ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️KITOB YOZGAN HAM, CHIQARGAN HAM, O‘QIGAN HAM RAG'BAT OLADI

Bolalarni kitob o‘qishga majburlash kerakmi? Mualliflar uchun jozibador takliflar qanday? Yangi kutubxonalardan yangicha kitob festivallarigacha – odamlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun nimalar qilish kerak? “Sayilgoh” podkastida dolzarb mavzu muhokama qilindi.


Batafsil 👉 https://youtu.be/Qy7eD5a5KTQ

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2🔥2👏1
📣“Legal English” o‘quv kursi tashkil etildi

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Adliya vazirligi mas’ul xodimlari uchun “Legal English” o‘quv kursi olib borilmoqda.

Mazkur kursdan asosiy maqsadi —
🔹 yuridik sohada faoliyat yurituvchi xodimlarning ingliz tilidagi huquqiy bilimlarini oshirish;
🔹 xalqaro hujjatlar, shartnomalar va normativ materiallar bilan erkin ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish;
🔹 huquqiy terminologiyani amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash kabilarni rivojlantirishdan iborat.

Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar:
yuridik ingliz tili terminlari;
huquqiy hujjatlar bilan ishlash;
professional yozishmalar va huquqiy muloqot asoslari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar.

📚 “Legal English” kursi Adliya vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍8👏5🔥2
#Adliya_xabari

9 nafar talabgor tomonidan malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirildi

Joriy yilning yanvar oyida patent vakillariga davlat tashkilotlari oldida intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza olish va uni amalga oshirish masalalari boʻyicha vakillik qilish huquqini berish bo‘yicha ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan malaka imtihoni o‘tkazildi.

Malaka imtihoni talabgorlarning patent vakiliga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkazildi.

Malaka imtihoni suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida o‘tkazildi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Patent vakilligiga nomzodlarni va patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 13 nafar talabgorga ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 9 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi.

Malaka imtihoni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy YouTube sahifasi orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍1
#E'tirof
#Toshkent_viloyati


Toshkent viloyatida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlari e'tirof etilgan fuqarolar soni jami 2353 nafarga yetdi.


Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 27-sessiyasida qabul qilingan qarori bilan viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi yana 318  nafar fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥21
#Adliya_xabari
#Jizzax_viloyati

🗂 Jizzaxda yana 604 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining joriy yil 29-yanvar kungi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

📌 Mazkur sessiyada jami 604 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.

🧑🏻‍💻 Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

📲 Ma’lumot uchun, qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda 2907 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi. Qonun ijrosi bo'yicha ishlar tizimli davom etmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥31👍1
#Adliya_xabari
#Toshkent_shahar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 1-son qarori ijrosi yuzasidan Toshkent shahar adliya boshqarmasida tanqidiy muhokama bo‘lib o‘tdi.

Xususan, tadbirda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi, Sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi, Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi va boshqa tashkilotlar ishtirok etdi.

Muhokama davomida, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, nizoli oilalarni muammolarini hal qilish, ularni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha idoraviy nazoratni jadallashtirish, yuqoridagi Qarorda belgilangan ustuvor vazifalarni ijrosini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4
#Adliya_xabari
#Namangan_viloyati

Namanganda yana 650 nafar fuqaroga uy-joyga egalik huquqi berildi.


Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining tegishli qarori bilan yana 650 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylari hamda ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqi e’tirof etildi.

Egalik huquqining rasmiy e’tirof etilgani endilikda ushbu fuqarolarga o‘z mulklarini to‘laqonli tasarruf etish imkonini beradi.

Ma’lumot o‘rnida, "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatda jami 3448 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4😢1
#Adliya_xabari

Hurmatli fuqarolar!

So‘nggi vaqtlarda Adliya vazirligining telegramdagi @anticorbot boti orqali nikohni qayd etishda FHDY organlari xodimlari tomonidan nikohlanuvchilarni tantanali ravishda yoki “Katering” xizmatidan foydalanish majburiy ekanligi bildirilganligi, nikohlanuvchilarning roziligisiz tantanali nikoh uchun pulli xizmat undirilayotganligi kabi xabarlar kelib tushmoqda.

O‘z o‘rnida Vazirlik shuni ma’lum qiladiki, nikohni tantanali ravishda qayd etish yoki “Katering” xizmatidan foydalanish bu MAJBURIY EMAS, balki nikohlanuvchilarning IXTIYORIGA asosan amalga oshiriladi.

📌Nikohni qayd etishda quyidagi majburiy to‘lovlar undiriladi:
nikohni qayd etganlik uchun davlat boji – BHMning 20 % (82 400 so‘m);
gerbli guvohnoma berilganligi uchun yig‘im – BHMning 15 % (61 800 so‘m).

Shu bilan birga, aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ularning ixtiyoriy xohish va istaklaridan kelib chiqib FHDY organlarida quyidagi pulli xizmatlar joriy etilgan:
1. Nikoh FHDY bo‘limidagi maxsus tantanalar xonasida o‘tkazilsa, xonaning toifasiga qarab quyidagi to‘lovlar undiriladi:

1-toifadagi tantanalar xonasida – 1 BHMning 100 % (412 000 so‘m);
2-toifadagi tantanalar xonasida – 1 BHMning 70 % (288 400 so‘m);
3-toifadagi tantanalar xonasida – 1 BHMning 50 % (206 000 so‘m).

2. Joyiga chiqqan holda (sayyor) nikoh qayd etish (nikoh marosimini restoran yoki boshqa manzillarda o‘tkazishni xohlovchilar uchun (transport xarajatlaridan tashqari)):

Toshkent shahri va viloyat markazlarida – 1,5 BHM (618 000 so‘m).
Boshqa tumanlarda: 1 BHM (412 000 so‘m).


❗️Hurmatli fuqaro, agar, Siz, FHDY organlari xodimlari tomonidan Sizdan asossiz ravishda ortiqcha mablag‘ undirish yoki noqonuniy talablar qo‘yish sharti bilan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holatlariga duch kelsangiz Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga +99871 207-04-64 (ichki raqamlar 1321, 1322, 1323, 1324) qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki @anticorbot telegram boti orqali xabar qoldirishingiz mumkinligi ma’lum qilinadi.

❗️Sizning xohishingizga asosan xabar beruvchining shaxsi sir saqlanishi ta’minlanadi.

Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishda qo‘shgan hissangizdan minnatdormiz!

👉Murojaat uchun qo‘shimcha aloqa vositalari:
☎️ 1008
📩 E-mail: info@adliya.uz

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3🔥2😢2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ko'chmas mulkda yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tgan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotni tahrirlash tartibi belgilandi


Hukumat qarori (38-son, 30.01.2026-y.) bilan “O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli ko'chmas mulkda yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tgan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotni tahrirlash bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatish”ning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga ko'ra, davlat xizmati quyidagilar bo'yicha ko'rsatiladi:

🔹 fuqaroning yashash joyi manzili to'g'risidagi noto'g'ri ma'lumotni tahrirlash bo'yicha murojaati asosida tizimda tahrirlangan qayd varag'i berish;

🔹 mulkdorning ko'chmas mulkida yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tgan shaxs (shaxslar) to'g'risidagi noto'g'ri ma'lumotni tahrirlash bo'yicha murojaati asosida tizimda manzil bo'yicha ro'yxatdan o'tganlar haqida tahrirlangan ma'lumotnoma berish.

🏛 Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti va uning hududiy bo'linmalari mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.

📝 Ariza beruvchi so'rovnoma berish uchun vakolatli organ yoki davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXP (my.gov.uz) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro'yxatdan o'tadi.

Vakolatli organga kelib tushgan so'rovnoma 3 ish kuni mobaynida ko'rib chiqiladi.

📜 Vakolatli organ tomonidan so'rovnomada ko'rsatilgan ma'lumotlarni o'rganish natijalariga ko'ra, tahrirlangan ma'lumot tizim orqali QR-kod qo'ygan holda tasdiqlanadi hamda shu kunning o'zida ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Namangan_viloyati

“Mahalla huquqshunosi”
loyihasi

Navbatdagi manzil: Mingbuloq tumani, “To'psada” mahallasi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🔥21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IMI-JIMIDA “SO‘RASHISH”NI TO‘XTATISH KERAK

Ilgari korrupsiyaga qarshi kurashilmaganmi? Bitta ma’lumotnoma uchun 120 kilometrlik masofaga borib kelganman. Agentlik jinoyatchiga chora ko‘ra oladimi? Aybdorni qamash muammoning yechimi emas.


Batafsil 👉 https://www.youtube.com/watch?v=CquV9uyfWf4

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍7🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Andijon_viloyati

❗️Andijon viloyatida fuqaroning uzoq yillik muammosi hal etildi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥61