#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik
⚔️ O‘zbekistonlik huquqshunoslar uchun Singapur tajribasi asosida yangi ta’lim va hamkorlik imkoniyatlari yaratiladi
✅ “Singapore Convention Week 2026” doirasida Adliya vaziri Akbar Toshqulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Singapur Huquq akademiyasi (Singapore Academy of Law) rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.
🏛 Akademiya Singapur huquqshunoslar hamjamiyatini birlashtiruvchi, huquqiy tadqiqotlar, kasbiy ta’lim, nashriyot faoliyati va Legal Tech yo‘nalishlarini rivojlantiruvchi yetakchi institutlardan biri hisoblanadi.
🤝 Muzokaralar yakunida qator amaliy yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi:
🔹 Mediatsiyani rivojlantirish — mediatorlarni tayyorlash va sertifikatlash, mediatsiya tizimini institutsional jihatdan mustahkamlash bo‘yicha Singapur tajribasini o‘rganish;
🔹 Legal Tech va sun’iy intellekt — zamonaviy texnologiyalarni huquqiy amaliyotga joriy etish, sun’iy intellektdan foydalanishning huquqiy va etik mezonlari bo‘yicha tajriba almashish;
🔹 Qo‘shma ilmiy nashrlar — huquqiy tadqiqotlar bo‘yicha maqolalar, tahliliy sharhlar va boshqa nashrlarni birgalikda tayyorlash;
🔹 Common law bo‘yicha maxsus kurslar — o‘zbekistonlik huquqshunoslar uchun xalqaro tijorat munosabatlarida keng qo‘llaniladigan umumiy huquq tizimi asoslarini o‘rgatishga qaratilgan dasturlarni tashkil etish.
🇺🇿 Maqsad — o‘zbekistonlik huquqshunoslarning xalqaro huquqiy muhitda ishlash salohiyatini oshirish, zamonaviy huquqiy institutlar va texnologiyalarni milliy amaliyotga olib kirish.
Xalqaro tajriba — kuchli bilim, zamonaviy yondashuv va yanada malakali huquqshunoslar uchun yangi imkoniyat.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
#Xalqaro_hamkorlik
🏛 Akademiya Singapur huquqshunoslar hamjamiyatini birlashtiruvchi, huquqiy tadqiqotlar, kasbiy ta’lim, nashriyot faoliyati va Legal Tech yo‘nalishlarini rivojlantiruvchi yetakchi institutlardan biri hisoblanadi.
🤝 Muzokaralar yakunida qator amaliy yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi:
🔹 Mediatsiyani rivojlantirish — mediatorlarni tayyorlash va sertifikatlash, mediatsiya tizimini institutsional jihatdan mustahkamlash bo‘yicha Singapur tajribasini o‘rganish;
🔹 Legal Tech va sun’iy intellekt — zamonaviy texnologiyalarni huquqiy amaliyotga joriy etish, sun’iy intellektdan foydalanishning huquqiy va etik mezonlari bo‘yicha tajriba almashish;
🔹 Qo‘shma ilmiy nashrlar — huquqiy tadqiqotlar bo‘yicha maqolalar, tahliliy sharhlar va boshqa nashrlarni birgalikda tayyorlash;
🔹 Common law bo‘yicha maxsus kurslar — o‘zbekistonlik huquqshunoslar uchun xalqaro tijorat munosabatlarida keng qo‘llaniladigan umumiy huquq tizimi asoslarini o‘rgatishga qaratilgan dasturlarni tashkil etish.
Xalqaro tajriba — kuchli bilim, zamonaviy yondashuv va yanada malakali huquqshunoslar uchun yangi imkoniyat.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
—
С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны.
#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

👍4❤2👏2🔥1
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik
⚔️ O‘zbekistonda xalqaro tijorat nizolarini mediatsiya orqali hal etish imkoniyatlari kengaytiriladi
✅ Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Singapur xalqaro mediatsiya markazi (SIMC) raisi Jorj Lim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Muzokaralarda O‘zbekistonda mediatsiya institutini rivojlantirish, xalqaro nizolarni sudgacha tez, samarali va ishonchli hal etish mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldi:
🔹 Qo‘shma treninglar — o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun xalqaro tijorat mediatsiyasi bo‘yicha SIMC ekspertlari ishtirokida o‘quv dasturlarini tashkil etish;
🔹 Amaliy tajriba — o‘zbekistonlik mediatorlarni SIMC ko‘rib chiqayotgan real ishlar jarayoniga jalb etish orqali xalqaro darajadagi ko‘nikmalarini oshirish;
🔹 Mintaqaviy markaz — SIMCning mintaqaviy vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish imkoniyatlarini o‘rganish;
🔹 Qo‘shma tadbirlar — mediatsiyani ommalashtirishga qaratilgan xalqaro konferensiya va forumlarni birgalikda tashkil etish.
🇺🇿 Maqsad — investor va tadbirkorlar uchun nizolarni uzoq sud jarayonlarisiz, tez va samarali hal etish imkoniyatlarini kengaytirish hamda O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi muqobil nizolarni hal etish markazi sifatidagi salohiyatini oshirish.

🌐 2014-yilda tashkil etilgan SIMC bugungi kunda xalqaro tijorat nizolarini mediatsiya orqali hal etishga ixtisoslashgan nufuzli institutlardan biri hisoblanadi.
🇺🇿 Maqsad — investor va tadbirkorlar uchun nizolarni uzoq sud jarayonlarisiz, tez va samarali hal etish imkoniyatlarini kengaytirish hamda O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi muqobil nizolarni hal etish markazi sifatidagi salohiyatini oshirish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik
⚔️ To‘lovga qobiliyatsizlik tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik kengaymoqda
✅ 27-avgust kuni adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov Osiyo taraqqiyot bankining Huquq va siyosatni isloh qilish bo‘yicha bosh yuridik maslahatchisi yordamchisi Kristina Pak bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Muloqotda O‘zbekistonda to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini yanada takomillashtirish, ilg‘or xalqaro tajribani milliy amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan:
🔹 qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va loyihalarni xorijiy ekspertlar ishtirokida ko‘rib chiqish;
🔹 To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi xodimlari hamda sud boshqaruvchilarining malakasini oshirish, xorijiy davlatlarda o‘quv dasturlarini tashkil etish;
🔹 sohada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish;
🔹 to‘lovga qobiliyatsizlik bilan bog‘liq jarayonlarni qamrab oluvchi Yagona elektron platformani ishga tushirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni xalqaro ilg‘or tajriba asosida davom ettirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.

👍8🔥4❤1