ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#100_ta_yangi_brend

⚔️ “100 ta yangi brend: yangi imkoniyatlar sari”
 
 
Adliya vazirligi tashabbusi bilan Namangan texnika universitetida gʻoyani huquqqa, mehnatni qiymatga, mahalliy mahsulotni nufuzli brendga aylantiradigan muhim tashabbus – “Namanganning 100 ta yangi brendi” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov ishtirok etgan tadbirda tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarga oʻz mahsulotlarini kuchli brendga aylantirish, tovar belgilarini yaratish va ularni huquqiy himoya qilish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir avvalida geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan “Chust oshi” guvohnomasi Namangan viloyat hokimligiga tantanali ravishda topshirildi.

Brend – bu shunchaki chiroyli nom yoki logotip emas. Brend – bu ishonch. Brend – bu xaridor ongida shakllanadigan vaʼda. Brend – bu korxonaning koʻrinmaydigan, lekin eng qimmat aktivlaridan biri.


Ana shu maʼnoda tadbirkorlar uchun brend strategiyasi, roʻyxatdan oʻtkazish tartibi, xalqaro muhofaza mexanizmlari boʻyicha treninglar tashkil etilayotgani ushbu loyihaning mazmunini yanada boyitadi.

Shuningdek, sayyor qabul ham tashkil etildi. Unda 50 nafardan ziyod tadbirkorlar faoliyatlari yuzasidan murojaatlari bilan ishtirok etdilar.
“Namanganning 100  ta yangi brendi” tashabbusi bir hududiy loyiha boʻlib qolmaydi. U butun mamlakat uchun ibratga, tadbirkor uchun imkoniyatga, iqtisodiyotimiz uchun esa yangi sifat bosqichiga aylanadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turgʻun BEKNAZAROV: - Mustaqilligimizning 35 yilligi yubiley emas, bu – katta toʻy.
 
Nega shukur qilmaylik, gullab tursa bogʻimiz,
Nega shukur qilmaylik, tandir toʻla nonimiz.
Nega shukur qilmaylik, bor ekan vijdonimiz,
Nega shukur qilmaylik, bor ekan imkonimiz.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2
#Adliya_xabari
#Adliya_ayoli

👩‍⚖️ Bilim, salohiyat va tashabbus: “Adliya ayoli – 2026” g‘oliblari aniqlandi

Adliya tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning bilimi, kasbiy mahorati va yangi g‘oyalari yana bir bor e’tirof etildi.

🏛 Adliya vazirligi binosida o‘tkazilgan “Adliya ayoli” tanlovining respublika bosqichida 20 nafar adliya organlari va muassasalari xodimlari o‘zaro bellashdi.

Tanlovning asosiy maqsadi xotin-qizlarning o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.

⚖️ Ishtirokchilar o‘zlarini tanishtirish bilan cheklanmay, kundalik hayotdagi muammoli vaziyatlarga huquqiy yechim taklif qildi hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha yangi tashabbuslarini ilgari surdi.

🏆 Natijalarga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — Mahbuba Sayfullaeva (TDYU)
🥈 2-o‘rin — Go‘zal Qodirova (Toshkent viloyati)
🥉 3-o‘rin — Gulzoda Mamatqulova (Jizzax viloyati)

💐 “Adliya ayoli” — bu shunchaki tanlov emas. Bu tizimdagi bilimli, tashabbuskor va professional xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning salohiyatini yuzaga chiqarish uchun yana bir imkoniyat.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👏5👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya

Adliya vazirligining intellektual mulk sohasiga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan “Qaroqchi” lloyihasi haqida qanday fikrdasiz?

🔵Ushbu savolga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, shoira va yozuvchi Farida Afro'z javob berdi.

🔹 Batafsil 👉 videoda

"Qaroqchi" loyihasining navbatdagi mehmoni Farida Afroʻz bilan to‘liq suhbatni tez orada tomosha qilishingiz mumkin.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31👍1👏1
Forwarded from Oliy sud | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ОДИЛ СУДЛОВ - 2030" стратегияси: адолат, инсон ҳуқуқи ва суд мустақиллигининг янги мезонлари

"Студия 24" ток-шоусида судья ва экспертлар Янги Ўзбекистонда инсон ҳуқуқларини ишончли ҳимоя қилувчи халқчил ва адолатли суд тизимини барпо этиш стратегияси тўғрисида сўз юритади

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
#Adliya_xabari
#Mukofot

🇺🇿 Adliya tizimi xodimlarining fidokorona mehnati yuksak e’tirof etildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Farmoniga muvofiq Adliya vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

🏅 “Do‘stlik” ordeni bilan:

🔹 Li Adik — Toshkent davlat yuridik universitetining Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi professori.

🏅 “Mehnat shuhrati” ordeni bilan:

🔹 Churyakov Erkin Ibragimovich — X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud-ballistika va izshunoslik ekspertiza laboratoriyasi mudiri.

🎖 “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan:

🔹 Kuchkarov Shuxrat Xamidovich — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshlig‘i;

🔹 Musayev Akbar Muxidinovich — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqni qo‘llash departamenti boshlig‘i;

🔹 Nosirxodjayeva Gulnora Abdukaxxarovna — Toshkent davlat yuridik universiteti Huquq, jamiyat va madaniyat kafedrasi mudiri;

🔹 Fomenko Tatyana Dauletovna — O‘zbekiston Milliy arxivi bo‘limi mudiri.

🎖 “Shuhrat” medali bilan:

🔹 Boltayeva Shoira Xudayberganovna — Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi boshlig‘i;

🔹 Kulmatova Gulibaxor Baratovna — Toshkent shahar Shayxontohur tumani adliya bo‘limi 1-son FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori.

👏 Yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan hamkasblarimizni samimiy muborakbod etamiz!

⚖️ Ushbu e’tirof — qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan adliya tizimi xodimlari mehnatiga berilgan yuksak bahodir.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2913👏6🎉1
ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari #Mukofot 🇺🇿 Adliya tizimi xodimlarining fidokorona mehnati yuksak e’tirof etildi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Farmoniga muvofiq Adliya vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh…
#Adliya_xabari
#Etirof

⚖️ Advokatlarning fidokorona mehnati — yuksak davlat e’tirofida

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Farmoniga muvofiq advokatura sohasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan ikki nafar advokat “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallari bilan taqdirlandi.

🎖 “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan:

🔹 Abdulxayev Qambarali — Qo‘qon shahar “Adolat shamchirog‘i” advokatlik firmasi advokati.

🎖 “Shuhrat” medali bilan:

🔹 Mirsaatov Mirobid Pulatovich — Toshkent shahar “S.Yakubov va advokatlar” advokatlar hay’ati advokati.

👏 Adliya vazirligi jamoasi nomidan davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan advokatlarni samimiy muborakbod etamiz!

💐 Ularga fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, odil sudlovni ta’minlashga ko‘maklashish yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62
Forwarded from Rasmiy axborot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev

✍️Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.

U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.

“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.


Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.

“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u.


Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.

“Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti.

Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi.

Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.

“Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u.


✔️Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17665
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31