ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Tayinlov

Adliya vazirligi Notariat, advokatura va nizolarni muqobil hal qilish boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Zaripov Fazliddin Shamsiddinovich Adliya vazirligi Notariat, advokatura va nizolarni muqobil hal qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Fazliddin Zaripov 1993-yilda Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 3-darajali adliya maslahatchisi. 2016-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini, 2018-yilda mazkur universitet magistraturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:
2017–2018-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Yuridik kollej o‘qituvchisi;
2018–2021-yillarda Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasida katta maslahatchi, bosh maslahatchi;
2021–2023-yillarda Adliya vazirligi Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
2023–2024-yillarda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
2024-yilda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
2024–2026-yillarda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Tayinlovga qadar Adliya vazirligi Notariat, advokatura va nizolarni muqobil hal qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Nizolarni muqobil hal etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Adliya vazirligi jamoasi Fazliddin Zaripovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍483😢3👎2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ba’zi san’atkorlarga farosat kerak – Farida Afro'z

Nega shoirlar bugun qiyin ahvolda yashayapti?
Ularning daromadi qayerdan keladi? Aslida ijodkorning mehnati qanday qadrlanishi kerak?

Shoirlar qachon maddoh bo‘ladi? “Qaroqchi”da bugun adabiyotni tijoratga aylantiayotganlar, “o‘tinchi” shoirlar va bugungi adabiyotning muammolari haqida shoira Farida Afruz bilan ochiq suhbat.

Videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/FmgFcjm0ABk
👏52🎉2🙏2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
🤝 “Madad"dagilar malham bo‘lishdi”

💬 “Shu tashkilotning har bir xodimi fidoyi, har bir xodimi chindan jonkuyar ekan.”

Ba’zan insonga murakkab huquqiy vaziyatdan chiqish uchun to‘g‘ri maslahat, amaliy yordam va uning muammosiga befarq bo‘lmagan mutaxassis kerak bo‘ladi.

🎥 “Madad” ko‘magi fuqaro hayotida nimani o‘zgartirdi? Uning o‘zidan eshiting.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉54🔥2👏2
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik

⚔️ O‘zbekiston va Singapur intellektual mulk hamda mediatsiya sohasida hamkorlikni kengaytiradi

24–27-avgust kunlari Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Singapurda o‘tkazilayotgan “Singapore Convention Week 2026” xalqaro tadbirlarida ishtirok etmoqda.

⚖️ Haftalik doirasida mediatsiya, arbitraj, xalqaro tijorat nizolari, huquqiy texnologiyalar hamda sun’iy intellektning nizolarni hal etishdagi o‘rni bo‘yicha ilg‘or tajribalar muhokama qilinmoqda.

🤝 Adliya vaziri rahbarligidagi delegatsiya Singapur Intellektual mulk idorasi (IPOS) rahbari Tan Kong Hwe bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muloqot yakunida:
🔹 intellektual mulkni tijoratlashtirish va iqtisodiy aktivga aylantirish;
🔹 patent ekspertizasini raqamlashtirish;
🔹 intellektual mulk bilan bog‘liq nizolarni mediatsiya orqali hal etish bo‘yicha tajriba almashishga kelishildi.

🎓 Shuningdek, Singapur mutaxassislari ishtirokida intellektual mulkni tijoratlashtirish va startaplar akseleratsiyasi bo‘yicha treninglar tashkil etish orqali o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

🇺🇿 Maqsad — xalqaro tajribani milliy amaliyotga olib kirish, intellektual mulkni iqtisodiy qiymatga aylantirish va nizolarni tez hamda samarali hal etish mexanizmlarini rivojlantirish.

O‘zbekiston delegatsiyasining Singapurdagi ishchi dasturi davom etmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥32
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️ Telefon raqami orqali pul o‘tkazish yanada qulaylashadi

📑 Adliya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Tezkor to‘lovlar tizimi orqali jismoniy shaxslar o‘rtasida mobil telefon raqami asosida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish qoidalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3930, 2026-yil 24-avgust).

💸 Endilikda fuqarolar bank rekvizitlarini kiritmasdan, mobil telefon raqami orqali pul o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📌 Buning uchun foydalanuvchining mobil telefon raqami uning bank hisobvarag‘iga bog‘lanadi. Shundan so‘ng boshqa shaxsga pul yuborishda bank hisobvarag‘i yoki plastik karta rekvizitlari talab etilmaydi — telefon raqamini kiritishning o‘zi kifoya.

⚡️ Pul o‘tkazmalari:
🔹 24/7 rejimida va real vaqt rejimida amalga oshiriladi;
🔹 o‘tkazmani tasdiqlashdan oldin oluvchining F.I.O., banki va vositachilik haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi;
🔹 axborot va kiberxavfsizlik hamda firibgarlikning oldini olish bo‘yicha talablar asosida amalga oshiriladi;
🔹 foydalanuvchi telefon raqamini o‘z bank hisobvarag‘iga bog‘lashni istalgan vaqtda bekor qilishi mumkin;
🔹 bir bank doirasida bitta mobil telefon raqamini faqat bitta bank hisobvarag‘iga bog‘lashga ruxsat etiladi.

Mazkur tartib fuqarolar uchun pul o‘tkazmalarini tez, sodda va qulay amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk_himoyasi

⚔️ Kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash — inson hayoti va salomatligini himoya qilishdir

Kontrafakt mahsulot faqatgina birovning brendiga zarar yetkazmaydi. Uning ortida sifatsiz mahsulot, iste’molchi huquqlarining buzilishi, sog‘liq uchun xavf va halol tadbirkorga nisbatan nohaq raqobat ham turishi mumkin.

⚖️ Amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Adliya vazirligiga huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning binolarini ko‘zdan kechirish, kontrafakt mahsulotlarni aniqlash va xatlash bo‘yicha yangi vakolatlar berildi.

❗️Mazkur vakolatlar doirasida joriy yilning o‘tgan davrida 60 mingdan ortiq kontrafakt mahsulot xatlandi. Bu fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, ularning hayoti va salomatligini himoya qilish yo‘lidagi amaliy natija.

Qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatda sifatli mahsulot, halol raqobat va inson qadri himoya qilinadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
📌 Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Bugun Adliya vazirligida Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti hamda Adliya vazirligining Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi hamkorligida vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari uchun “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholash” mavzusida seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

🔹 Seminar davomida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda tartibga solish ta’sirini baholashning ahamiyati, mazkur jarayonni amalga oshirish tartibi hamda qabul qilingan hujjatlarning amaliy samaradorligini baholash masalalari muhokama qilindi.

🔹 Shuningdek, tartibga solishning muqobil variantlarini aniqlash, uning tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarga ta’sirini baholash, mavjud tartibga solish choralarining samaradorligini tahlil qilish hamda amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr va tajribalar almashildi.

💡 Seminar-trening yakunida ishtirokchilarning tartibga solish ta’sirini baholash sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan savol-javob va muhokamalar o‘tkazildi.
👏3
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik

⚔️ Huquqshunoslar malakasini oshirishda Singapur tajribasi o‘rganiladi

Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi delegatsiya Singapur Huquqiy ta’lim instituti (Singapore Institute of Legal Education) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

⚖️ Mazkur institut Singapurda advokatlik kasbiga kirish imtihonlari, huquqshunoslarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi hamda yuridik ta’lim standartlarini belgilash bo‘yicha mas’ul tuzilma hisoblanadi.

🤝 Uchrashuv yakunida:
🔹 huquqshunoslarning malakasini oshirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini takomillashtirish;
🔹 malaka talablari va kasbiy standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha Singapur tajribasini o‘rganish;
🔹 yuridik ta’limda amaliyotga yo‘naltirilgan va xalqaro talablarga mos yondashuvlarni milliy tizimga joriy etish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish masalalari kelishib olindi.

🎯 Maqsad — O‘zbekistonda huquqshunoslarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirish, kasbiy tayyorgarlikning zamonaviy va shaffof tizimini shakllantirish.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏21🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Davlat_xizmatlari

⚔️ Propiskaga qo‘yishda endi xonadon egasini IIBga olib borish shart emas

❗️Ilgari doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun xonadon egasi va ro‘yxatdan o‘tuvchi shaxs birgalikda Ichki ishlar bo‘limiga borishi talab etilardi.

Endilikda bu jarayon yanada qulaylashdi.
📲 Davlat xizmatlari markazida Face-ID tizimi orqali xonadon egasining roziligini olish mumkin.
Bu esa fuqarolar uchun:
🔹 ortiqcha qatnovni kamaytiradi;
🔹 vaqtni tejaydi;
🔹 ro‘yxatdan o‘tish jarayonini soddalashtiradi.

🎥 Propiskaga qo‘yishning soddalashgan tartibi qanday ishlaydi? Batafsil — videoda.

Davlat xizmati — fuqaro uchun qancha sodda bo‘lsa, shuncha qulay.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
#Mustaqillik_35

🇺🇿 35 yil — ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

💬 “35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi”, — dedi Prezident.


🇺🇿 Davlatimiz rahbari bugungi o‘zgarish va yutuqlarning haqiqiy muallifi — mehnatkash va olijanob xalqimiz ekanini alohida ta’kidladi.

Mustaqillikning qadr-qimmati:
🔹 qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar;
🔹 farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar;
🔹 inson hayotini asrayotgan shifokorlar;
🔹 ilm-fanga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar;
🔹 zamonaviy korxonalar barpo etayotgan tadbirkor va sanoatchilar;
🔹 yurtimizni obod qilayotgan quruvchi va arxitektorlarning fidokorona mehnatida namoyon bo‘lishi qayd etildi.

Mustaqillikning eng katta kuchi — uning bunyodkori bo‘lgan xalqimizning mehnati, salohiyati va ertangi kunga ishonchidir.
1
#Mustaqillik_35

🇺🇿 So‘nggi 10 yilda 5,7 million doimiy ish o‘rni yaratildi, 650 ming oila yangi uy-joyli bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihatlikda amalga oshirilgan islohotlar natijasida iqtisodiyot barqaror va tez sur’atlarda o‘sib borayotganini ta’kidladi.

📈 O‘tgan davrda:
🔹 mamlakatimizga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilindi;
🔹 iqtisodiyot hajmi 2,5 barobardan ziyod oshdi;
🔹 joriy yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda;
🔹 sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5 million 700 ming doimiy ish o‘rni yaratildi.

🏫 Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga 1 million 500 ming o‘rinli zamonaviy maktablar, 342 ming o‘rinli bog‘chalar va 62 ming o‘rinli shifoxonalar ishga tushirildi.

🛣 Aholining kundalik hayotini yaxshilash maqsadida 83 ming kilometr ichki yo‘l qurildi va ta’mirlandi.

💧 8 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetib bordi, yana 11,5 million aholining suv ta’minoti yaxshilandi.

🏠 O‘tgan o‘n yilda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldi.
“Xalqimizda «Uyli bo‘lish – vatanli bo‘lish» degan naql bor. Shu ma’noda, kamida 2,5 million aholi vatanli bo‘ldi!”


Bu raqamlar ortida millionlab oilalarning turmushi, yangi ish o‘rinlari, yaxshilangan infratuzilma va ertangi kunga mustahkam ishonch bor.
3
#Mustaqillik_35

🇺🇿 Yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shgan fidoyi insonlar mehnati yuksak e’tirof etildi

Davlat mukofotlarini topshirish marosimida turli sohalarda ko‘p yillardan buyon sidqidildan mehnat qilib, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimizning xizmatlari alohida e’tirof etildi.

🌾 Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning cho‘llarni o‘zlashtirib, dehqonchilikni rivojlantirish yo‘lidagi mehnati haqiqiy qahramonlik sifatida qayd etildi.

🏭 Bekobod metallurgiya kombinatida uzoq yillardan buyon po‘lat erituvchi bo‘lib ishlayotgan G‘ulomjon Turonovga “Xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni berildi.

Shuningdek:
🔹 paxtachilik va g‘allachilikda o‘z maktabini yaratgan namanganlik Ilhom Ziyovuddinov;
🔹 yilning uch mavsumida ipak qurti parvarishlab, yuqori hosil olayotgan buxorolik Jamila Xudoyberdiyeva;
🔹 chorvachilikda ilg‘or texnologiyalarni joriy qilayotgan qoraqalpog‘istonlik Esenbay Aytimuratov;
🔹 suv yo‘qotishlarini kamaytirishga hissa qo‘shayotgan samarqandlik irrigator Aslanqul Karimqulovning xizmatlari ham munosib baholandi.

🎨 O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini bezatishda ishtirok etgan usta-naqqosh Sattorxo‘ja To‘xtaxo‘jayevga “Xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni berildi.

Bu e’tirof — yerga mehr bergan dehqon, po‘lat eritgan ishchi, suvni asragan irrigator, bunyodkor usta va barcha fidoyi yurtdoshlarimiz mehnatiga berilgan yuksak bahodir.
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik

⚔️ O‘zbekiston va Singapur adliya vazirliklari hamkorligi yangi bosqichga ko‘tariladi

“Singapore Convention Week 2026” doirasida Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Singapur Huquq vaziri Edvin Tong bilan muzokaralar o‘tkazdi.

🤝 Muloqotda ikki mamlakat adliya tizimlari o‘rtasidagi hamkorlikni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish, huquqiy islohotlar bo‘yicha muntazam tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar qator amaliy yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi:
🔹 to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) — Singapurning zamonaviy qonunchilik modeli va biznesni sog‘lomlashtirish amaliyotini o‘rganish;
🔹 Legal Tech va sun’iy intellekt — adliya xizmatlarini raqamlashtirish hamda zamonaviy texnologiyalarni huquqiy jarayonlarga joriy etish;
🔹 mediatsiya va arbitraj — nizolarni sudgacha va muqobil hal etishning samarali mexanizmlarini rivojlantirish;
🔹 ekspert ko‘magi — O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi huquqiy islohotlarga singapurlik mutaxassislarni jalb etish;
🔹 qo‘shma tadbirlar — konferensiyalar, forumlar va stajirovka dasturlarini birgalikda tashkil etish.

📌 Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni aniq amaliy loyihalarga aylantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishildi.

🇺🇿 Maqsad — ilg‘or xalqaro tajribani O‘zbekiston huquqiy tizimiga moslashtirib, adliya xizmatlarini yanada zamonaviy, samarali va qulay qilish.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1