ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_viloyati

Maxsus reportaj | Vazifa va ijro: Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "#Huquqiy_mahalla" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar.

Batafsil yuqoridagi👆 video orqali tanishing.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_viloyati
#Adliya_aralashgach

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro Q. Xning hozirgi ish joyida avvalgi ish joyidagi harbiy unvoni uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalar to‘lab berilmayotganligi yuzasidan qilgan murojaati o'rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro Q. X avvalgi ish joyida "kapitan" harbiy unvoniga ega bo'lgan. Biroq unga hozirgi ish joyi - Kadastr agentligining Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan ushbu harbiy unvoni uchun qo'shimcha to'lovlar to'lab berilmagan.

Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 50-bandida "Agentlik boshqaruv xodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddat xizmati, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalar saqlab qolinadi", deyilgan.


Yuqoridagilarga ko'ra, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qo'llanilgan tegishli ta'sir choralari natijasida fuqaro Q.Xga har oyda tegishli ustama pullari to'lab borilishi belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Jizzax_viloyati

Jizzax viloyatida adliya organlari tomonidan "Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga" huquqiy aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar.

Batafsil yuqoridagi 👆 ko'rsatuvda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Jizzax_viloyati

Axborot 24 | Yoshlar murojaatlari hal etilmoqda

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_aralashgach
#Jizzax_viloyati

Zarbdor tumani adliya bo‘limi tomonidan “Toza hudud” davlat muassasasi Zarbdor tuman bo‘limida ishlayotgan fuqaro Sh.E va boshqa xodimlarning ish haqlari berilmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari o‘rganib chiqildi.


❗️Aniqlanishicha, fuqaro E.Sh va jami 30 nafar xodimlarga 2025-yilning o'tgan oylari uchun jami 145 019 900 so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari hozirgi kuniga qadar to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

‼️Vaholanki, Mehnat kodeksining 253-moddasiga asosan, xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, aniqlangan qonunbuzilishi holati yuzasidan “Toza hudud” davlat muassasasiga taqdimnoma ta’sir chorasi kiritilib, jami 145 019 900 so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar xodimlarga to‘lab berilishi ta’minlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4
#Bir_murojaat_izidan
#Jizzax_viloyati

Adliya aralashuvi bilan Mehnat kodeksiga asosan kafolatlangan to‘lovlarning to‘lanishi ta’minlandi


Baxmal tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro T.N ning Mehnat kodeksida asosan kafolatlangan to‘lovlar to‘lab berilmayotganligidan noroziligi, ushbu to‘lovlarni undirishda amaliy yordam so‘rab yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

❗️ Aniqlanishicha, fuqaro T.N 1995-yil aprel oyidan 2021-yil noyabr oyiga qadar Baxmal tumani Baxmal mahallasida uzluksiz 26 yilga yaqin ishlagan, biroq xodim N.T ning ishlagan davrida foydalanmagan yillik mehnat ta’tili pullari O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Baxmal tuman bo‘limi tomonidan to‘lab berilmagan.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 172-moddasida mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob davrida xodimga oxirigacha olinmagan ish haqini va xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarini hamda agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga olinishi belgilangan.


⚖️ Yuqoridagilarga ko‘ra, Baxmal tuman adliya bo'limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudiga kiritilgan da’vo ariza qanoatlantirilib, sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra xodimga jami 46.765.784.0 so‘m foydalanilmagan yillik mehnat ta’til pullari to‘lab berilishi belgilandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
#Bir_murojaat_izidan
#Jizzax_viloyati

Fuqaroga adliya bo‘limining aralashuvi bilan yoshga doir pensiyaga chiqadigan bo‘ldi!

Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro E.Dning Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sharof Rashidov tuman bo‘limi tomonidan pensiya tayinlashda rad etilganligi, mehnat daftarchasida qayd etilgan 2003—2012-yillarda ishlagan davri uchun jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi sababli hisobga olinmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaroning mehnat daftarchasida qayd etilgan “Yuksalish suv manbai” SFUga 2003-yil 1-yanvarda ishga qabul qilinib, 2004-yil 20-noyabrga qadar ushbu vazifada ishlab kelgan, shu bilan birga, “Sharofiddin LJ” fermer xo‘jaligiga 2004-yil 21-noyabr kuni ishga kirib, 2012-yil 25-dekabrga qadar ishlab kelgan biroq, Pensiya jamg‘armasi tomonidan mehnat daftarchasida qayd qilingan “Yuksalish suv manbai” SFUda va “Sharofiddin LJ” fermer xo‘jaliklarida 2003—2012-yillarda ishlagan ish stajlari jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi sababli inobatga olinmagan.


Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 125-moddasida va “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining 42-moddasida mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanishi ta’kidlangan.

⚖️ Yuqoridagilarga ko‘ra, aniqlangan qonunbuzilishi holati yuzasidan fuqaro manfaatida Jizzax tumanlararo ma’muriy sudiga shikoyat arizasi kiritildi hamda sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra fuqaroning 01.01.2003-yildan 25.12.2012-yilgacha “Yuksalish suv manbai” SFUda va “Sharofiddin LJ” fermer xo‘jaliklarida ishlagan davrlari uchun ish staji hisobga olinib javobgarga pensiyani tayinlashni ko‘rib chiqish majburiyati yuklatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Jizzax_viloyati

ISHDAN BOʻSHATISH NAFAQALARI UNDIRIB BERILDI

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari
#Jizzax_viloyati

🗂 Jizzaxda yana 604 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining joriy yil 29-yanvar kungi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

📌 Mazkur sessiyada jami 604 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.

🧑🏻‍💻 Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

📲 Ma’lumot uchun, qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda 2907 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi. Qonun ijrosi bo'yicha ishlar tizimli davom etmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥31👍1
#Adliya_hudud
#Jizzax_viloyati

❗️ Jizzax viloyatida yana 1 004 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2026-yil 24-apreldagi tegishli qaroriga asosan, 1 004 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga nisbatan huquqlari qonuniy ravishda e’tirof etildi.

Mazkur qarorga muvofiq:
🔹 fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi;
🔹 unda barpo etilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi
belgilangan tartibda tan olindi.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar natijasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulklari qonuniylashtirilmoqda.
Bu esa:
🔸 mulkiy nizolarni kamaytirish;
🔸 meros bilan bog‘liq kelishmovchiliklarning oldini olish;
🔸 aholining huquqiy ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

📊 Ma’lumot uchun: bugungi kunga qadar viloyatda jami 5 061 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍42🔥1