ADLIYA YANGILIKLARI
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.5K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️Adliya vazirligi “Yangi Oʻzbekiston” universitetida davlat oliy taʼlim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlarni tayyorlash boʻyicha “Rektorlar maktabi” dasturi doirasida o‘qishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3897, 2026-yil 13-iyul).

📌 Mazkur hujjatga ko‘ra, Dastur doirasida 30 yoshga toʻlgan, kamida magistr akademik darajasiga va oliy taʼlim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan, 2 yil rahbarlik lavozimlarida ishlagan nomzodlar ochiq tanlov asosida oʻqishga qabul qilinadi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining “Yangi Oʻzbekiston” universitetida “Rektorlar maktabi” dasturini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 16-apreldagi 177-son qarorining 3-bandi “v” kichik bandiga asosan davlat oliy taʼlim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlar faqat Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan va oliy taʼlim tashkilotlari rektori (direktori) zaxirasiga kiritilgan shaxslar orasidan tanlab olinadi.

📝 Qabul jarayoni quyidagi to‘rtta bosqichda tashkil etiladi:
1️⃣ hujjatlarni qabul qilish va o‘rganish;
2️⃣ test sinovlari;
3️⃣ psixologik baholash;
4️⃣ suhbat.

📊 Nomzodlar test, psixologik baholash va suhbat natijalari bo‘yicha to‘plagan umumiy ballari asosida reyting shakllantiriladi hamda qabul kvotasi doirasida o‘qishga tavsiya etiladi.

Shuningdek, Nizom bilan hujjatlarni topshirish, baholash mezonlari, natijalarni e’lon qilish, apellyatsiya tartibi hamda qabul jarayonining shaffofligini ta’minlash mexanizmlari belgilangan.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️Aholi uchun davlat xizmatlarida yana bir qator qulayliklar yaratiladi

⚖️ Prezidentimizning "Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ–265-son qarori (15.07.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:
🏠 Ko‘chmas mulkni kechiktirib ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinadi. Endilikda bunday hollarda kechiktirilgan muddatdan kelib chiqib, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun oshirilgan stavkada to‘lov undiriladi.

🏡 Meros yoki yaqin qarindoshidan hadya olingan uyni sotishda soliq hisoblash tartibi fuqarolar foydasiga o‘zgaradi. Soliqdan ozod etuvchi muddat uy avvalgi egasining mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan hisoblanadi.

🔑 Taqiq yoki xatlov qo‘yilgan turar joyga ham yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tayotgan shaxs keyinchalik mulkdorning murojaati asosida ro‘yxatdan chiqarilishiga oldindan rozilik beradi.

📱 2026-yil 1-oktabrdan my.gov.uz portalida yangi xizmatlar ishga tushiriladi. Xususan:
🔹 o‘z nomingizdagi ko‘chmas mulk va transport vositalariga taqiq qo‘yish yoki uni bekor qilish;
🔹 o‘z nomingizga rasmiylashtirilgan telefon raqamlari va bank kartalari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish;
🔹 foydalanilmayotgan telefon raqamlarini vaqtincha to‘xtatish yoki xizmatni bekor qilish;
🔹 telefon raqamiga ulangan pulli xizmatlar haqida ma’lumot olish;
🔹 bank kartalarini bloklash (yopish) bo‘yicha onlayn murojaat yuborish;
🔹 nomingizga yangi notarial harakat rasmiylashtirilganda avtomatik xabarnoma olish.

🤝 Mazkur yangiliklar davlat xizmatlarini yanada qulay, shaffof va fuqarolar uchun zamonaviy shaklda tashkil etishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🙏1
ADLIYA YANGILIKLARI
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ⚔️Aholi uchun davlat xizmatlarida yana bir qator qulayliklar yaratiladi ⚖️ Prezidentimizning "Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari…
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️Davlat xizmatlari yanada qulaylashadi: yangi raqamli xizmatlar va fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi

💳 2026-yil 1-sentabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) virtual to‘lov kartasi orqali davlat xizmatlari uchun to‘lov qilish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan mablag‘lar hamda davlat xizmati kechiktirilganda yoki asossiz rad etilganda to‘langan mablag‘lar avtomatik ravishda fuqaroning kartasiga qaytariladi. Virtual to‘lov kartasini ochish va undan foydalanish uchun komissiya undirilmaydi.

👶 Voyaga yetmagan shaxslar o‘z huquqlarini mustaqil himoya qilish yuzasidan sudlarga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

🔄 2026-yil 1-oktabrdan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tug‘ilgan sanasi o‘zgarganda, ushbu ma’lumotlar davlat organlarining axborot tizimlarida qo‘shimcha murojaatlarsiz avtomatik ravishda yangilanadi.

🏠 2026-yil 1-noyabrdan kredit to‘liq so‘ndirilgach, ko‘chmas mulk va avtotransport vositalariga qo‘yilgan garov (taqiq) proaktiv tartibda avtomatik yechiladi.

📵 Shuningdek, fuqarolarni reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlari orqali bezovta qilishning oldini olish maqsadida yangi tartib joriy etiladi. Endilikda reklama xabarlari faqat fuqaroning roziligi bilan yuboriladi, reklama qo‘ng‘iroqlarini 18:00 dan 09:00 gacha amalga oshirish taqiqlanadi hamda abonent istagiga ko‘ra bunday qo‘ng‘iroq va xabarlarni bloklash imkoniyati yaratiladi.

🤝 Mazkur yangiliklar davlat xizmatlarini yanada qulay, tezkor va shaffof tashkil etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏32🙏2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️ Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarining 28-bandiga o‘zgartirishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3281-6, 2026-yil 16-iyul).

📌 Oʻzbekiston Respublikasi “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasiga ko‘ra, joriy xalqaro operatsiyalar bilan bogʻliq holda chet el valyutasini sotib olish yoki sotish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

💵 Bunda, maxsus valyuta hisobvaraqlariga kiritilgan mablagʻlar qatʼiy ravishda buyurtmalarda koʻrsatilgan maqsadlar uchun sarflanadi.

📋 Bugungi kunda bir shartnoma doirasida sotib olingan valyuta mablagʻlaridan boshqa shartnoma uchun foydalanish zarurati tugʻilganda, mijozlar tomonidan ushbu valyutalar bankka sotilishi va yangi maqsad uchun qayta sotib olinishi talab etiladi.

Mazkur idoraviy hujjat bilan tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida ichki valyuta bozoridan sotib olingan valyuta mablagʻlaridan foydalanish maqsadlarini oʻzgartirish imkoniyati yaratilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️ Adliya vazirligi Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 2773-15, 2026-yil 22-iyul).

📌 Mazkur idoraviy hujjat bilan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga quyidagi asosiy oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

🔹 Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashdan soʻng erkin muomalaga chiqarishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi belgilandi.
🔹 Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar turlari tasniflagichi yangi hujjat kodlari bilan toʻldirildi. Jumladan:
▫️ "VIO" – vakolatli iqtisodiy operator maqomiga ega yuridik shaxs tomonidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllash;
▫️ "SKD_DOC" – chegirma hujjati.

🔹 Tovarlarni olib oʻtish xususiyatlari tasniflagichi ham ayrim yangi kodlar bilan toʻldirildi. Jumladan:
▫️ "091" – xomashyo va materiallarni bojxona hududida qayta ishlash natijasida olingan tayyor mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga joylashtirish.

Mazkur oʻzgartirishlar bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirish hamda bojxona amaliyotlarini aniq va yagona tartibda yuritishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️ Adliya vazirligi Qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) “nol” stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (bundan paxta va gʻalla mustasno) ro‘yxatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3905, 2026-yil 21-iyul).

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-sentabrdagi PF–153-son Farmoniga asosan 2026-yil 1-yanvardan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (paxta va gʻalladan tashqari) realizatsiya qilishda QQSning “nol” foizlik stavkasi qoʻllaniladi.

Shunga ko‘ra, QQSning “nol” stavkasi qo‘llaniladigan 516 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (paxta va gʻalladan tashqari) ro‘yxati tasdiqlandi.

💰 Shuningdek, ushbu roʻyxatga kiritilgan mahsulotlarni yetishtirish uchun xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan QQS summasi qaytarib beriladi.

⚡️ Mazkur mablagʻlar qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga 3 kun ichida avtomatlashtirilgan tartibda qaytariladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢21
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi

🗣 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida "Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi joriy etilishi munosabati bilan "Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

➡️ Qonun loyihasi aholini huquqiy axborot bilan tezkor, manzilli va qulay tarzda ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

➡️ Muhokamalar davomida qonunlarning qabul qilinishi haqida fuqarolarni o‘z vaqtida xabardor qilish, ularning mazmun-mohiyatini sodda va tushunarli shaklda yetkazish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

➡️ Shu munosabat bilan huquqiy targ‘ibotning an’anaviy usullari bilan bir qatorda raqamli platformalar, mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar hamda sun’iy intellekt asosidagi interaktiv tizimlardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi normalar taklif etilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️ Adliya vazirligi tomonidan islomiy banklar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

📌 O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi O‘RQ–1126-son Qonuniga muvofiq mamlakatimizda islomiy bank faoliyati joriy etildi.

📑 Mazkur Qonunni amalga oshirish doirasida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan 10 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatga islomiy banklar faoliyatini tartibga soluvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🔹 Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha huquqiy mexanizmlar takomillashtirildi:
▫️ banklar va banklar guruhlarida tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi;
▫️ tijorat banklarining mol-mulk va ustav kapitalidagi ulushlarni sotib olishi bilan bog‘liq talablar;
▫️ bir qarz oluvchi yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini belgilash;
▫️ tijorat banklarida korporativ boshqaruvni tashkil etish;
▫️ banklarning Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badallar to‘lash tartibi.

Mazkur o‘zgartirishlar islomiy banklar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️ 2026-yil 1-avgustdan boshlab qonunchilikda qanday o‘zgarishlar kuchga kirdi?

Adliya vazirligi Axborot xizmati tomonidan 2026-yil 1-avgustdan amal qilayotgan muhim qonunchilik yangiliklari haqida batafsil ma’lumot berildi.

📌 Xususan:
🚗 Trade-in dasturi doirasida eskirgan avtomobilini topshirgan fuqarolar va tashkilotlarga yangi avtomobil xaridi uchun olingan avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi.

📲 Jarima maydonchasidan avtomobilni chiqarish endilikda QR-kod asosida, "Jarima maydonchasi" axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

📊 Soliq organlarining mijozlarga yo‘naltirilganlik indeksi joriy etilib, soliq to‘lovchilar xizmatlar sifati va qulayligini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🏘 "Tashabbusli budjet" jarayonida deputatlarning vakolatlari kengaytirilib, qo‘shimcha loyihalarni g‘olib deb e’lon qilish imkoniyati yaratiladi.

🎥 Batafsil — videoda. Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥63👍3🙏2👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️Endi bankdan 500 AQSH dollarigacha naqd chet el valyutasini hujjatsiz olish mumkin!

📌 Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligi tashabbusi bilan qabul qilingan idoraviy hujjatga ko‘ra, endilikda banklardan 500 AQSH dollarigacha naqd chet el valyutasini sotib olishda pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat talab etilmaydi.

📅 Mazkur idoraviy hujjat (ro‘yxat raqami 2886-12, 2026-yil 8-may) joriy yil 9-avgustdan e’tiboran kuchga kirdi.

💱 Bunga qadar banklardan chet el valyutasini hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘lgan miqdor 100 AQSH dollarini tashkil qilar edi.

Adliya vazirligi aholiga yengillik yaratishga qaratilgan tashabbuslarni amaliyotga joriy qilishni o‘zining eng asosiy vazifalaridan biri deb hisoblaydi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️ O‘zbekiston xalqaro mediatsiya bo‘yicha Singapur konvensiyasiga qo‘shilmoqda

Senatning 18-yalpi majlisida O‘zbekistonning BMTning mediatsiya natijasida erishilgan xalqaro kelishuv bitimlari to‘g‘risidagi Singapur konvensiyasiga qo‘shilishini nazarda tutuvchi Qonun ma’qullandi.

⚖️ Qonun bilan qanday imkoniyatlar yaratiladi?
🔹 Xalqaro tijorat nizolari bo‘yicha mediatsiya orqali erishilgan kelishuvlarni Konvensiyaga a’zo davlatlarda soddalashtirilgan tartibda tan olish va ijro etish imkoniyati yaratiladi.
🔹 Tadbirkorlarning xorijiy hamkorlar bilan yuzaga keladigan nizolarni sudga murojaat qilmasdan, mediatsiya orqali tezkor va kam xarajat bilan hal etish imkoniyatlari kengayadi.
🔹 Xalqaro mediatsiya orqali erishilgan kelishuvlarning ijrosi uchun xalqaro huquqiy kafolatlar kuchayadi.

📌 Shu bilan birga, Konvensiya davlat organlari yoki ular nomidan harakat qiluvchi shaxslar ishtirokidagi kelishuvlarga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, u kelishuv taraflari Konvensiyani o‘z munosabatlariga qo‘llashga rozilik bildirgan taqdirdagina amal qiladi.

📈 Qonunning qabul qilinishi investorlar uchun huquqiy kafolatlarni mustahkamlash, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda O‘zbekistonning xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlardagi nufuzini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️ Endi bolaga otasining ismi familiya sifatida berilishi mumkin

📑 2026-yil 13-avgustdagi O‘RQ–1164-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

👨‍👩‍👧 Oila kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda bolaga otasining ismi, shuningdek, ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga muvofiq bobosining ismi bo‘yicha familiya berish mumkin.

📌 Ilgari Oila kodeksida otasining ismini bolaga familiya sifatida berish nazarda tutilmagan edi.

🏛 Qonun bilan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunga ham qator yangiliklar kiritildi. Jumladan, elektron arxiv va nodavlat arxivlarni tashkil etishning huquqiy asoslari belgilandi.

💻 Elektron arxivlarda:
🔹 zarur apparat-dasturiy ta’minot va raqamlashtirish vositalari mavjud bo‘lishi;
🔹 elektron hujjatlarni qidirish, boshqarish va ularga ishlov berish imkoniyati yaratilishi;
🔹 elektron hujjatning asl arxiv hujjati bilan bir xilligi ta’minlanishi;
🔹 axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etilishi lozim.

🏢 Shuningdek, davlat mulki hisoblanmaydigan arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun nodavlat arxivlar tashkil etish imkoniyati yaratildi.

⚖️ Qonun bilan Adliya vazirligining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari ham aniq belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️Endilikda yaqin qarindoshining telefon raqamidan foydalanayotgan fuqarolar ham banklarning mobil ilovalarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin

📑 Adliya vazirligi Kredit va toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari tomonidan jismoniy shaxslarga masofadan moliyaviy xizmatlar koʻrsatishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda frod holatlarining oldini olish boʻyicha minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni (ro‘yxat raqami 3759-1, 2026-yil 14-avgust) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

📌 Mazkur hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

🧑‍🧑‍🧒‍🧒telefon raqamini yaqin qarindoshining (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) nomiga rasmiylashtirgan fuqarolar banklarning mobil ilovalarida ro‘yxatdan o‘tishlari va bank kartalarini biriktirishlari mumkin. Bunda yaqin qarindoshlik avtomatik ravishda tizimda tasdiqlanadi;

💳 banklar mobil ilovalar orqali kod bilan tasdiqlash talab etilmaydigan pul o‘tkazmalari uchun maksimal miqdorni belgilaydi;

🔔 endilikda mobil qurilmada zararli dastur mavjudligi yoki qurilma masofadan boshqarilayotgani aniqlansa, foydalanuvchiga SMS bilan bir qatorda PUSH-xabar ham yuboriladi;

🔐 mobil ilovadagi akkauntga boshqa qurilmadan kirilganda bank kartalari vaqtincha bloklanadi va kod orqali qayta faollashtiriladi;

💸 mobil ilovalar orqali pul o‘tkazmasi amalga oshirilayotganda pul jo‘natuvchi bilan bir qatorda pul jo‘natmasini qabul qiluvchining ham ism-familiyasi qisman berkitilgan holda aks ettiriladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4😢1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏢 Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha yangi talablar belgilandi

📑 Adliya vazirligi Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3824-1, 2026-yil 14-avgust).

📌 Mazkur hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

🔹 ko‘p kvartirali uy fasadidagi nuqsonlar (yoriqlar, qoplama va suvoqning shikastlanishi, namlik izlari kabilar) boshqarish organi tomonidan bir oy ichida bartaraf etilishi lozim;

🔹 yerto‘ladan o‘tuvchi magistral issiqlik tarmoqlarida nosozlik aniqlansa, boshqarish organi issiqlik ta’minoti tashkilotini xabardor qilishi va ta’mirlash uchun mutaxassislarga kirish imkoniyatini ta’minlashi kerak;

sovutish va isitish qurilmalarini (konditsioner) umumiy foydalanishdagi kirish yo‘laklariga o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi;

🛗 lift kabinasida liftdan foydalanish qoidalari hamda quyidagilar ko‘rsatilgan lavha osilishi kerak:

▫️ liftning nomi (maqsadi bo‘yicha);
▫️ yuk ko‘tarish qobiliyati (ruxsat etilgan yo‘lovchilar soni bilan);
▫️ “Xavfsiz lift” elektron platformasidagi qayd raqami va davriy texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
▫️ liftlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot yoki avariya xizmati bilan aloqa qilish uchun telefon raqami.

💡 Shuningdek, lift shaxtasi, mashina xonasi va unga kirish joyi bo‘sh va yorug‘ bo‘lishi lozim.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️ Telefon raqami orqali pul o‘tkazish yanada qulaylashadi

📑 Adliya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Tezkor to‘lovlar tizimi orqali jismoniy shaxslar o‘rtasida mobil telefon raqami asosida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish qoidalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3930, 2026-yil 24-avgust).

💸 Endilikda fuqarolar bank rekvizitlarini kiritmasdan, mobil telefon raqami orqali pul o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📌 Buning uchun foydalanuvchining mobil telefon raqami uning bank hisobvarag‘iga bog‘lanadi. Shundan so‘ng boshqa shaxsga pul yuborishda bank hisobvarag‘i yoki plastik karta rekvizitlari talab etilmaydi — telefon raqamini kiritishning o‘zi kifoya.

⚡️ Pul o‘tkazmalari:
🔹 24/7 rejimida va real vaqt rejimida amalga oshiriladi;
🔹 o‘tkazmani tasdiqlashdan oldin oluvchining F.I.O., banki va vositachilik haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi;
🔹 axborot va kiberxavfsizlik hamda firibgarlikning oldini olish bo‘yicha talablar asosida amalga oshiriladi;
🔹 foydalanuvchi telefon raqamini o‘z bank hisobvarag‘iga bog‘lashni istalgan vaqtda bekor qilishi mumkin;
🔹 bir bank doirasida bitta mobil telefon raqamini faqat bitta bank hisobvarag‘iga bog‘lashga ruxsat etiladi.

Mazkur tartib fuqarolar uchun pul o‘tkazmalarini tez, sodda va qulay amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2👎2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Vatan tayanchi” otryadi a’zolari va respublika bosqichi g‘oliblariga OTMga kirishda qo‘shimcha ball beriladi

⚔️ Adliya vazirligi “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosiga, “Vatanparvarlar” va “Shijoat va gʻayrat” musobaqalarining respublika bosqichi gʻoliblariga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3931, 2026-yil 26-avgust).

📌 Xususan, mazkur hujjatga ko‘ra:

1️⃣ Tavsiyanoma quyidagi shaxslarga beriladi:
🔹 “Vatan tayanchi” harakatida faol ishtirok etgan hamda davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, Prezident maktablari, ijod maktablari, sport maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, akademik litseylar va texnikumlarni aʼlo baholar bilan tamomlagan “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga;
🔹 “Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga;
🔹 “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolariga;
🔹 mahalla yoshlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Shijoat va gʻayrat” musobaqalarining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolariga.

2️⃣ Tavsiyanoma Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tomonidan beriladi.

3️⃣ Tavsiyanomaga ega boʻlgan shaxslarga oliy harbiy (harbiylashtirilgan) ta’lim muassasalari, shuningdek yuridik ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyoz sifatida test sinovlari yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi.

4️⃣ Tavsiyanoma 3 yil mobaynida amal qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📌Geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi: ogohlantiruvchi tamg‘alarning yangi shakllari tasdiqlandi

➡️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-sentyabrdagi 469-son qarori bilan geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi ogohlantiruvchi tamg‘alarining shakllari hamda tavsiflari tasdiqlandi.

❗️Ma’lumot uchun: Ogohlantiruvchi tamg‘a — tovar yoki uning o‘rovida qo‘llaniladigan, mazkur belgi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan geografik ko‘rsatkich yoki tovar kelib chiqqan joy nomi ekanini bildiruvchi maxsus belgidir.


Ushbu tamg‘a iste’molchilarga mahsulotning muayyan geografik hudud bilan bog‘liqligi va tegishli intellektual mulk obyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganini anglash imkonini beradi. Shuningdek, u mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari, sifati yoki obro‘sini muayyan hudud bilan bog‘lashga xizmat qiladi.

📌Mazkur tamg‘alarning joriy etilishi bilan:
mahalliy mahsulotlarning tanilishiga, hududiy brendlarning rivojlanishiga va mahalliy iqtisodiy faollikning oshishiga ko‘maklashadi.
mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari, sifati va obro‘sini muayyan hudud bilan bog‘lash orqali uning bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan qonuniy foydalanishni rag‘batlantiradi hamda ulardan noqonuniy foydalanishning oldini olishga xizmat qiladi.

✔️Shu tariqa, ogohlantiruvchi tamg‘alar nafaqat iste’molchilarni xabardor qilish, balki mahalliy mahsulotlarning qiymatini oshirish, ularni huquqiy muhofaza qilish va hududiy brendlarni rivojlantirishning muhim vositasiga aylanadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥21
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi
Karantinli va inson uchun xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud boʻlganda aholini profilaktik emlashdan oʻtkazish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3936, 2026-yil 9-sentabr).

Xususan, mazkur hujjatga ko‘ra:
1) profilaktik emlash Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida joriy etiladi;

2) profilaktik emlashni joriy etishga yuqumli kasallikning hududda aniqlanishi, kasallikning keng tarqalishi yoki ayrim guruhlarga yuqishi asos bo‘ladi;

3) emlash birinchi navbatda kasallikni yuqtirish yoki boshqalarga yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar, kasallik o‘chog‘ida bemor bilan muloqotda bo‘lganlar hamda epidemiologik ko‘rsatma bo‘yicha emlanishi lozim bo‘lgan shaxslardan boshlanadi;

4) profilaktik emlash davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tibbiyotda qo‘llanilishiga ruxsat etilgan vaksinalar bilan amalga oshiriladi;

5) profilaktik emlashda shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, vaksinaga sezuvchanlik, ilgarigi og‘ir allergik reaksiya va boshqa qarshi ko‘rsatmalar mavjudligi aniqlanadi;

6) shaxsga vaksina va uning ehtimoliy taʼsiri, emlashdan keyingi kuzatuv hamda emlashni rad etishning huquqiy oqibatlari haqida maʼlumot beriladi;

7) profilaktik emlangan har bir shaxs to‘g‘risidagi maʼlumotlar emlash o‘tkazilgan zahoti Yagona tibbiyot axborot tizimiga kiritiladi;

8) profilaktik emlangan shaxs dastlabki 30 daqiqa tibbiyot xodimi, keyingi 3 kun davomida esa shifokor va patronaj hamshira kuzatuvida bo‘ladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni giyohvandlik vositalari bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3939, 2026-yil 14-sentabr).

Xususan, mazkur hujjatga ko‘ra:

1) tibbiy tekshiruv giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilish holatlarini barvaqt aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy filiallarida o‘tkaziladi;

2) muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar hududiy harbiy-tibbiy komissiyaga yuborilishidan, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar  esa harbiy-tibbiy muassasada tibbiy ko‘rikdan o‘tishlaridan oldin tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi;

3) tibbiy tekshiruv 2 bosqichda amalga oshiriladi, daslab peshob namunasi ekspress-test orqali tekshiriladi, musbat natija qayd etilganda esa peshob va (yoki) qon namunalarida mass-spektrometrik identifikatsiya tekshiruvi o‘tkaziladi;

4) tibbiy tekshiruv natijalari musbat bo‘lgan yoki zarur namunalarni topshirishdan bosh tortgan fuqarolar harbiy-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaydi;

5) tibbiy tekshiruv davomida olingan shaxsga oid maʼlumotlar, biologik namunalar va tekshiruv natijalarining maxfiyligi taʼminlanadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🖋Adliya vazirligi tomonidan Qimmatli qogʻozlar emitentlarining reytingini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3941, 2026-yil 17-sentabr).

📑Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF–254-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, qimmatli qogʻozlar emitentlarining faoliyatini baholovchi reytingni yuritish hamda ushbu reyting asosida tegishli taʼsir choralarini qoʻllash tartibini belgilaydi.

🖥Emitentlar reytingi har chorak natijasi bo‘yicha Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) tomonidan yuritiladi va Korporativ axborot yagona portalida (openinfo.uz) ochiq e’lon qilinadi.

Reyting natijalari hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning dastlabki 10 kunligida e’lon qilinadi hamda emitentlarga bu haqida shaxsiy kabinet orqali xabar yuboriladi.

📊Bunda, emitentlar reytingi 7 ta mezon bo‘yicha berilgan ballar yig‘indisiga ko‘ra aniqlanadi.

✔️To‘plangan ballar yig‘indisiga ko‘ra, emitentga quyidagi toifalardan biri beriladi:

✔️ “A” toifa
✔️ “B” toifa
✔️ “C” toifa
✔️ “D” toifa

❗️Ushbu toifalarga ko‘ra emitentlarga nisbatan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin hamda ushbu ta’sir choralarini amal qilish muddati 3 oy hisoblanadi.

Nizomning qabul qilinishi emitentlar faoliyatining shaffofligini oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyadorlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

📌Mazkur Nizom rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM