ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#E'tirof

📍 Andijonda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan fuqarolarning soni rasman 3 321 nafarga yetdi
.

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining navbatdagi o'n oltinchi sessiyasida yana 1 100 nafar fuqaroning mulk huquqi e'tirof etildi.

Shuningdek, sessiyada Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov boshqarma va uning hududiy organlari tomonidan o'tgan 2025-yilda amalga oshirilgan quyidagi masalalar yuzasidan hisobot berdi:

- norma ijodkorligi, huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida amalga oshirilgan ishlar;
- jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksaltirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar;
- korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar. 


▶️ Barcha islohotlar albatta fuqarolarning manfaatlarini ko'zlab, ularning kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍8🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Studiya 24 tok shou | Davlat xizmatlarini raqamlashtirish: tizim, tajriba va natija


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1🔥1
Qonunchilik hujjatlari qanday tartibda takomillashtirilmoqda?

📘O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash institutining faoliyati, ilmiy tahlillari va ilmiy yondashuvlari bilan tanishing.


➡️ Qonunlarning jamiyatga ta'sirini bilishni istasangiz — bizni kuzating va quyidagi havola orqali telegram kanalga a'zo bo'ling!

Kanalga ulanish 👉 @tstb_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2
#Adliya_xabari
#Farg'ona_viloyati

❗️Farg'onada 5169 nafar fuqaroning o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi e’tirof etildi

Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining navbatdagi 16-sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 780 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha qaror qabul qilindi va qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar jami 5169 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

Shuningdek, sessiyada viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Omonovning davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati, shuningdek, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi qonun yuzasidan adliya organlari tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.



Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍26🔥8👏4🎉2
#Adliya_xabari
#Sirdaryo_viloyati

Sirdaryoda yana 104 nafar fuqaroga uy-joyga egalik huquqi berildi


Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining tegishli qarori bilan yana 104 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylari hamda ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqi e’tirof etildi.

Egalik huquqining rasmiy e’tirof etilgani endilikda ushbu fuqarolarga o‘z mulklarini to‘laqonli tasarruf etish imkonini beradi.

Ma’lumot o‘rnida, "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatda jami 998 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥42👍2
#Sayyor_qabul
#Farg'ona_viloyati

❗️Adliya - xalq orasida

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, Qo‘shtepa tumanlari va Quvasoy shahrida yashovchi aholi uchun ommaviy sayyor qabullar o‘tkazildi.

Sayyor qabullar davomida 80 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 40 ta masalaga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 23 tasi joyida hal etildi, o'rganish talab etilgan 17 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi. 150 ga yaqin sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.


Shuningdek, aholi uchun bepul tibbiy ko'riklar tashkil etilib, dori-darmonlar tarqatildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥7👏21🎉1
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥21