Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sud_ex_konferensiya
#Xalqaro_hamkorlik
O'zbekiston sud ekspertlari uchun Hindistonda stajirovkalar tashkil etish taklif etildi
O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari Mirjalol Allakuliyev Hindiston Milliy sud ekspertizasi fanlari universiteti (NFSU) vakili, professor Chandrasinx Jadeja hamda universitet kampusi direktori Purvi Pokxariyal bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqot davomida sud ekspertizasi sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, raqamli dalillar bilan ishlash, sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish hamda malakali mutaxassislar tayyorlash bo'yicha hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Hindiston Milliy sud ekspertizasi fanlari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va "Axxonet System Technologies" kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan Raqamli sud ekspertiza va tadqiqot markazi faoliyatini to'liq yo'lga qo'yish, uning ilmiy-amaliy imkoniyatlaridan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, uchrashuvda qator istiqbolli yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni rivojlantirish taklif etildi. Jumladan:
β sud ekspertlari uchun Hindistonda qisqa va o'rta muddatli stajirovkalar tashkil etish;
β Deepfake, sintetik media, raqamli dalillar va sun'iy intellekt bo'yicha qo'shma ilmiy tadqiqotlar olib borish;
β zamonaviy laboratoriya texnologiyalari va ilg'or ekspertlik uslubiyotlari bo'yicha tajriba almashish;
β jinoyat sodir etilgan joyni 3D skanerlash, raqamli modellashtirish va rekonstruksiya qilish texnologiyalarini amaliyotga joriy etish;
β O'zbekistonda sud ekspertizasining yangi turlarini rivojlantirish.
Uchrashuv sud ekspertizasi sohasida ilm-fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, ilg'or xalqaro tajribani milliy tizimga tatbiq etish hamda ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo'lida muhim muloqot maydoni bo'ldi.
#Adliya #SudEkspertizasi75Yil #XalqaroHamkorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
π2β€1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sud_ex_konferensiya
#Xalqaro_hamkorlik
O'zbekiston va Turkiya: sud ekspertizasi sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko'tarilmoqda
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari Mirjalol Allakuliyev Turkiya Adliya vazirligi huzuridagi Sud tibbiyot instituti prezidenti Xizir Asliyuksek bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqotda ikki mamlakat o'rtasida sud ekspertizasi sohasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik natijalari sarhisob qilinib, uni yanada kengaytirishning ustuvor yo'nalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, zamonaviy ekspertiza uslubiyotlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, yangi tadqiqot turlarini joriy etish, kiberjinoyatchilik va raqamli dalillar bilan ishlash bo'yicha mutaxassislar tayyorlash yuzasidan qator takliflar ilgari surildi.
Ilm-fan, ilg'or texnologiyalar va o'zaro tajriba almashishga asoslangan hamkorlik sud ekspertizasi sohasida yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Uchrashuvning muhim jihatlari va muloqot jarayoni videolavhamizda.
#Adliya #SudEkspertizasi75Yil #OΚ»zbekistonTurkiya #XalqaroHamkorlik
π website π± facebook π± instagram π± linkedIn π± youtube π± twitter
#Xalqaro_hamkorlik
O'zbekiston va Turkiya: sud ekspertizasi sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko'tarilmoqda
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari Mirjalol Allakuliyev Turkiya Adliya vazirligi huzuridagi Sud tibbiyot instituti prezidenti Xizir Asliyuksek bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqotda ikki mamlakat o'rtasida sud ekspertizasi sohasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik natijalari sarhisob qilinib, uni yanada kengaytirishning ustuvor yo'nalishlari muhokama qilindi.
Xususan, sud ekspertlarining Turkiyada malaka oshirishi va stajirovka o'tashi, raqamli kriminalistika, DNK tadqiqotlari, sun'iy intellekt hamda Deepfake texnologiyalari orqali yaratilgan soxta materiallarni aniqlash bo'yicha qo'shma ilmiy izlanishlarni yo'lga qo'yish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

β€2π2