#Adliya_xabari
📍 PQ–1 ijrosi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
🤝 Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanining "Isvaxon" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
📋 Tadbir avvalida mahalla faollari ishtirokida PQ–1-son qarorining mazmun-mohiyati hamda nizoli oilalar bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi.
👥 Shuningdek, mahalla faollari, probatsiya hisobida turgan shaxslar va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi hamda tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
📊 Sayyor qabul davomida 16 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi.
✅ 4 ta murojaat joyida hal etildi;
📖 2 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi;
📝 10 ta murojaat ish yurituviga qabul qilindi.
💼 Bundan tashqari, tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 10 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
🤝 Olib borilgan manzilli ishlar natijasida "Isvaxon" mahallasida yil boshida ro‘yxatda bo‘lgan 14 ta nizoli oilaning 12 tasida yarashuvga erishildi. Bu esa mahallalarda amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasini yaqqol namoyon etmoqda.
⚖️ Sayyor qabullar fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, huquqiy yordam ko‘rsatish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PhD – ilmmi yo qog‘ozbozlik?
Endi ilmiy daraja olishda yugur-yugurlar qanchalik kamayadi? Qog‘ozbozlik yo‘q bo‘ladimi? Yangi farmonda yosh olimlar, ilmiy rahbar va ilmiy kengashlar uchun qanday muhim yangiliklar mavjud? Barchasi haqida batafsil “Sayilgoh”da tomosha qiling!
To‘liq videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/KyuN8VSL34M

❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
🤝 Sayyor qabullar orqali fuqarolarning huquqiy muammolariga yechim topilmoqda
📍Navoiy viloyati adliya boshqarmasi tomonidan aholini qiynayotgan huquqiy masalalarni joyida o‘rganish hamda ularga tezkor yechim topish maqsadida har hafta ommaviy sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
📊 Joriy yilning ikkinchi choragi davomida viloyat bo‘ylab 30 dan ortiq ommaviy sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolardan kelib tushgan 300 ga yaqin murojaat adliya organlari ish yurituviga qabul qilindi hamda ularni qonuniy hal etish choralari ko‘rildi.
⚖️ Sayyor qabullar davomida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, murojaatlar yuzasidan amaliy huquqiy yordam ko‘rsatildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa nazoratga olindi.
✅ Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va qonuniy yechim topish adliya organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
🤝 Har bir ijobiy hal etilgan murojaat — fuqarolarning huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinayotganining, adliya organlarining esa xalq manfaatlariga xizmat qilish tamoyili asosida faoliyat yuritayotganining amaliy ifodasidir.

🏙 Samarqandda raqamli hududiy rejalashtirish bo‘yicha xalqaro trening boshlandi
📍 Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish" loyihasi doirasida Samarqand shahrida "Master rejalardan fazoviy-hududiy rejalashtirishga: raqamli boshqaruv va ilg‘or yondashuvlar" mavzusidagi ikki kunlik o‘quv-trening boshlandi.
👥 Treningda respublikaning barcha hududlaridan 50 nafardan ortiq shaharsozlik sohasi mutaxassislari, davlat organlari vakillari, me’morlar va hududiy rejalashtirish ekspertlari ishtirok etmoqda.
💻 Dastur davomida ishtirokchilar raqamli rejalashtirish vositalari, sun’iy intellektning shaharsozlikdagi imkoniyatlari hamda hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar bilan tanishmoqda. Shuningdek, Qamashi tumani, Quvasoy shahri va Nurbuloq hududlarida amalga oshirilgan amaliy loyihalar misolida zamonaviy yondashuvlar muhokama qilinmoqda.
🏛 Treningning ikkinchi kunida ishtirokchilar Samarqand viloyatidagi yirik rivojlanish hududlari — "Boqiy shahar" majmuasi, Shirin va Nurli yo‘l mahallalari hamda Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi faoliyati bilan tanishadilar.
🤝 Mazkur trening hududlarni zamonaviy yondashuvlar asosida rejalashtirish, raqamli boshqaruv mexanizmlarini keng joriy etish hamda davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan xalqaro hamkorlikning muhim amaliy bosqichlaridan biridir.

❤2
Forwarded from Ádillik jańalıqları
📣 E’LON
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRI TURSUNOV ELMUROD ERGASHOVICHNING SAYYOR QABULI
📅 Sana: 2026-yil 22-iyul
🕙 Vaqti: 10:00 – 12:00
📍 Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani, “Navoiy” MFY
📌 Mo‘ljal: “Shifokorlar” ko'chasi
MA’LUMOT UCHUN:
☎️ Telefon: 55-101-10-08
⸻
Sayyor qabulda, barcha davlat organlari tashkilotlari, muassasalari xodimlari hamda boshqa fuqarolar o'zlarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan tashrif buyurishlari mumkin.
Huquqlaringiz qonun himoyasida!
Murojaatlar yuzasidan huquqiy yordam va amaliy yechimlar bo‘yicha mas’ullar ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.
🎥 Barcha ommaviy axborot vositalari, blogerlar hamda jamoatchilik vakillari taklif etiladi.
◼️ ◼️ ◼️ ◼️ ◼️ ◼️ ◼️ ◼️ ◼️
📣 DAǴAZA
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ ÁDILLIK MINISTRI TURSUNOV ELMUROD ERGASHOVICHTIŃ KÓSHPELI QABÍLLAWÍ
📅 Sáne: 2026-jil 22-iyul
🕙 Waqtı: 10:00 - 12:00
📍 Mánzil: Qaraqalpaqstan Respublikası, Ámiwdárya rayonı, "Nawayı" MPJ
📌 Baǵdar: "Shıpakerler" kóshesi
MAǴLIWMAT USHÍN:
☎️ Telefon: 55-101-10-08
⸻
Kóshpeli qabıllawda, barlıq mámleketlik uyımlar, shólkemler, mákemeler xızmetkerleri hám basqa da puqaralar ózlerin qıynap kiyatırǵan mashqalalar boyınsha keliwi múmkin.
Huqıqlarıńız nızam qorǵawında!
Múrájatlar boyınsha huqıqıy járdem hám ámeliy sheshimler boyınsha juwapkerlerdiń qatnasıwında kóshpeli qabıllaw ótkeriledi.
🎥 Barlıq ǵalaba xabar quralları, blogerler hám jámiyetshilik wákilleri mirát etiledi.
📱 T/m 📱 F/b 📱 I/m 📱 T/m 📱 Y/T

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
❗️ Farg‘onada tuman (shahar) Obodonlashtirish boshqarmalarining qabristonlar nazoratiga mas’ul xodimlari uchun maxsus o‘quv seminari tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-noyabrdagi 735-son Dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish hamda sohada samarali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi.
Ishtirokchilarga vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish, hisobini yuritish va nazorat qilish jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratishning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
“Dafn etish ishlarini roʻyxatga olish yagona elektron daftari” (dafn.adliya.uz) moduliga kirish, undan foydalanish, elektron modul orqali vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish, modulga murojaat qiluvchining ma’lumotlarini kiritish tartiblari va elektron modulning afzalliklari tushuntirildi.
Yakunda ishtirokchilarning savollariga batafsil huquqiy tushuntirishlar berilib, bu kabi seminarlarni tuman (shahar)lar kesimida ham o‘tkazilishi rejalashtirib olindi.

👏6❤3👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan Fargʻonada sayyor oʻquv kurslari yoʻlga qoʻyildi.
minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram

👍4🔥2👏1🎉1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚔️ Aholi uchun davlat xizmatlarida yana bir qator qulayliklar yaratiladi
⚖️ Prezidentimizning "Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ–265-son qarori (15.07.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
🏠 Ko‘chmas mulkni kechiktirib ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinadi. Endilikda bunday hollarda kechiktirilgan muddatdan kelib chiqib, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun oshirilgan stavkada to‘lov undiriladi.
🏡 Meros yoki yaqin qarindoshidan hadya olingan uyni sotishda soliq hisoblash tartibi fuqarolar foydasiga o‘zgaradi. Soliqdan ozod etuvchi muddat uy avvalgi egasining mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan hisoblanadi.
🔑 Taqiq yoki xatlov qo‘yilgan turar joyga ham yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tayotgan shaxs keyinchalik mulkdorning murojaati asosida ro‘yxatdan chiqarilishiga oldindan rozilik beradi.
📱 2026-yil 1-oktabrdan my.gov.uz portalida yangi xizmatlar ishga tushiriladi. Xususan:
🔹 o‘z nomingizdagi ko‘chmas mulk va transport vositalariga taqiq qo‘yish yoki uni bekor qilish;
🔹 o‘z nomingizga rasmiylashtirilgan telefon raqamlari va bank kartalari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish;
🔹 foydalanilmayotgan telefon raqamlarini vaqtincha to‘xtatish yoki xizmatni bekor qilish;
🔹 telefon raqamiga ulangan pulli xizmatlar haqida ma’lumot olish;
🔹 bank kartalarini bloklash (yopish) bo‘yicha onlayn murojaat yuborish;
🔹 nomingizga yangi notarial harakat rasmiylashtirilganda avtomatik xabarnoma olish.
🤝 Mazkur yangiliklar davlat xizmatlarini yanada qulay, shaffof va fuqarolar uchun zamonaviy shaklda tashkil etishga xizmat qiladi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

👍4🙏1