ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#adliya_xabari

🏆 Eng yaxshi xodimlar aniqlandi

Adliya organlari xodimlari o‘rtasida 2025-yil yakunlariga ko‘ra tashkil etilgan kasbiy tanlov yakunlandi. Mazkur tanlov adliya tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda eng munosib nomzodlarni aniqlashga qaratildi.

Tanlov yuqori saviyada tashkil etilib, unda respublikaning barcha hududlaridan saralab olingan ishtirokchilar qatnashdi. Ishtirokchilar 4 ta nominatsiya — eng yaxshi adliya bo‘limi xodimi, davlat xizmatlari markazi xodimi, FHDY organi xodimi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimi yo‘nalishlarida bellashdilar.

Mazkur tadbir orqali tizimda fidokorona mehnat qilayotgan xodimlar e’tirof etilib, ularning faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥43
G’olib va sovrindorlar bilan yuqoridagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.

🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥6👏2
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Budjet hisobi standarti xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi.

Adliya vazirligi O'zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati, hisob baholaridagi o'zgarishlar va xatolar”ni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami 3797, 2026-yil 27-mart).

Unga ko'ra, 1-sonli budjet hisobining standarti Xalqaro davlat sektori buxgalteriya standartlari – IPSAS 3 (International Public Sector Accounting Standard) talablariga muvofiq yangidan qabul qilinmoqda.

Xususan, mazkur budjet hisobi standartida IPSAS 3 muvofiq hisob siyosati va hisob baholaridagi o'zgarishlar hamda xatolarni tuzatishni amalga oshirish va hisobga olish, shuningdek perspektiv va retrospektiv qo'llash hamda qayta hisoblash tartiblari belgilanmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🎉1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
#Ochiq_adliya

🗣Ayni damda Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihoni oʻtkazilmoqda.

🗣Ushbu jarayonni to'g'ridan-to'g'ri kuzatib borishingiz mumkin 👉 https://www.youtube.com/live/wfWHST88w1k?si=ybavd8wEVj7FDbI-

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
#Mualliflik_huquqi

Sherali Jo'rayevning qo'shiqlaridan ruxsatsiz foydalangan Sardor Mamadaliyev yana jarimaga tortildi.

🤔G. Jo‘rayeva tomonidan marhum san’atkor Sherali Jo‘rayevdan meros bo‘lib qolgan “Ko‘rmisham”, “Bandaman” hamda “Karvon” nomli musiqiy asarlarning uning ruxsatisiz Sardor Mamadaliyev tomonidan ijro etilgani yuzasidan huquqiy chora ko‘rishni so‘rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.

🤔Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177¹-moddasi ikkinchi qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, ish tegishli sudga yuborildi.

🤔Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177¹-moddasining ikkinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 (yigirma) baravari miqdorida – 8.240.000 (sakkiz million ikki yuz qirq ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.

⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥42👏2🎉1
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi xodimlari uchun psixologik trening tashkil etildi

Adliya organlari boshqaruv xodimlari uchun muloqot madaniyatini oshirish, stressni samarali boshqarish, konfliktli vaziyatlarni to‘g‘ri hal etish hamda samarali tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan psixologik trening tashkil etildi.

Mazkur trening doirasida malakali psixolog Dilrabo Isroilova tomonidan ishtirokchilarga mavzu yuzasidan zarur nazariy bilimlar yetkazildi hamda amaliy mashg‘ulotlar orqali tegishli ko‘nikmalar shakllantirildi. Mashg‘ulotlar interaktiv yondashuvlar asosida olib borildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍52🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

#Adliya_xabari

Navoiy viloyatida joriy yilning shu davriga qadar 700 dan ortiq tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etildi. Odatda ushbu jarayon farzand dunyoga kelgach darhol amalga oshiriladi.

⚖️ Biroq hayotda turli sabablarga ko‘ra farzandli bo‘lganidan keyin ham tug‘ilganligi o‘z vaqtida qayd etilmagan fuqarolar uchrab turadi. Bu esa ularning huquqiy maqomini belgilash, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish hamda boshqa zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda muammolarni keltirib chiqaradi.

🔰 Adliya organlari tomonidan bunday holatlarni bartaraf etish, fuqarolarning huquqlarini tiklash hamda ularning huquqiy himoyasini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

📌 Natijada, ilgari turli sabablar bilan tug‘ilganligi qayd etilmagan shaxslarning huquqlari tiklanib, ularga tegishli tartibda dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilmoqda.

💬 Fuqarolar o‘z huquqlarini ta’minlash uchun FHDY organlariga murojaat qilishlari mumkin.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32
#Ochiq_adliya

🗣Ayni damda Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihoni oʻtkazilmoqda.

🗣Ushbu jarayonni to'g'ridan-to'g'ri kuzatib borishingiz mumkin 👉 https://www.youtube.com/live/wfWHST88w1k?si=ybavd8wEVj7FDbI-

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
#Adliya_xabari
#Mulk_huquqi

✔️ Samarqand viloyatida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda barpo etilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlari e’tirof etilgan fuqarolar soni 8410 nafarga yetdi.

🔰 Bu ko‘rsatkich fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish, ularni qonuniylashtirish hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning muhim natijasi hisoblanadi.

📊 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 28-sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq, viloyatning qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi yana 2215 nafar fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy asosda tan olindi.

📌 Mazkur qaror fuqarolarning huquqiy manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda mulkiy munosabatlarda aniqlik va shaffoflikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👏1