ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Tayinlov

Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Jo‘rayev Islombek Anvar o‘g‘li Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Islombek Jo‘rayev 1992-yilda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 3-darajali adliya maslahatchisi. 2015-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini,2017-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:
2015–2017-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori qabulxonasi kotibi-ish yurituvchisi;
2017–2018-yillarda Adliya vazirligi Rahbariyat qoshidagi apparat qabulxonasi kotibi;
2018-yilda Adliya vazirligi Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi katta maslahatchisi;
2018–2022-yillarda Adliya vazirligi Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i;
2022–2023-yillarda Adliya vazirligi Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
2023–2024-yillarda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
2024–2026-yillarda Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
2026-yil 8-apreldan hozirgi vaqtga qadar Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Adliya vazirligi jamoasi Islombek Jo‘rayevni ushbu
tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍366🔥6👏5