ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Huquqiy_aksiya
#O'qituvchilarga_ehtirom

Joriy yilning 25–30-sentyabr kunlari “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya doirasida quyidagilar o'tkazilish rejalashtirilgan:

🔵seminar-treninglar tashkil etish;
🔵 tizimli muammolarni o‘rganish va hal etish;
🔵huquqiy targ‘ibot materiallarini tarqatish;
🔵so‘rovnomalar tashkil etish;
🔵murojaatlarni qabul qilish va hal etish choralarini ko‘rish

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
#Huquqiy_aksiya
#O‘qituvchilarga_ehtirom

✍️Pedagoglarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilayotgan aksiya doirasida so‘rovnoma tashkil etildi.

📊 So‘rovnoma orqali o‘qituvchilarning fikr va takliflari, shuningdek, ularning duch kelayotgan muammolari o‘rganilmoqda.

👉 Natijalar asosida tegishli choralar ko‘riladi va amaliy yechimlar ishlab chiqiladi.

📲 Hurmatli pedagoglar, sizning fikringiz biz uchun muhim!

❗️So'rovnomada ushbu 👉 havola👈 orqali ishtirok etishingiz mumkin

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Inklyuziv davlat xizmatlari sari: Latviya tajribasini o‘rganamiz

O‘zbekistonning Davlat xizmatlari markazlari huzuridagi Xotin-qizlar maslahat guruhlari ekspertlaridan iborat delegatsiya gender tengligi, ijtimoiy inklyuziya, fuqarolar ishtiroki va inson manfaatlariga yo‘naltirilgan davlat xizmatlari bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganish maqsadida Latviyaga tashrifni boshladi.

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida Latviya Tashqi ishlar vazirligi hamda Latviyaning “Marta” markazi ko‘magida tashkil etilgan tashrif davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashadilar:

🔹 Xotin-qizlarning qaror qabul qilishdagi ishtiroki va yetakchiligi;
🔹 Davlat xizmatlari ko‘rsatishda inklyuzivlikni kuchaytirish;
🔹 Davlat organlari va fuqarolik jamiyati hamkorligi;
🔹 Raqamli davlat xizmatlari va fuqaroga yo‘naltirilgan boshqaruv;
🔹 Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish tashabbuslari.

Tashrif davomida olingan bilim va tajribalar O‘zbekistonda yanada qulay, inklyuziv va fuqarolar ehtiyojlariga mos davlat xizmatlarini rivojlantirishda Xotin-qizlar maslahat guruhlarining rolini mustahkamlashga xizmat qiladi.

#BMTTD #YevropaIttifoqi #O‘zbekiston #Latviya #XotinQizlarMaslahatGuruhlari #GenderTengligi #InklyuzivBoshqaruv #DavlatXizmatlari #HechKimOrtdaQolmaydi
6