ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.6K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥Live
#Sud_ex_konferensiya
#Xalqaro_hamkorlik

O'zbekiston sud ekspertlari uchun Hindistonda stajirovkalar tashkil etish taklif etildi

O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari Mirjalol Allakuliyev Hindiston Milliy sud ekspertizasi fanlari universiteti (NFSU) vakili, professor Chandrasinx Jadeja hamda universitet kampusi direktori Purvi Pokxariyal bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muloqot davomida sud ekspertizasi sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, raqamli dalillar bilan ishlash, sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish hamda malakali mutaxassislar tayyorlash bo'yicha hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


Xususan, Hindiston Milliy sud ekspertizasi fanlari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va "Axxonet System Technologies" kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan Raqamli sud ekspertiza va tadqiqot markazi faoliyatini to'liq yo'lga qo'yish, uning ilmiy-amaliy imkoniyatlaridan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuvda qator istiqbolli yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni rivojlantirish taklif etildi. Jumladan:
➖ sud ekspertlari uchun Hindistonda qisqa va o'rta muddatli stajirovkalar tashkil etish;
➖ Deepfake, sintetik media, raqamli dalillar va sun'iy intellekt bo'yicha qo'shma ilmiy tadqiqotlar olib borish;
➖ zamonaviy laboratoriya texnologiyalari va ilg'or ekspertlik uslubiyotlari bo'yicha tajriba almashish;
➖ jinoyat sodir etilgan joyni 3D skanerlash, raqamli modellashtirish va rekonstruksiya qilish texnologiyalarini amaliyotga joriy etish;
➖ O'zbekistonda sud ekspertizasining yangi turlarini rivojlantirish.

Uchrashuv sud ekspertizasi sohasida ilm-fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, ilg'or xalqaro tajribani milliy tizimga tatbiq etish hamda ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo'lida muhim muloqot maydoni bo'ldi.

#Adliya #SudEkspertizasi75Yil #XalqaroHamkorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥Live
#Iqtibos
#Sud_ex_konferensiya

Bugun jinoyatchilar ham sun'iy intellektdan foydalanmoqda


Muhammet Shimshek – Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi Sud-tibbiyot instituti boshlig'i o'rinbosari

Bugungi kunda jinoyatchilar ham sun'iy intellektdan foydalanmoqda. Soxta tasvirlar, videolar va hujjatlarni aniqlashda biz ham zamonaviy texnologiyalardan foydalanamiz. Jinoyat turlari va ekspertiza oldidagi vazifalar tobora murakkablashmoqda. Ammo bizda yuqori malakali mutaxassislar, zamonaviy asbob-uskunalar va kuchli dasturiy ta'minot mavjud. Ishonamanki, xalqaro hamkorlik va zamonaviy texnologiyalar yordamida bu vazifalarni yanada samarali hal qilamiz. Toshkentda o'tayotgan ushbu xalqaro konferensiyada 12 ga yaqin davlatdan 26 nafar ma'ruzachi va 250 ga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda. Bugun esa raqamli video va tasvirlarni tekshirish yo'nalishida hamkorlik shartnomasini imzolaymiz. Bu hamkorligimizni yanada kengaytirishiga ishonaman. Yana bir bor Markazning 75 yilligi muborak bo'lsin!


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥Live
#Iqtibos
#Sud_ex_konferensiya

O'zbekistonda sud ekspertizasining darajasi yuqori

Aleksandr Fedulov – UNODCning Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy vakili o'rinbosari:

Ikki kun davomida giyohvandlik vositalari ekspertizasi, sun'iy intellektdan foydalanish, tadqiqot metodikalari va mutaxassislar tajribasi almashinuvi kabi masalalarga e'tibor qaratiladi. O'zbekistonda sud ekspertizasining darajasi yuqori, malakali mutaxassislar va zamonaviy texnik imkoniyatlar mavjud. Lekin fan va texnologiya doimo rivojlanadi. Shu sababli tajriba almashish va malaka oshirish muhim. UNODC ham shu yo'nalishda O'zbekiston mutaxassislariga metodik va amaliy yordam ko'rsatib kelmoqda. Bugungi konferensiya esa bu tajriba almashinuvini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sud_ex_konferensiya
#Xalqaro_hamkorlik

O'zbekiston va Turkiya: sud ekspertizasi sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko'tarilmoqda

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari Mirjalol Allakuliyev Turkiya Adliya vazirligi huzuridagi Sud tibbiyot instituti prezidenti Xizir Asliyuksek bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muloqotda ikki mamlakat o'rtasida sud ekspertizasi sohasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik natijalari sarhisob qilinib, uni yanada kengaytirishning ustuvor yo'nalishlari muhokama qilindi.

Xususan, sud ekspertlarining Turkiyada malaka oshirishi va stajirovka o'tashi, raqamli kriminalistika, DNK tadqiqotlari, sun'iy intellekt hamda Deepfake texnologiyalari orqali yaratilgan soxta materiallarni aniqlash bo'yicha qo'shma ilmiy izlanishlarni yo'lga qo'yish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.


Shuningdek, zamonaviy ekspertiza uslubiyotlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, yangi tadqiqot turlarini joriy etish, kiberjinoyatchilik va raqamli dalillar bilan ishlash bo'yicha mutaxassislar tayyorlash yuzasidan qator takliflar ilgari surildi.

Ilm-fan, ilg'or texnologiyalar va o'zaro tajriba almashishga asoslangan hamkorlik sud ekspertizasi sohasida yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Uchrashuvning muhim jihatlari va muloqot jarayoni videolavhamizda.

#Adliya #SudEkspertizasi75Yil #OʻzbekistonTurkiya #XalqaroHamkorlik

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
💥Live
#Iqtibos
#Sud_ex_konferensiya

"Har bir ekspert xulosasi ortida inson taqdiri va adolatga bo'lgan ishonch turadi"


Bahriddin Bahodirovich Valiyev — O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o'rinbosari:

"Prokuratura organlarining o'z vazifalarini to'laqonli bajarishi uchun Sud ekspertiza markazi bilan hamkorligimiz muhim ahamiyatga ega. Prokuratura organlarining so'rovlariga muvofiq markaz tomonidan har yili minglab sifatli tadqiqotlar o'tkazilmoqda. Haqiqatni qaror toptirishda, qarorlar qabul qilishda Sud ekspertiza markazi eng yaqin hamkorimizdir. Sud ekspertizasi qonun ustuvorligini ta'minlash, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda odil sudlovni qaror toptirishda muhim o'rin tutadi. Har bir ekspert xulosasi ortida inson taqdiri, qonun ustuvorligi va adolatga bo'lgan ishonch turadi. Shu bois sud ekspertizasining xolisligi, aniqligi va ishonchliligi alohida ahamiyat kasb etadi. X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining 75 yillik faoliyati davomida shakllangan boy tajriba, ilmiy salohiyat va kasbiy an'analar bugungi yutuqlarning mustahkam poydevoridir. Ishonamanki, sohadagi ilmiy izlanishlar, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro hamkorlik sud ekspertizasining kelgusi taraqqiyotiga xizmat qiladi".


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥Live
#Sud_ex_konferensiya

Sud ekspertizasining yangi imkoniyatlarini izlanmoqda


Bugun bu zalda 75 yillik tajriba va dunyoning turli davlatlaridan jamlangan ilg'or tajriba bir nuqtada uchrashmoqda.

Konferensiyaning asosiy maqsadi esa — mavjud tajribani baham ko'rish bilangina cheklanib qolmasdan, sud ekspertizasining yangi imkoniyatlarini izlashdan iborat.

Chunki bugun bu yerda aytiladigan fikrlar faqat konferensiya zalida qolmaydi — ular sud ekspertizasining yangi yondashuvlari va kelajakdagi rivojiga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
💥Live
#Iqtibos
#Sud_ex_konferensiya

"Yong'inlar, portlashlar, avariyalar sabablarini aniqlashda sud ekspertiza katta yordam beradi"

Xurshid Sotiyev — Favqulodda vaziyatlar vaziri o'rinbosari:

Favqulodda vaziyatlar vazirligi uchun Respublika Sud ekspertiza markazi bilan hamkorlik qilish katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, yong'inlar, portlashlar, avariyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablarini aniqlashda zamonaviy texnologiyalar, ilmiy asoslangan uslublar va kompleks yondashuv asosida bizning kasbiy manfaatlarimiz chambarchas bog'liq bo'ladi. 75 yil davomida sud ekspertiza sohasida to'plangan boy ilmiy-amaliy tajriba, mutaxassislarning fidokorona mehnati hamda haqiqat, xolislik va adolat tamoyillariga sodiqligi alohida e'tirofga loyiq. Markaz jamoasiga yangi ilmiy kashfiyotlar, yuksak kasbiy yutuqlar va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Adliya_xabari

Tadbirkorlar huquqlari va to‘lovga qobiliyatsizlik masalalari muhokama qilindi


Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasida Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev ishtirokida viloyat Iqtisodiy sudi rahbariyati, Majburiy ijro byurosi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda sud boshqaruvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda to‘lovga qobiliyatsizlik bilan bog‘liq masalalar, ushbu yo‘nalishda amaliyotda uchrayotgan muammolar, sud hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda idoralararo hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, mavjud muammolarni qonuniy va amaliy jihatdan samarali hal etish, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida yuzaga kelayotgan masalalarga aniq yechimlar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.


Shuningdek, ishtirokchilarning fikr va takliflari tinglanib, sohada samaradorlikni oshirish hamda hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍5
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov xizmat safari davomida Qarshi shahridagi “Qavali” kichik sanoat zonasida joylashgan, dori-darmon mahsulotlari ulgurji savdosiga ixtisoslashgan “Madina Pharm” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Muloqot jarayonida tadbirkorning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy masalalarni hal etish hamda qonunchilikda nazarda tutilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korxonaning brendini huquqiy jihatdan himoya qilish, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish, patent va boshqa intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
#Sud_ex_konferensiya

75 yillik tarix, xalqaro tajriba va sud ekspertizasining kelajagi: konferensiyaning birinchi kuni qanday o'tdi?


X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yilligiga bag'ishlangan «Sud ekspertizasining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida qanday masalalar muhokama qilindi:

Birinchi muhim masala — ekspert xulosasining ortida turgan mas'uliyat

Ikkinchi muhim masala — sud va ekspert o'rtasidagi hamkorlik

Uchinchi yo'nalish — sun'iy intellekt va raqamli ekspertiza
Shveysariyaning "Tecan" xalqaro biotexnologiya korporatsiyasi katta menejeri Stepan Kulyomin bilan intervyuda muhim fikr yangradi: sun'iy intellekt inson ekspertining o'rnini bosa olmaydi, ammo uning imkoniyatlarini kengaytiradi.


To'rtinchi yo'nalish
— xalqaro tajribani amaliy natijaga aylantirish
O'zbekistonda joriy etilgan "E-ekspertiza" elektron platformasi, yangi tadqiqot turlari va sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish borasidagi islohotlar ham xalqaro muloqotning muhim mavzularidan bo'ldi.

Birinchi kundan asosiy xulosa: sud ekspertizasining kelajagi — inson tajribasi, ilm-fan, raqamli texnologiyalar va xalqaro hamkorlik uyg'unligida.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1