Boshqa ilovalardan chatlar tarixini koʻchirish

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Boshqa ilovalardan chatlar tarixini koʻchirish va yaxshiroq maxfiylik

Bu yanvar oyida 100 milliondan ortiq yangi foydalanuvchi erkinlik va maxfiylikni tanladi – va Telegramga qoʻshildi. Bugundan boshlab Telegramga oʻtish yanada osonlashdi, chunki yozishmalaringiz tarixi bilan xayrlashishingizga toʻgʻri kelmaydi.

Endi har kim chatlar tarixini, jumladan, video va hujjatlarni WhatsApp, Line va KakaoTalk kabi ilovalardan Telegramga koʻchirishi mumkin. Bu shaxsiy chatlar uchun ham, guruhlar uchun ham ishlaydi:

iOS tizimidagi WhatsApp ilovasidan chatni koʻchirish uchun WhatsApp ilovasida Kontakt haqida yoki Guruh haqida sahifasini oching, Chatni eksport qilish bandini tanlang, keyin Ulashish menyusida Telegram bandini tanlang.

Android qurilmasida WhatsApp chatini oching, ⋮ > Yana > Chatni eksport qilish rukniga kiring, keyin Ulashish menyusida Telegram bandini tanlang:

iOS uchun WhatsApp sizga chatlaringizni bevosita chatlar roʻyxatidan eksport qilish imkonini beradi. Chatda Chapga suring, keyin “…” > Chatni eksport qilish bandini tanlang.

Xabarlar joriy kunga import qilinadi, lekin asl vaqt belgilarini ham oʻz ichiga oladi. Telegramdagi chatning barcha ishtirokchilari xabarlarni koʻradi.

Chatlarni koʻchiring va joy tejang

Eng yaxshi tomoni, siz koʻchiradigan xabarlar va multimedia fayllari qoʻshimcha joy olishi shart emas. Eskiroq ilovalar barcha maʼlumotlaringizni qurilmangizda saqlashga majbur qiladi – lekin, Telegram xabar, rasm va videolaringizga zarur boʻlganda istalgan payt kirish imkonini bergan holda amalda hech qanday joy egallamaydi.

Sozlamalar > Maʼlumotlar va xotira > Xotiradan foydalanish rukni orqali joy boʻshatishingiz mumkin.

Raqamli izlaringizni boshqaring

Maʼlumotlaringiz – bu shaxsiy ishingizdir. Shu sababdan, Telegram foydalanuvchilari nafaqat chatlarini eksport qilishi, balki yuborgan va qabul qilgan xabarlarini har ikki tomon uchun – izsiz oʻchirib tashlashi mumkin.

Bu yangilanish bilan yanada koʻproq nazoratga ega boʻlasiz: maxfiy chatlar, siz yaratgan guruhlar va chaqiruvlar tarixini istalgan paytda har ikki tomon uchun oʻchirib tashlash mumkin.

Telegram serverlari oʻchirib tashlangan chatlar va chaqiruvlar jurnali haqidagi axborotni saqlamaydi, maʼlumotlar toʻliq, abadiy gʻoyib boʻladi.

Yaxshilangan ovozli chatlar

Endi Chaqiruvlar tarixi sahifasining yuqorisida guruhlaringizni qaysi birida faol ovozli chatlaringiz borligini koʻrishingiz mumkin.

Shuningdek, ovozli chatda alohida ishtirokchi uchun tovush balandligini sozlash imkoniyati paydo boʻldi. Guruh administratori tomonidan oʻzgartirilgan sozlama barcha ishtirokchilar uchun tatbiq etiladi.

Yaxshilangan audio pleyer

Tarona ijro etilayotganida pleyerdagi ijrochi ismini bosish orqali uning barcha chatlaringizdagi taronalari roʻxayiga oʻtishingiz mumkin. Taronani oldinga surish yoki orqaga qaytarish uchun “Keyingisi” va “Avvalgisi” tugmalarini bosib turing.

Bundan tashqari, taronani pauzalash va davom ettirishda tovush endi ravon paydo boʻladi yoki yoʻqoladi.

Salomlashuv stikerlari

Agar Telegramga yaqinda qoʻshilgan kontaktlaringiz boʻlsa, ularga Telegramning unikal funksiyalari haqida aytib berishingiz yoki shunchaki taklif qilingan stikerlardan birini bitta bosish orqali ular bilan salomlashishingiz mumkin.

Yangi Android animatsiyalari

Android uchun ilova interfeysida yangi animatsiyalar paydo boʻlishda davom etmoqda. Masalan, fayllarni yuklab olishda, musiqa pleyerida va ilovaga kirgandan keyin chatlarni yuklashda.

Soxta kanallar ustidan shikoyat qilish

Barcha Telegram ilovalari sizga spam va boshqa turdagi noqonuniy kontent, jumladan, zoʻrovonlikka chaqirish yoki bolalarga tajovuz qilish ustidan shikoyat qilish imkonini beradi. Endi taniqli shaxslar yoki tashkilotlar nomidan ochilgan soxta kanallar yoki guruhlar ustidan ham shikoyat qilishingiz mumkin. Qandaydir shubhali xatti-harakatni sezsangiz, uning profil sahifasini oching, “…” > Shikoyat qilish > Soxta hisob runkiga kirib, bizga xabar bering. Moderatorlarimiz buni koʻrib chiqadi.

Yaxshilangan maxsus imkoniyatlar

Android va iOS uchun Telegramda TalkBack va VoiceOver funksiyalarini qoʻllab-quvvatlash sezilarli ravishda yaxshilandi. Takliflar uchun platforma yordamida yangi tuzatishlar yoki yangi funksiyalar uchun gʻoyalarni taklif qilishingiz mumkin.

Biz keyingi yangilanish ustida ishlashni davom ettiramiz. Yangiliklarni kuzatib boring!


2021-yil, 28-yanvar
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

스타 메시지, 고정된 선물, 검증 플랫폼 2.0 및 기타

오늘 업데이트는 콘텐츠 제작자와 공인이 프라이버시를 더 잘 제어할 수 있도록 하면서 그들의 인기를 수익화할 수 있는 새로운 방법을 제공합니다. 이제 수신 메시지를 필터링하고, 마음의 평화를 보호하며, Telegram Stars를 획득할 수 있습니다. 이 모든 것을 하면서도 청중과의 연결을 유지할 수 있습니다.
7-mar, 2025

AI 기반 스티커 검색, 개선된 동영상 및 기타 기능

오늘 업데이트에서는 AI로 수백만 개의 스티커를 검색하고, 현재 시간에 비디오 링크를 복사하고, 비디오의 커버 사진을 설정하고, 채널에서 유사한 봇을 탐색하면서 별로 반응할 수 있습니다 -- 그리고 더 많은 기능이 추가되었습니다.
12-fev, 2025

수집 가능한 선물 착용, 선물을 블록체인으로 이동, 채널로 선물 보내기 등

오늘 업데이트에서는 수집 가능한 선물을 이모지 상태로 착용할 수 있는 기능, 선물을 블록체인으로 이동하는 기능, 채널에 선물을 보내는 기능 등 6가지 새로운 기능이 Telegram에 추가되었습니다.
24-yan, 2025

수집 가능한 선물, 메시지 검색 필터 및 기타

오늘 우리는 2025년의 첫 번째 업데이트를 출시합니다. 이 업데이트에는 다른 사용자에게 전송하거나 다시 보낼 수 있는 수집 가능한 선물, 채팅 이벤트에 반응을 보낼 수 있는 기능, 메시지 검색 필터, 앱 내 QR 코드 스캐너 등 다양한 기능이 포함되어 있습니다.
1-yan, 2025