ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Vatan tayanchi” otryadi a’zolari va respublika bosqichi g‘oliblariga OTMga kirishda qo‘shimcha ball beriladi

⚔️ Adliya vazirligi “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosiga, “Vatanparvarlar” va “Shijoat va gʻayrat” musobaqalarining respublika bosqichi gʻoliblariga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3931, 2026-yil 26-avgust).

📌 Xususan, mazkur hujjatga ko‘ra:

1️⃣ Tavsiyanoma quyidagi shaxslarga beriladi:
🔹 “Vatan tayanchi” harakatida faol ishtirok etgan hamda davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, Prezident maktablari, ijod maktablari, sport maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, akademik litseylar va texnikumlarni aʼlo baholar bilan tamomlagan “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga;
🔹 “Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga;
🔹 “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolariga;
🔹 mahalla yoshlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Shijoat va gʻayrat” musobaqalarining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolariga.

2️⃣ Tavsiyanoma Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tomonidan beriladi.

3️⃣ Tavsiyanomaga ega boʻlgan shaxslarga oliy harbiy (harbiylashtirilgan) ta’lim muassasalari, shuningdek yuridik ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyoz sifatida test sinovlari yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi.

4️⃣ Tavsiyanoma 3 yil mobaynida amal qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_35
#Etirof

Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan Toshkent davlat yuridik universiteti Huquq, jamiyat va madaniyat kafedrasi mudiri Nosirxodjayeva Gulnora Abdukaxxarovna

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92🔥2
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

⚔️Adliya organlari va muassasalarida yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi: Davra suhbatida mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish, mualliflik shartnomalari, xizmat asarlariga bo‘lgan huquqlar hamda sun’iy intellektning intellektual mulk sohasiga ta’siri muhokama qilindi.

Buxoro viloyati: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida yoshlar bilan Mustaqillik yillaridagi islohotlar, tibbiyot sohasidagi yutuqlar va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar muhokama qilindi.

Samarqand viloyati: Nurobod tumanida iqtidorli yoshlar bilan ta’lim olish, kasb egallash va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari haqida ochiq muloqot tashkil etildi.

Farg‘ona viloyati: “Yangi O‘zbekiston — mening faxrim” mavzusidagi uchrashuvda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni, huquqiy mas’uliyati va Vatan taraqqiyotiga daxldorligi xususida fikr almashildi.

Surxondaryo viloyati: “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Xorazm viloyati: Qo‘shko‘pir tumanidagi yoshlar davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi faoliyati bilan tanishib, biznesni boshlash hamda my.gov.uz portalidan foydalanish bo‘yicha ma’lumot oldilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍32🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥98
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
Adliya vazirligida bayram shukuhi
10👍6🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_madhi

Mukarramsan, munavvarsan, shonsan Vatan,
Jonim kabi asraganim, jonsan Vatan!


She'r muallifi Erkin Doripov,
Toshkent viloyati Yangiyo'l tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi xodimi


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥7👏63
#Mustaqillik_35

🇺🇿 Adliya vazirligida Mustaqillikning 35 yilligi ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda

Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

🇺🇿 Mustaqillik — erkin va farovon hayotimiz, bugungi yutuqlarimiz hamda kelajak sari ishonch bilan intilishimizning mustahkam poydevoridir.

❗️ Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥3👏32