ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.68K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Mirzaobodlik yoshlar bilan ochiq muloqot


Payshanba — “Yoshlar kuni” doirasida joylarda tashkil etilayotgan tadbirlar yoshlar bilan muloqotni yanada kuchaytirish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zoxidov Mirzaobod tumanida yoshlar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini tingladi.

Tadbir, dastlab, “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida tumandagi 5-umumta’lim maktabida tashkil etildi. Uchrashuv davomida yoshlar bilan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, bilim va ma’rifatning inson hayotidagi o‘rni haqida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Jarayonda yoshlarga badiiy adabiyotlar taqdim qilindi.


Shundan so‘ng "Dehqonobod" mahallasi yoshlari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Ochiq va erkin muloqot ruhida o‘tgan tadbirda yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularni taklif va tashabbuslari o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍6🔥5👏1
#Adliya_xabari

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligidagi Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi tomonidan Qashqadaryo viloyatida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganildi.

O‘rganishlar davomida mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, aholi orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, profilaktika ishlarini manzilli va samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.


Shuningdek, oilaviy nizolarning barvaqt oldini olish, nizoli oilalarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish hamda muammolarni huquqiy yechimlar asosida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev tomonidan Nizolioila.adliya.uz platformasi taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotda platformaning imkoniyatlari, nizoli oilalar bilan ishlashdagi ahamiyati, muammolarni elektron tarzda monitoring qilish, tahlil etish va mas’ul tashkilotlar hamkorligida manzilli choralar ko‘rish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.


Ta’kidlanganidek, mazkur platforma oilaviy nizolarni erta aniqlash, ularni bartaraf etish va jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_faxriylari

❗️Adliya faxriysi bilan bir kun

Bu oddiy suhbat emas...
Balki bir umrlik xizmat, sadoqat va halollik yo‘lining tirik guvohi bilan yuzma-yuz uchrashuvdir. Bu ko‘rsatuv orqali tomoshabin adliya tizimida faoliyat yuritgan, xalq ishonchiga sazovor bo‘lgan insonlarning hayot yo‘liga chuqur nazar tashlaymiz.

Faqatgina lavozim yoki unvon emas, balki inson taqdiri, uning qiyinchiliklardan qanday o‘tgani, qanday qarorlar orqali adolatni taʼminlagani haqida samimiy hikoyalar ochib berilmoqda.

Ushbu lavha orqali nafaqat o‘tmishga sayohat qilamiz, balki bugungi kun adliya tizimidagi masʼuliyat va burchning naqadar yuksak ekanini anglashga undaymiz.

Ravshanjon ota Qirg‘izovning bosib o‘tgan adliya tizimidagi salmoqli yo‘li — ibrat, har bir fikri — hayot sabog‘i. Yosh avlod uchun ilhom va jamiyat uchun muhim xulosalar manbaidir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥21👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Adliya vazirligi ochiqlik va muloqot tarafdori

Farg‘ona shahrida Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridan 30 dan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirokida “Davlat xizmatlari media nigohida: raqamli transformatsiyani fuqarolar uchun qanday yoritish kerak?” mavzusida ikki kunlik o‘quv treningi boshlandi.

Mazkur trening orqali jurnalist va blogerlarning davlat xizmatlari sohasidagi islohotlarni professional, sodda va fuqarolar manfaatlari nuqtai nazaridan yoritish ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, davlat xizmatlari tizimidagi raqamli transformatsiya jarayonlarini keng jamoatchilikka tushunarli va ta’sirchan formatda yetkazish bo‘yicha media vakillarining salohiyatini rivojlantirish maqsad qilingan.

Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥43👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_yoshlar

NAVOIY: QISHLOQQA KITOB KARVONI

📍Navoiyda "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"ning navbatdagi manzili Nurota tumani.

"Yangiobod" qishlog'i tumanning olis hududlaridan biri. Bu yerda aholi asosan chorvachilik bilan kun kechiradi. Qishloqda 33-sonli umumta'lim maktabi joylashgan bo'lib, ayni paytda ta'lim muassasasida 400ga yaqin yosh tahsil olmoqda. Maktabga "Qishloqqa kitob karvoni" shiori ostida adliya boshqarmasi tomonidan badiiy adabiyotlar jamlanmasi taqdim etildi.

🔖Shundan so'ng, adliya boshqarmasi boshlig'i yoshlar bilan muloqot o'tkazdi. Suhbatda yoshlar masalasi, ularning qiziqishlari, taklif va tashabbuslari o'rganildi.

✔️Tadbir "Zakovat" intellektual o'yiniga ulandi. Huquqiy, ijtimoiy-iqyisodiy, fan, adabiyot, san'at va tarix singari turli mavzularni qamrab olgan mazkur bellashuv yosh bilmdonlarni bir davraga jamladi. Tadbir yokunida ishtirokchilarga esdalik sovg'alar tooshirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
#Adliya_xabari

❗️"Yoshlar kuni" doirasida "Qishloqqa kitob karvoni" loyihasi amalga oshirildi.

🗣️ Payshanba - “Yoshlar kuni” doirasida Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov tomonidan Qórg'ontepa tumani "Ustoz" MFYdagi yoshlarning muammo va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, "Qishloqqa kitob karvoni" loyihasi doirasida ilmiy hamda badiiy kitoblar jamlanmasi hudduddagi o'quvchi yoshlarga taqdim qilindi.

🖥Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, o'z ustilarida muntazam ravishda ishlashlari lozimligi hamda kelgusida ham bunday muloqotlarni muntazam tashkil etib borish muhimligi ta’kidlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2👏2