ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.68K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Yashnobod tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda


Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A.X.Eshmuratov hamda Adliya vaziri o‘rinbosari N.U.Muxammadiyev Yashnobod tumani “Barkamol” mahallasida jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahalla yettiligi va boshqa jamoatchilik faollari bilan birgalikda hududda jinoyatchilikni kamaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolar bilan manzilli ishlash, nizolarni oldini olish, muammoli oilalar bilan ishlash orqali huquqbuzarliklarga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida profilaktika ishlarini yanada samarali tashkil etish hamda idoralararo hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2🔥1😢1
#adliya_xabari

🗓Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasida advokatlar ishtirokida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida qilinayotgan ishlar va amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar xususida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i M.Hatamov hamda boshqarmaning Advokatura bo‘limi boshlig‘i J.Uzakovlar ishtirok etishdi.

📑Yig‘ilishda sud va tergov organlaridan kelib tushayotgan so‘rovlarni qabul qilish jarayoni, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan takliflar eshitildi hamda yechimi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🔥1
#Adliya_xabari

📍Adliya vaziri vazirlik huzurida tashkil etilgan Kooperativlar orqali kambag‘allikni qisqartirish loyiha ofisiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Vazir Loyiha ofisi xodimlari va mas’ullar ishtirokida amalga oshirilayotgan ijtimoiy sheriklik loyihalariga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi.

Yig‘ilish davomida loyiha ofisi va ijtimoiy sheriklik loyihalari doirasida tashkil etilgan “Navkat coop” va “Dilorom coop” kooperativlari faoliyati muhokama qilindi.

🔖Kelgusida istiqbolli rejalar tinglanib, adliya vaziri “Tartibga solish qumdoni” yuzasidan Prezident Farmonining loyihasini vakolatli organlarga kiritishni jadallashtirish lozimligini ta’kidlab, kooperatsiya asosida kambag‘allikni qisqartirish modelini butun respublikaga keng joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash yuzasidan topshiriqlar berdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3
📢 Diqqat!

Murojaatlar, xususan huquqiy masalalar hamda davlat xizmatlari yuzasidan savol va takliflaringiz bo‘lsa, quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

📞 Ishonch telefoni: 1008
📞 Telefon: +998 71 207-04-43
🌐 Veb-sayt:
https://gov.uz/adliya
📧 Elektron pochta:
info@adliya.uz
📢 Davlat xizmatlari masalalari bo‘yicha Call-markaz: 1148
📍 Manzil: 100047, Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5


💬Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham murojaat yuborishingiz mumkin.

❗️ Har bir murojaat e’tibor bilan ko‘rib chiqiladi. Sizning faolligingiz qonuniylik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Rasmiy veb-sayt: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1😢1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etiladi


“To‘lovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–78-son, 06.05.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko‘ra, Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi (Agentlik) hamda uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.

🏛 Agentlik to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.

📑 Agentlikning to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

▫️ to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, ushbu sohani nazorat qilish va tartibga solish;

▫️ to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

▫️ to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish.

☑️ O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi negizida barcha sud boshqaruvchilari a’zoligiga asoslangan O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi tashkil etiladi.

▶️ Palata o‘zining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy tuzilmalari bilan birgalikda sud boshqaruvchilarini birlashtiruvchi yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimini tashkil etadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Sud boshqaruvchilari faoliyati samaradorligi oshiriladi


Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan:

🔹 Sud boshqaruvchilari palatasi, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda qonunchilikda belgilangan talablarga javob beradigan boshqa ta’lim muassasalariga sud boshqaruvchilarini tayyorlash huquqi beriladi;

🔹 Sud boshqaruvchilari palatasiga sud boshqaruvchisining palataga a’zoligini to‘xtatish yoki a’zolikdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish va shu munosabat bilan uni o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida sudga murojaat etish huquqi beriladi;

🔹 sud boshqaruvchisi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, sud kreditorlar yig‘ilishining qaroriga asosan sud boshqaruvchisiga to‘lanadigan haq miqdorini kamaytirishga haqli;

🔹 sanatsiya qiluvchi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlar yig‘ilishi (qo‘mitasi) yoki Agentlik tomonidan taqdim etilmaganda, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi Sud boshqaruvchilari palatasi tomonidan maxsus elektron tizim orqali tanlangan nomzodlar orasidan sud tomonidan tayinlanishi mumkin.

💰 Sud boshqaruvchilariga to‘lanadigan haq miqdori bazaviy va natijaga (KPI) bog‘liq qismlarga ajratiladi, bunda natijaga bog‘liq haq, shu jumladan, sanatsiya rejasida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish darajasidan kelib chiqib to‘lanadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1