ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
ADLIYA YANGILIKLARI
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ⚔️Aholi uchun davlat xizmatlarida yana bir qator qulayliklar yaratiladi ⚖️ Prezidentimizning "Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari…
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚔️Davlat xizmatlari yanada qulaylashadi: yangi raqamli xizmatlar va fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi

💳 2026-yil 1-sentabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) virtual to‘lov kartasi orqali davlat xizmatlari uchun to‘lov qilish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan mablag‘lar hamda davlat xizmati kechiktirilganda yoki asossiz rad etilganda to‘langan mablag‘lar avtomatik ravishda fuqaroning kartasiga qaytariladi. Virtual to‘lov kartasini ochish va undan foydalanish uchun komissiya undirilmaydi.

👶 Voyaga yetmagan shaxslar o‘z huquqlarini mustaqil himoya qilish yuzasidan sudlarga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

🔄 2026-yil 1-oktabrdan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tug‘ilgan sanasi o‘zgarganda, ushbu ma’lumotlar davlat organlarining axborot tizimlarida qo‘shimcha murojaatlarsiz avtomatik ravishda yangilanadi.

🏠 2026-yil 1-noyabrdan kredit to‘liq so‘ndirilgach, ko‘chmas mulk va avtotransport vositalariga qo‘yilgan garov (taqiq) proaktiv tartibda avtomatik yechiladi.

📵 Shuningdek, fuqarolarni reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlari orqali bezovta qilishning oldini olish maqsadida yangi tartib joriy etiladi. Endilikda reklama xabarlari faqat fuqaroning roziligi bilan yuboriladi, reklama qo‘ng‘iroqlarini 18:00 dan 09:00 gacha amalga oshirish taqiqlanadi hamda abonent istagiga ko‘ra bunday qo‘ng‘iroq va xabarlarni bloklash imkoniyati yaratiladi.

🤝 Mazkur yangiliklar davlat xizmatlarini yanada qulay, tezkor va shaffof tashkil etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏32🙏2
#Xalqaro_hamkorlik

⚔️ O‘zbekiston delegatsiyasi intellektual mulkni raqamli muhitda himoya qilish bo‘yicha xalqaro seminarda ishtirok etdi

📍 Joriy yilning 13–15-iyul kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida AQSH Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) hamda AQSHning Qirg‘izistondagi elchixonasi hamkorligida Yevrosiyo mintaqasida raqamli muhitda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

🤝 Seminarda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etib, raqamli muhitda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

💻 Tadbir davomida AQSH Patentlar va tovar belgilari bo‘yicha idorasi (USPTO), AQSH Bojxona xizmati, AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi (HSI), REACT xalqaro tarmog‘i hamda Yevropa Ittifoqi Intellektual mulk idorasi (EUIPO) ekspertlari tomonidan ilg‘or xalqaro tajribalar taqdim etildi.

🇺🇿 Seminar doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatimizda intellektual mulkni raqamli muhitda himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni taqdim etdi. Xususan, "Asl belgisi" axborot tizimi, Intellektual mulk obyektlari bojxona reyestri, Ex-officio mexanizmi hamda internet tarmog‘ida mualliflik huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

🤝 Seminar yakunida ishtirokchilar raqamli muhitda intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish, ilg‘or tajribalarni almashish va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥63
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

⚔️ Navoiyda yashil energetika sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

📍 Navoiy viloyati adliya boshqarmasi tomonidan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida "Solar Energy Navoiy" MCHJda mehnat qilayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida yoshlarga davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlar uchun belgilangan imtiyozlar hamda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

🌱 Muloqot chog‘ida yashil energetika sohasining istiqbollari, zamonaviy ishlab chiqarishda yosh mutaxassislarning o‘rni hamda ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💼 Korxonada faoliyat yuritayotgan 40 nafardan ortiq xodimning 80 foizini navoiylik yoshlar tashkil etayotgani, shuningdek, korxona tomonidan 1 million AQSH dollari qiymatidagi yangi investitsiya loyihasi amalga oshirilayotgani qayd etildi.

⚖️ Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni tadbirkorlik va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish hamda davlat va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍 Yashnobod tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda

Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev Yashnobod tumanidagi “Uysozlar” mahallasi yettiligi bilan uchrashib, hududdagi kriminogen vaziyatni manzilli o‘rgandi. Shuningdek, “Huquq-tartibot maskani” qurilishini boshlash uchun ajratilgan hudud bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida jinoyatchilikning oldini olish, profilaktika tadbirlarining samaradorligini oshirish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mas’ul mutasaddilarga huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash va hududda osoyishtalikni mustahkamlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥2
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚔️ Bo‘lajak tadbirkorlar uchun amaliy biznes uchrashuvi tashkil etildi

📍 Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Yoshlar kuni" doirasida Termiz shahridagi "IMKON TERMIZ" MCHJda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar uchun amaliy biznes uchrashuvi tashkil etildi.

🤝 Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar, davlat imtiyozlari hamda biznesni qonuniy tashkil etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🏭 Shuningdek, ishtirokchilar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, muvaffaqiyatli tadbirkorlar tajribasi, biznesni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.

💼 Yoshlarga imtiyozli kreditlar, soliq yengilliklari, davlat xaridlari, elektron savdo platformalari, grant va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda biznes yuritish madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Adliya_xabari

⚔️ Adliya vaziri Akbar Tashkulov tungi patrullik faoliyati bilan tanishdi

⚖️ Adliya vaziri Akbar Tashkulov Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tungi vaqtda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

📍 O‘rganishlar davomida “Aviasozlar” va “Tuzel” mahallalarida tashkil etilgan tungi patrullik va reyd tadbirlari, shuningdek, “Do‘stlik” metro bekati hududida jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan xizmat faoliyati ko‘zdan kechirildi.

🤝 Tadbir davomida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda ichki ishlar organlari xodimlari bilan muloqot qilinib, xizmatni samarali tashkil etish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi osoyishtaligini ta’minlash hamda fuqarolar bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi.

📌 Shuningdek, hududdagi kriminogen vaziyat tahlil qilinib, tungi vaqtda faoliyat yuritayotgan obyektlarda qonunchilik talablariga rioya etilishi, jamoat tartibini saqlash hamda xizmat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan bu kabi amaliy o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚔️ "Biznesning oshkora sirlari" formatida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida Buxoro tumanidagi "Naqshband" hunarmandchilik markazida "Biznesning oshkora sirlari" formatida ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida yoshlar tajribali tadbirkor bilan muloqot qilib, biznesni yo‘lga qo‘yish, faoliyatni kengaytirish hamda bozor talabiga mos mahsulot ishlab chiqarish borasidagi tajriba va tavsiyalar bilan tanishdilar.

🏺 Shuningdek, ishtirokchilar tasviriy san’at, kulolchilik, tikuvchilik, yog‘och o‘ymakorligi va ipak qog‘oz tayyorlash kabi milliy hunarmandchilik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishib, kasb-hunar orqali tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar.

⚖️ Muloqot davomida yosh tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, imtiyozli kreditlar, subsidiya va grantlar, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar va tajribali tadbirkorlardan atroflicha javob oldilar. Shuningdek, ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, hunarmandchilik va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3