ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati

🔹Parkent tuman adliya bo‘limi tomonidan "Olmazor" va "Cho'qqayma" mahallalarida "Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga" huquqiy aksiyasi doirasida uyma-uy yurgan holda fuqarolarning muammolari o'rganilib, tegishli huquqiy yordam ko'rsatildi.

Batafsil videoda👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#adliya_xabari
#Toshkent_viloyati

Joriy yilning 4-iyun sanasida, Toshkent viloyati adliya boshqarmasida Adliya vazirligi, viloyat adliya boshqarmasi, prokuratura, sud hamda advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirokida viloyatda faoliyat yuritayotgan advokatlar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilishda advokatlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko‘rilib, kelgusida o‘zaro hamkorlikda ishlash to‘g‘risida kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_hudud
#Toshkent_viloyati

Adliya vaziri Chirchiq shahrida “Huquqiy mahalla” loyihasi ijrosi bilan tanishdi


Adliya vaziri A.Tashkulov Toshkent viloyati Chirchiq shahriga qilgan xizmat safarida dastlab, "Kamalak" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “Huquqiy mahalla” konsepsiyasining joylardagi amaliy ijrosi bilan yaqindan tanishdi.

Shahar adliya bo‘limi mas'ullari tomonidan mahalladagi huquqiy targ‘ibot, jinoyatchilikni bartaraf etish, huquqiy xizmatlarga ehtiyoj va davlat organlari bilan aholi o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot ma’ruzasi qilindi.

Shundan so‘ng vazir mahalla yettiligi – rais, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, nuroniylar vakillari hamda boshqa jamoatchilik vakillari bilan suhbat o‘tkazib, aholi bilan ishlashda huquqiy yondashuvlar, joylarda muammolarni aniqlash va hal etish mexanizmlari haqida fikr almashdi.

Tashrif doirasida Kamalak mahallasida Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Adliya kutubxonasi” faoliyati ham o‘rganildi. Ushbu kutubxona mahalla aholisi va yoshlari huquqiy bilimini oshirish, ularga normativ-huquqiy hujjatlar, huquqiy adabiyotlar va maslahat resurslaridan beminnat foydalanish imkoniyatini yaratib bermoqda.

Uchrashuv yakunida vazir tomonidan huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, aholining huquqiy xizmatlardan xabardorligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha mahalla darajasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_hudud
#Toshkent_viloyati

Adliya vaziri huquq-tartibot maskani faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri Chirchiq shahridagi qizil toifadagi “Kamalak" mahallasida tashkil etilgan 3-sonli Huquq-tartibot maskaniga tashrif buyurib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan vazifalar ijrosi bilan tanishdi.

Tashrif davomida mas'ullarga huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan vazifalar yana bir bor ta’kidlanib o‘tildi hamda bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#E'tirof
#Toshkent_viloyati


Toshkent viloyatida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlari e'tirof etilgan fuqarolar soni jami 2353 nafarga yetdi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 27-sessiyasida qabul qilingan qarori bilan viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi yana 318  nafar fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥21