huquqiy texnologiyalar hamda sun’iy intellektning nizolarni hal etishdagi o‘rni bo‘yicha ilg‘or tajribalar muhokama qilinmoqda.

🤝 Adliya vaziri rahbarligidagi delegatsiya Singapur Intellektual mulk idorasi (IPOS) rahbari Tan Kong Hwe bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muloqot yakunida:
🔹 intellektual mulkni tijoratlashtirish va iqtisodiy aktivga aylantirish;
🔹 patent ekspertizasini raqamlashtirish;
🔹 intellektual mulk bilan bog‘liq nizolarni mediatsiya orqali hal etish bo‘yicha tajriba almashishga kelishildi.

🎓 Shuningdek, Singapur mutaxassislari ishtirokida intellektual mulkni tijoratlashtirish va startaplar akseleratsiyasi bo‘yicha treninglar tashkil etish orqali o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

🇺🇿 Maqsad — xalqaro tajribani milliy amaliyotga olib kirish, intellektual mulkni iqtisodiy qiymatga aylantirish va nizolarni tez hamda samarali hal etish mexanizmlarini rivojlantirish.

O‘zbekiston delegatsiyasining Singapurdagi ishchi dasturi davom etmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3❤2
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik

⚔️ Huquqshunoslar malakasini oshirishda Singapur tajribasi o‘rganiladi

✅Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi delegatsiya Singapur Huquqiy ta’lim instituti (Singapore Institute of Legal Education) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

⚖️ Mazkur institut Singapurda advokatlik kasbiga kirish imtihonlari, huquqshunoslarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi hamda yuridik ta’lim standartlarini belgilash bo‘yicha mas’ul tuzilma hisoblanadi.

🤝 Uchrashuv yakunida:
🔹 huquqshunoslarning malakasini oshirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini takomillashtirish;
🔹 malaka talablari va kasbiy standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha Singapur tajribasini o‘rganish;
🔹 yuridik ta’limda amaliyotga yo‘naltirilgan va xalqaro talablarga mos yondashuvlarni milliy tizimga joriy etish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish masalalari kelishib olindi.

🎯 Maqsad — O‘zbekistonda huquqshunoslarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirish, kasbiy tayyorgarlikning zamonaviy va shaffof tizimini shakllantirish.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏2❤1🔥1
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik

⚔️ O‘zbekiston va Singapur adliya vazirliklari hamkorligi yangi bosqichga ko‘tariladi

✅“Singapore Convention Week 2026” doirasida Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Singapur Huquq vaziri Edvin Tong bilan muzokaralar o‘tkazdi.

🤝 Muloqotda ikki mamlakat adliya tizimlari o‘rtasidagi hamkorlikni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish, huquqiy islohotlar bo‘yicha muntazam tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar qator amaliy yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi:
🔹 to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) — Singapurning zamonaviy qonunchilik modeli va biznesni sog‘lomlashtirish amaliyotini o‘rganish;
🔹 Legal Tech va sun’iy intellekt — adliya xizmatlarini raqamlashtirish hamda zamonaviy texnologiyalarni huquqiy jarayonlarga joriy etish;
🔹 mediatsiya va arbitraj — nizolarni sudgacha va muqobil hal etishning samarali mexanizmlarini rivojlantirish;
🔹 ekspert ko‘magi — O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi huquqiy islohotlarga singapurlik mutaxassislarni jalb etish;
🔹 qo‘shma tadbirlar — konferensiyalar, forumlar va stajirovka dasturlarini birgalikda tashkil etish.

📌 Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni aniq amaliy loyihalarga aylantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishildi.

🇺🇿 Maqsad — ilg‘or xalqaro tajribani O‘zbekiston huquqiy tizimiga moslashtirib, adliya xizmatlarini yanada zamonaviy, samarali va qulay qilish.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik

⚔️O‘zbekistonlik huquqshunoslar uchun Singapur tajribasi asosida yangi ta’lim va hamkorlik imkoniyatlari yaratiladi

✅“Singapore Convention Week 2026” doirasida Adliya vaziri Akbar Toshqulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Singapur Huquq akademiyasi (Singapore Academy of Law) rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

🏛 Akademiya Singapur huquqshunoslar hamjamiyatini birlashtiruvchi, huquqiy tadqiqotlar, kasbiy ta’lim, nashriyot faoliyati va Legal Tech yo‘nalishlarini rivojlantiruvchi yetakchi institutlardan biri hisoblanadi.

🤝 Muzokaralar yakunida qator amaliy yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi:
🔹 Mediatsiyani rivojlantirish — mediatorlarni tayyorlash va sertifikatlash, mediatsiya tizimini institutsional jihatdan mustahkamlash bo‘yicha Singapur tajribasini o‘rganish;
🔹 Legal Tech va sun’iy intellekt — zamonaviy texnologiyalarni huquqiy amaliyotga joriy etish, sun’iy intellektdan foydalanishning huquqiy va etik mezonlari bo‘yicha tajriba almashish;
🔹 Qo‘shma ilmiy nashrlar — huquqiy tadqiqotlar bo‘yicha maqolalar, tahliliy sharhlar va boshqa nashrlarni birgalikda tayyorlash;
🔹 Common law bo‘yicha maxsus kurslar — o‘zbekistonlik huquqshunoslar uchun xalqaro tijorat munosabatlarida keng qo‘llaniladigan umumiy huquq tizimi asoslarini o‘rgatishga qaratilgan dasturlarni tashkil etish.

🇺🇿 Maqsad — o‘zbekistonlik huquqshunoslarning xalqaro huquqiy muhitda ishlash salohiyatini oshirish, zamonaviy huquqiy institutlar va texnologiyalarni milliy amaliyotga olib kirish.

Xalqaro tajriba — kuchli bilim, zamonaviy yondashuv va yanada malakali huquqshunoslar uchun yangi imkoniyat.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik

⚔️ O‘zbekistonda xalqaro tijorat nizolarini mediatsiya orqali hal etish imkoniyatlari kengaytiriladi

✅Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Singapur xalqaro mediatsiya markazi (SIMC) raisi Jorj Lim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Muzokaralarda O‘zbekistonda mediatsiya institutini rivojlantirish, xalqaro nizolarni sudgacha tez, samarali va ishonchli hal etish mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldi:
🔹 Qo‘shma treninglar — o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun xalqaro tijorat mediatsiyasi bo‘yicha SIMC ekspertlari ishtirokida o‘quv dasturlarini tashkil etish;
🔹 Amaliy tajriba — o‘zbekistonlik mediatorlarni SIMC ko‘rib chiqayotgan real ishlar jarayoniga jalb etish orqali xalqaro darajadagi ko‘nikmalarini oshirish;
🔹 Mintaqaviy markaz — SIMCning mintaqaviy vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish imkoniyatlarini o‘rganish;
🔹 Qo‘shma tadbirlar — mediatsiyani ommalashtirishga qaratilgan xalqaro konferensiya va forumlarni birgalikda tashkil etish.

🌐 2014-yilda tashkil etilgan SIMC bugungi kunda xalqaro tijorat nizolarini mediatsiya orqali hal etishga ixtisoslashgan nufuzli institutlardan biri hisoblanadi.


🇺🇿 Maqsad — investor va tadbirkorlar uchun nizolarni uzoq sud jarayonlarisiz, tez va samarali hal etish imkoniyatlarini kengaytirish hamda O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi muqobil nizolarni hal etish markazi sifatidagi salohiyatini oshirish.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik

⚔️ To‘lovga qobiliyatsizlik tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik kengaymoqda

✅27-avgust kuni adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov Osiyo taraqqiyot bankining Huquq va siyosatni isloh qilish bo‘yicha bosh yuridik maslahatchisi yordamchisi Kristina Pak bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Muloqotda O‘zbekistonda to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini yanada takomillashtirish, ilg‘or xalqaro tajribani milliy amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Xususan:
🔹 qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va loyihalarni xorijiy ekspertlar ishtirokida ko‘rib chiqish;
🔹 To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi xodimlari hamda sud boshqaruvchilarining malakasini oshirish, xorijiy davlatlarda o‘quv dasturlarini tashkil etish;
🔹 sohada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish;
🔹 to‘lovga qobiliyatsizlik bilan bog‘liq jarayonlarni qamrab oluvchi Yagona elektron platformani ishga tushirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni xalqaro ilg‘or tajriba asosida davom ettirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥4❤1
#xalqaro_hamkorlik

⚔️O‘zbekiston va Gonkong adliya sohasida hamkorlikni rivojlantiradi
 
✅O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi Adliya kotibi Pol Lam boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Muloqot davomida ikki tomonlama huquqiy hamkorlikni rivojlantirish, qonun ijodkorligi, huquqiy xizmatlar, adliya tizimini raqamlashtirish hamda mutaxassislar malakasini oshirish yo‘nalishlarida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

🌐Shuningdek, tomonlar xalqaro arbitraj va nizolarni muqobil hal etish sohasida o‘zaro tajriba almashish, ekspertlar va mutaxassislar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish muhimligini qayd etdilar.

✅Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi Adliya departamenti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔹Mazkur memorandum huquqiy sohadagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab, tajriba va ekspertlar almashinuvi, qo‘shma tadbirlar hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤2🎉2
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇦🇲 O‘zbekiston va Armaniston adliya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

17–18-sentyabr kunlari Armaniston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Официальные ведомости” YAJ delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida bo‘ldi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari bilan huquqni qo‘llash amaliyoti, ARLIS tizimi tajribasi hamda elektron tizimlarni rivojlantirish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga normativ-huquqiy hujjatlarga yuridik va texnik ishlov berish jarayonlari, shuningdek, markazda joriy etilgan zamonaviy axborot texnologiyalari haqida ma’lumot berildi.

🤖 Jumladan, LegalTech yo‘nalishida sun’iy intellektga asoslangan Lex.ai, “Yurxizmat” platformasi hamda Bola huquqlari portali imkoniyatlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Delegatsiya tashrif doirasida Multimedia bo‘limi, huquqiy o‘yinlar loyihalari va Adliya organlari tarixi muzeyi faoliyati bilan ham tanishdi.

🤝 Tashrifning muhim yakuni sifatida “Adolat” MHAM va “Официальные ведомости” YAJ o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ikki tomon o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

🇺🇿🇦🇲 Delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi 20-sentyabrga qadar davom etadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
#Xalqaro_hamkorlik

Turkiya delegatsiyasi “Adolat” milliy huquqiy axborot markaziga tashrif buyurdi

Bugun, 22-sentyabr kuni Turkiya Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Burak Jeyhan boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markaziga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolariga Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, huquqiy axborotni aholiga tezkor va qulay shaklda yetkazish, qonunchilik hujjatlarini rasmiy e’lon qilish, sohani raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, turk tomoniga Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi - Lex.uz, sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan “LexAI” platformasi hamda o‘z-o‘ziga yuridik xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan “Yurxizmat.uz” axborot tizimining imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.


Tadbir davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida huquqiy axborotni yetkazish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni huquq sohasiga joriy etish, qonunchilik hujjatlarini rasmiy e’lon qilish, Lex.uz va Turkiyaning Mevzuat.gov.tr qonunchilik axborot platformalarining texnik va funksional imkoniyatlarini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va kelgusida amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga kelishib oldilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥Live
#Sud_ex_konferensiya
#Xalqaro_hamkorlik

O'zbekiston sud ekspertlari uchun Hindistonda stajirovkalar tashkil etish taklif etildi

O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari Mirjalol Allakuliyev Hindiston Milliy sud ekspertizasi fanlari universiteti (NFSU) vakili, professor Chandrasinx Jadeja hamda universitet kampusi direktori Purvi Pokxariyal bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muloqot davomida sud ekspertizasi sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, raqamli dalillar bilan ishlash, sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish hamda malakali mutaxassislar tayyorlash bo'yicha hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


Xususan, Hindiston Milliy sud ekspertizasi fanlari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va "Axxonet System Technologies" kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan Raqamli sud ekspertiza va tadqiqot markazi faoliyatini to'liq yo'lga qo'yish, uning ilmiy-amaliy imkoniyatlaridan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuvda qator istiqbolli yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni rivojlantirish taklif etildi. Jumladan:
➖ sud ekspertlari uchun Hindistonda qisqa va o'rta muddatli stajirovkalar tashkil etish;
➖ Deepfake, sintetik media, raqamli dalillar va sun'iy intellekt bo'yicha qo'shma ilmiy tadqiqotlar olib borish;
➖ zamonaviy laboratoriya texnologiyalari va ilg'or ekspertlik uslubiyotlari bo'yicha tajriba almashish;
➖ jinoyat sodir etilgan joyni 3D skanerlash, raqamli modellashtirish va rekonstruksiya qilish texnologiyalarini amaliyotga joriy etish;
➖ O'zbekistonda sud ekspertizasining yangi turlarini rivojlantirish.

Uchrashuv sud ekspertizasi sohasida ilm-fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, ilg'or xalqaro tajribani milliy tizimga tatbiq etish hamda ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo'lida muhim muloqot maydoni bo'ldi.

#Adliya #SudEkspertizasi75Yil #XalqaroHamkorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sud_ex_konferensiya
#Xalqaro_hamkorlik

O'zbekiston va Turkiya: sud ekspertizasi sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko'tarilmoqda

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari Mirjalol Allakuliyev Turkiya Adliya vazirligi huzuridagi Sud tibbiyot instituti prezidenti Xizir Asliyuksek bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muloqotda ikki mamlakat o'rtasida sud ekspertizasi sohasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik natijalari sarhisob qilinib, uni yanada kengaytirishning ustuvor yo'nalishlari muhokama qilindi.

Xususan, sud ekspertlarining Turkiyada malaka oshirishi va stajirovka o'tashi, raqamli kriminalistika, DNK tadqiqotlari, sun'iy intellekt hamda Deepfake texnologiyalari orqali yaratilgan soxta materiallarni aniqlash bo'yicha qo'shma ilmiy izlanishlarni yo'lga qo'yish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.


Shuningdek, zamonaviy ekspertiza uslubiyotlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, yangi tadqiqot turlarini joriy etish, kiberjinoyatchilik va raqamli dalillar bilan ishlash bo'yicha mutaxassislar tayyorlash yuzasidan qator takliflar ilgari surildi.

Ilm-fan, ilg'or texnologiyalar va o'zaro tajriba almashishga asoslangan hamkorlik sud ekspertizasi sohasida yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Uchrashuvning muhim jihatlari va muloqot jarayoni videolavhamizda.

#Adliya #SudEkspertizasi75Yil #OʻzbekistonTurkiya #XalqaroHamkorlik

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2