ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
“BYD COMPANY LIMITED” kompaniyasining avtomobili sanoat namunasi sifatida Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Sanoat namunasi bu: buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunalari jumlasiga kiradi.

Boshqacha qilib aytganda, bu mahsulotning texnik funksiyasini emas, balki uning noyob estetik ko‘rinishini himoya qiluvchi ro‘yxatdan o‘tgan intellektual mulk obyektidir.

Sanoat namunasi ro‘yxatdan o‘tkazilishi va qonuniy himoya qilinishi uchun (patent olish uchun) u ikkita asosiy mezonga javob berishi kerak:

Yangilik: Uning asosiy xususiyatlarining yig‘indisi ustuvorlik sanasidan (ariza topshirilgan sana) oldin ommaga ochiq manbalardan ma’lum bo‘lmasligi kerak.

Originallik: Dizaynning asosiy xususiyatlari uning noyob, ijodiy xususiyatini belgilashi kerak.

Sanoat namunasi uchun patent uning egasiga (patent egasiga) dizayndan foydalanishning mutlaq huquqini beradi va boshqalarga uni ruxsatsiz nusxalash yoki undan foydalanishni taqiqlaydi.

Ma’lumot uchun: Sanoat namunasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3👍1
#Adliya_xabari

📣E'TIROF

❗️Adliya vazirligi O‘zbekistonda davlat organlari orasida birinchilardan bo‘lib “ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi” xalqaro standarti sertifikatini qo‘lga kiritgan.

Mazkur standart talablari asosida sertifikatlangan tashkilotlarda sifat menejmenti tizimining xalqaro talablarga muvofiqligi har yili baholab boriladi. Shu maqsadda joriy yilning 21–22-may kunlari Adliya vazirligida xalqaro “СERT International” tashkiloti auditorlari tomonidan navbatdagi kuzatuv auditi o‘tkazildi.

✔️Audit davomida vazirlikda sifat menejmenti tizimi talablarining joriy etilishi, ichki jarayonlarning samaradorligi hamda xizmatlar sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar baholanib, xalqaro standarti talablariga to‘liq muvofiqligi tasdiqlandi.

🗣️Mazkur natija Adliya vazirligida sifat menejmenti tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgani, boshqaruv jarayonlari xalqaro standartlar asosida tashkil etilgani hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini doimiy ravishda oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xalqaro darajada e’tirof etilganidan dalolat beradi.


🔖Adliya vazirligi bundan buyon ham faoliyat samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va xalqaro standartlar talablariga muvofiqlikni ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettiradi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍94🔥3👏2🎉1
#Adliya_aralashgach

⚖️ Adliya aralashuvi bilan fuqaroning fuqarolikni rasmiylashtirishiga huquqiy asos yaratildi

🔹Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida yashovchi fuqaro uzoq yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtira olmay kelgani sababli adliya organlariga murojaat qildi.

🔹O‘rganishlar davomida fuqaro mustaqillikdan keyin ham sobiq O‘zbekiston SSR pasportidan foydalanib kelgani va shu bois fuqarolik masalasini rasmiylashtirishda qator muammolarga duch kelgani aniqlandi.

🔹Fuqaro manfaatlarini ko‘zlab adliya bo‘limi tomonidan sudga O‘zbekiston Respublikasida 1991-yildan buyon doimiy yashab kelganlik faktini belgilash to‘g‘risida da’vo arizasi kiritildi.

🔹Sud tomonidan da’vo talablari qanoatlantirilib, fuqaroning 1991-yildan buyon O‘zbekiston hududida doimiy yashab kelganlik fakti belgilandi.

Natijada fuqaroning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtirishi hamda milliy pasport olishi uchun zarur huquqiy asos yaratildi.

📌 Adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_anjuman

📚 Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida 2026-yil 18-iyun kuni “Sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish: global tajriba va milliy yondashuvlar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

🇺🇿 Anjuman axborot xati
🇷🇺
Информационное письмо
🇺🇸
Information letter

Anjumanda ishtirok etishni xohlovchilar maqolalarni 2026-yil 15-iyun kuniga qadar ushbu manzilga yuborishingiz so‘raladi:

👉 Telegram guruh 👈
3
#Adliya_aralashgach

🎓 Huquqiy yordam natijasi: talabaning grant asosida o‘qish huquqi tiklandi

🔹Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosida Qarshi davlat universitetining Davolash ishi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan fuqaro J.B. o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish masalasida adliya organlariga murojaat qildi.

🔹Murojaatni o‘rganish jarayonida Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli ko‘rsatma xatiga asosan fuqaroning o‘qishini Samarqand davlat tibbiyot universitetiga ko‘chirish tavsiya etilgani, biroq qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasi tomonidan grant o‘rinlari mavjud emasligi sababli ta’limni to‘lov-kontrakt asosida davom ettirish taklif qilingani aniqlandi.

🔹Adliya organlari tomonidan amaldagi qonunchilik talablari asosida masala atroflicha o‘rganilib, talabaning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

➡️ Batafsil 👉https://telegra.ph/Adliya-aralashgach-06-03

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3👍3
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi Sug‘urta agentlari to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3845, 2026-yil 2-iyun)

👤 Sug‘urta agenti sug‘urtalovchi nomidan va uning topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasini tuzishni hamda uning bajarilishini tashkil etishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs hisoblanadi.

📝 Topshiriq shartnomasi (agent bitimi) sug‘urta agenti va sug‘urtalovchi o‘rtasidagi kelishuvga asosan tuziladi. Bunda, topshiriq shartnomasi (agent bitimi) u tuzilgan kundan boshlab 1 kun ichida sug‘urtalovchi tomonidan Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida qayd etiladi va sug‘urta agentiga ID raqam beriladi.

💰 Sug‘urta agenti vositachiligida tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha vositachilik haqi sug‘urtalovchining bank hisob raqamiga kelib tushgan sug‘urta mukofotlarining 25 foizidan oshmagan holda amalga oshiriladi.

🔎 Sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta agentlari faoliyati har olti oyda kamida bir marta monitoringdan o‘tkaziladi.

📋 O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan insofsiz sug‘urta agentlarining reyestri yuritiladi hamda o‘zining rasmiy veb-saytida barcha foydalanuvchilar uchun ochiq eʼlon qilinadi.

🏦 Bank krediti bilan bog‘liq sug‘urta shartnomasi tuzilishida sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya

Adliya vazirligining intellektual mulk sohasiga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan “Qaroqchi” lloyihasi haqida qanday fikrdasiz?

🔵Ushbu savolga huquqshunos, kino aktyor va jamoat faoli Otabek Mahkamov javob berdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍6🔥2👏1🙏1
Inklyuziv davlat xizmatlari sari: Latviya tajribasini o‘rganamiz

O‘zbekistonning Davlat xizmatlari markazlari huzuridagi Xotin-qizlar maslahat guruhlari ekspertlaridan iborat delegatsiya gender tengligi, ijtimoiy inklyuziya, fuqarolar ishtiroki va inson manfaatlariga yo‘naltirilgan davlat xizmatlari bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganish maqsadida Latviyaga tashrifni boshladi.

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida Latviya Tashqi ishlar vazirligi hamda Latviyaning “Marta” markazi ko‘magida tashkil etilgan tashrif davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashadilar:

🔹 Xotin-qizlarning qaror qabul qilishdagi ishtiroki va yetakchiligi;
🔹 Davlat xizmatlari ko‘rsatishda inklyuzivlikni kuchaytirish;
🔹 Davlat organlari va fuqarolik jamiyati hamkorligi;
🔹 Raqamli davlat xizmatlari va fuqaroga yo‘naltirilgan boshqaruv;
🔹 Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish tashabbuslari.

Tashrif davomida olingan bilim va tajribalar O‘zbekistonda yanada qulay, inklyuziv va fuqarolar ehtiyojlariga mos davlat xizmatlarini rivojlantirishda Xotin-qizlar maslahat guruhlarining rolini mustahkamlashga xizmat qiladi.

#BMTTD #YevropaIttifoqi #O‘zbekiston #Latviya #XotinQizlarMaslahatGuruhlari #GenderTengligi #InklyuzivBoshqaruv #DavlatXizmatlari #HechKimOrtdaQolmaydi
6
#Adliya_aralashgach
#Fargona_viloyati

❗️“Hamkasbimning imtiyozli pensiyaga chiqish to'g'risidagi murojaatini rad qilishda ham shu “senariy” takrorlangan edi”
 
Muhayyo Mallaboyeva 2005-yildan buyon  Farg'ona viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazining yiringli septik jarroxlik boʻlimida hamshira vazifasida ishlaydi.

Uning bu kasbiy yoʻnalishi ishlash sharoiti inson sogʻligi va hayoti uchun havfli boʻlganligi bois, amaldagi qonunchilikka koʻra, imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beruvchi vazifalar qatoriga kiradi.

Biroq Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi Farg'ona tumani boʻlimi M.Mallaboyevaning imtiyozli pensiyaga chiqishi to'g'risidagi arizasini rad qiladi. Sababi esa uning ish davrida attestatsiyadan o'tkazilmaganligi, deb keltiriladi.

Atestatsiya o'z vaqtida va sifatli o'tkazilishi uchun javobgarlik qonunchilikka ko'ra, tashkilot rahbari zimmasida ekanligi hisobga olinmaydi.

Qizig'i shundaki, Muhayyo Mallaboyeva hamkasbi Yodgoroy Ergashevaning imtiyozli pensiyaga chiqish to'g'risidagi murojaatida ham huddi shu “senariy” takrorlandi.

Shundan so'ng, ular doʻstlarining maslahati bilan Farg'ona shahar adliya boʻlimiga murojaat qilishdi.

Farg'ona shahar adliya boʻlimining M.Mallaboyeva hamda Y. Ergashevalarning qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudga kiritgan arizasi qanoatlantirilib, imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqini beruvchi vazifalarda ishlaganlik fakti belgilandi.


“Sud jarayonlari, deyilsa yugur-yugurlar,koʻplab hujjatlar koʻz oldimdan oʻtardi. Shahar adliya boʻlimiga murojaat qildik. Adolatli,ovoragarchiliklarsiz, oʻzlari sudda ishtirok etishib muammoyimizni hal qilishdi”,- deydi Yodgoroy Ergasheva.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2👏1
#Adliya_xabari

⚖️ Andijon viloyatida nizoli oilalar bilan ishlash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi

🔹Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari rahbarligidagi Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi tomonidan Andijon viloyatida mahallalarda nizoli oilalar bilan ishlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🔹O‘rganishlar davomida adliya organlari tomonidan aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, profilaktik tadbirlarni manzilli tashkil etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, oilaviy nizolarni erta aniqlash, ularning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish va muammolarni huquqiy mexanizmlar asosida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Tadbir davomida PQ–1-son qarori ijrosi doirasida adliya organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

💻 Xususan, Andijon tumanida eksperiment tariqasida joriy etilgan “E-OILA” elektron platformasining imkoniyatlari, nizoli oilalar bilan ishlashdagi samaradorligi hamda muammolarni monitoring qilish va manzilli choralar ko‘rish mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.

📌 Ta’kidlanganidek, mazkur yo‘nalishdagi tizimli ishlar oilalarda barqaror muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolarning huquqiy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
8👍5🔥3👏2
Adliya vazirligi Ko‘chmas mulkni texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3843, 2026-yil 2-iyun)

Mazkur hujjatga ko‘ra:
– texnik inventarizatsiya ko‘chmas mulkning maydoni, tarkibi, texnik tavsiflari va amaldagi holatini aniqlash hamda uning kadastr yig‘majildini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi;

– texnik inventarizatsiya Davlat kadastrlari palatasi muhandislari yoki malaka shahodatnomasiga ega kadastr muhandislari tomonidan o‘tkaziladi;

– texnik inventarizatsiya birlamchi va qayta inventarizatsiya shaklida o‘tkaziladi;

– texnik inventarizatsiya dastlabki kameral ishlar, dala ishlari va dala ishlaridan keyingi kameral ishlarbosqichlarida amalga oshiriladi;

– dala ishlari davomida joyiga chiqqan holdako‘chmas mulkning o‘lchamlari olinadi, konstruktiv elementlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari o‘rganiladi;

– texnik inventarizatsiya natijalari asosida ko‘chmas mulkning umumiy maydoni, foydali maydoni, hajmi hamda boshqa texnik ko‘rsatkichlari aniqlanadi;

– ko‘chmas mulkning rejalari 1:50, 1:100, 1:150 yoki 1:200 masshtablarda elektron shaklda tayyorlanadi;

– texnik inventarizatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan shaxslar Kadastr agentligiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Ushbu tartib ko‘chmas mulkka oid ma’lumotlarning aniqligini ta’minlashga xizmat qiladi.
1👍1