ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Adliya_bilan_bir_kun

⚔️ Bir kun Adliyada — kasbga boshqacha nigoh

Toshkent davlat yuridik universitetining 100 nafar talabasi Adliya vazirligida o‘tkazilgan “Adliya bilan bir kun” ochiq eshiklar kunida ishtirok etdi.

Talabalar vazirlik faoliyati bilan shunchaki tanishib qolmadi. Ular adliya xodimlari mehnatining mazmuni, ish jarayonlari, hujjatlar tayyorlanishi, huquqiy axborot va kommunikatsiya ishlari qanday tashkil etilishini bevosita ko‘rdi.

⚖️ Kun davomida ular departament va boshqarmalar faoliyati, multimedia markazi ish jarayoni, vazirlik muzeyi hamda adliya tizimida amaliyot o‘tash, ish boshlash va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

💬 Ochiq muloqot esa talabalar uchun eng qiziqarli qismlardan biri bo‘ldi. Ular davlat xizmati, kasbiy o‘sish va adliya tizimidagi faoliyat haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Eng muhimi, “Adliya bilan bir kun” talabalarda tizimga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi, ayrimlarida esa kelajak faoliyatini aynan adliya bilan bog‘lash istagini uyg‘otdi.

Ba’zan bir kunlik tanishuv ham kelajak kasbini tanlashga jiddiy turtki bo‘lishi mumkin.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥4👍1👏1
#Adliya_xabari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

➡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini Adliya vazirligi xodimlariga yetkazish, unda ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatini tushuntirish maqsadida bugun Adliya vazirligida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

📌O‘quv-seminar davomida Prezident nutqida belgilangan ustuvor vazifalar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda ularning mamlakat taraqqiyoti, jamiyat hayoti va aholining farovonligini ta’minlashdagi ahamiyati haqida xodimlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

❗️Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan fikr almashilib, nutqda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, adliya organlari va muassasalari oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🖋Adliya vazirligi tomonidan Qimmatli qogʻozlar emitentlarining reytingini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3941, 2026-yil 17-sentabr).

📑Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF–254-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, qimmatli qogʻozlar emitentlarining faoliyatini baholovchi reytingni yuritish hamda ushbu reyting asosida tegishli taʼsir choralarini qoʻllash tartibini belgilaydi.

🖥Emitentlar reytingi har chorak natijasi bo‘yicha Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) tomonidan yuritiladi va Korporativ axborot yagona portalida (openinfo.uz) ochiq e’lon qilinadi.

Reyting natijalari hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning dastlabki 10 kunligida e’lon qilinadi hamda emitentlarga bu haqida shaxsiy kabinet orqali xabar yuboriladi.

📊Bunda, emitentlar reytingi 7 ta mezon bo‘yicha berilgan ballar yig‘indisiga ko‘ra aniqlanadi.

✔️To‘plangan ballar yig‘indisiga ko‘ra, emitentga quyidagi toifalardan biri beriladi:

✔️ “A” toifa
✔️ “B” toifa
✔️ “C” toifa
✔️ “D” toifa

❗️Ushbu toifalarga ko‘ra emitentlarga nisbatan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin hamda ushbu ta’sir choralarini amal qilish muddati 3 oy hisoblanadi.

Nizomning qabul qilinishi emitentlar faoliyatining shaffofligini oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyadorlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

📌Mazkur Nizom rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari ⚔️

🏗 “Qizilqum” mahallasidagi qurilish ishlari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Tashkulov Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan loyihalar ijrosi doirasida Nukus shahridagi “Qizilqum” mahallasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

🔹 Tashrif davomida hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar hamda loyihalarning belgilangan vazifalarga muvofiq borishi ko‘zdan kechirildi.

🔹 Mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3👏2
Forwarded from Rasmiy axborot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda shahar muhitini yanada obod va zamonaviy qilish, madaniyat va kino sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayxontohur tumanidagi yangi istirohat bog‘i loyihasi, Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari hamda “O‘zbekfilm” kinostudiyasining faoliyati bilan tanishdi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
1👍1
#Adliya_xabari

Adliya vaziri ishchi guruh faoliyati va davlat xizmatlari sifati bilan tanishdi


O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Tashkulov O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi 937-son Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlikda tashkil etilgan ishchi guruh faoliyati bilan tanishdi. Jarayonda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, vazir Situatsion markaz faoliyati bilan tanishib, Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlariga tashrif buyuruvchi aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi va samaradorligini o‘rgandi.

Tashrif davomida aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏21