ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mualliflik_huquqi

Mualliflik huquqini buzgan xonandalar javobgarlikka tortildi

Ma’lumki, so‘nggi vaqtlarda kuy, qo‘shiq, asarlar va boshqa mualliflik huquqi obyektlarini muallif ruxsatisiz o‘zlashtirish holatlari ko‘plab uchramoqda.

Shuni ta’kidlash lozimki, Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning o‘ziga, nomiga va muallifning ismi-sharifi ko‘rsatilishiga biron-bir o‘zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston va Turkmaniston Respublikalari xalq artisti Bobomurod Xamdamov ijrosidagi qo‘shiqlar muallif ruxsatisiz foydalanilganligi yuzasidan qonuniy chora ko‘rish to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

Murojaatni ko‘rib chiqish davomida Bobomurod Xamdamovga tegishli bo‘lgan qo‘shiqlar fuqarolar O. Quvatov, U. Quvatov va Sh. Bekmurodovlar tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan ijro etilganligi aniqlandi.

Vaholanki, Qonunning 19-moddasiga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslar asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan, shu jumladan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkinligi belgilangan.

Holat yuzasidan fuqarolar O. Quvatov, U. Quvatov va Sh. Bekmurodovlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini ko‘rib chiqishlik uchun tegishli tartibda sudga yuborildi.

Sudning qaroriga ko‘ra, huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun tegishli tartibda jarima jazosi tayinlandi.

Darhaqiqat, har qanday huquqbuzarlik uchun qonunda belgilangan tartibda jazo muqarrar. Shunday ekan, muallif huquqini hurmat qilish hamda o‘zganing ijod namunasidan foydalanishda albatta ruxsat olishni hamda shartnoma tuzishni unutmang.

Hurmatli ijod vakillari, mualliflik huquqlaringizni himoya qilish uchun Adliya vazirligi Mualliflik va turdosh huquqlar boshqarmasiga murojaat qiling yoki mualliflarning mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarga a’zo bo‘ling. Murojaat uchun telefon: (71) 232 50 65.

@adliyangiliklari
#Mualliflik_huquqi

Turli davlatlarda mualliflik huquqini buzganlik uchun jazo choralari belgilangan.

Masalan:
1. AQShda jarima 250,000 AQSh dollarigacha hamda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
2. Buyuk Britaniyada 60,000 funt sterlinggacha jarima hamda 10 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
3. Germaniyada 50,000 yevrogacha jarima hamda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
4. Fransiyada 500,000 yevrogacha jarima hamda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
5. Hindistonda eng kamida 50,000 hind rupisida jarima hamda 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

@adliyangiliklari
#Mualliflik_huquqi

O‘quv qo‘llanma yozishda mualliflik huquqini buzgan o‘qituvchi 30 million so‘m tovon puli to‘laydi

Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasida vujudga kelib originallikni talab qiladi ya’ni muallif tomonidan yaratiladigan asar original bo‘lishi kerak, boshqa muallif asaridan ko‘chirma emas. Hozirgi paytda jamiyatimizda mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish (plagiat) holatlari sezilarli darajada kuzatilmoqda. Achinarlisi, yuqorida ta’kidlangan holat ilmiy maqomga ega bo‘lgan, oliy o‘quv yurtlarida dars beruvchi professor, dotsent va katta ilmiy xodimlar orasida sodir bo‘lmoqda. Mualliflik huquqini o‘zlashtirib olinganlik (plagiat) holati bo‘yicha Adliya vazirligiga navbatdagi murojaat kelib tushdi.

Murojaat asosida vazirlik tomonidan Buxoro davlat universiteti musiqa fani o‘qituvchisi B. M. “Musiqa tarixi (Chet el musiqasi)” nomli oquv qo‘llanmasida fuqaro A. Trigulovaga tegishli bo‘lgan “Xorijiy musiqa adabiyoti” asaridan jami
155 sahifadagi matnlar ko‘chirib olinganligi hamda fuqarolik muomalasiga kiritilganligi aniqlandi.

Qonun buzilish holati yuzasidan vazirlik tomonidan fuqaro A. Trigulova manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga mualliflik huquqi buzilganligi uchun tovon puli undirish bo‘yicha da’vo arizasi bilan murojaat qilindi.

Sud qaroriga ko‘ra javobgar B. M. mualliflik huquqini buzish orqali chop etilgan “Musiqa tarixi (Chet el musiqasi)” nomli o‘quv qo‘llanmalarini o‘z hisobidan fuqarolik muomalasidan chiqarib tashlash majburiyati yuklatildi. Shuningdek, qarorda javobgardan da’vogar A. Trigulova foydasiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari – 30.000.000 so‘m miqdorida tovon puli hamda 8.000.000 so‘m ma’naviy zarar undirilishi belgilangan.

❗️Eslatib o‘tamiz, qonunchilikda muallif asaridan ruxsatsiz foydalanish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha tovon to‘lanishi belgilan.

@adliyangiliklari
#Mualliflik_huquqi

Mualliflik huquqini buzgan xonanda javobgarlikka tortildi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Sh.To'rayevga tegishli boʻlgan “Ishqingda kuygan” sheʻri huquq egasining roziligisiz foydalanilganligi yuzasidan qonuniy chora koʻrish toʻgʻrisidagi murojaat koʻrib chiqildi.

Murojaatni ko'rib chiqish davomida fuqaro A.Sobirov fuqaro Sh.To'rayevning "Ishqingda kuygan" nomli she'rini uning ruxsatisiz tegishli tartibda shartnoma tuzmagan holda "You Tube" platformasida, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida hamda to'y-hashamlarda haq evaziga qonunga xilof ravishda foydalanib, ijro etib kelganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaro A.Sobirovga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 177¹–moddasi 1–qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun jarima jazosi ta'yinlandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilish huquqiga ega.

Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
#Mualliflik_huquqi

Shoirning she’ridan ruxsatsiz foydalangan yana bir xonanda Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi

🤔Аdliya vazirligi tomonidan farg'onalik shoir Ilhomjon Komilovga tegishli “Sevilmagan yor kerak menga” nomli she’r xonanda Sardor Mamadaliyev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilganligi aniqlandi.

🤔Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.


🤔Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida – 750 000 (yetti yuz ellik ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.

⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mualliflik_huquqi

Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzganligi uchun shoir Shamsiddin Sadoiyga jami 132 million so‘m miqdorida tovon puli va ma’naviy zarar to‘laydi

Joriy yilning iyun oyida shoir Shamsiddin To'rayev tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, ya’ni mualliflik huquqi buzilishi natijasida yetkazilgan ma’naviy zarar va tovon puli (kompensatsiya) undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi kiritilgan.

Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar Botir Qodirovdan da’vogar To‘rayev Shamsiddin Xo‘jayevichning foydasiga BHMning 300 barobari ya'ni 112.500.000 so'm miqdorida tovon puli hamda 20.000.000 so'm ma'naviy zarar undirilishi belgilandi.

Shuningdek, javobgar Botir Qodirov zimmasiga da’vogar Shamsiddin To‘rayevga muallifligidagi "Davlating borida”, “Omonat” va “Tingla do‘stim” nomli qo'shiqlar ijrosini efirga uzatish, barcha ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish, O‘zbekiston Respublikasidagi barcha davlat va nodavlat teleradiokanallarda, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa platformalarda har qanday tarzda foydalanishni darhol to‘xtatish (qat’iy taqiqlash) majburiyati yuklatildi.

‼️Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mualliflik_huquqi

"Ismigul" qo'shig'idan ruxsatsiz foydalangan huquqbuzar endi muallif O'ktam Hakimovga jami 46 million 200 ming so‘m miqdorida tovon puli va ma’naviy zarar to‘laydi

Joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekiston mualliflik va turdosh huquq egalari jamoat birlashmasi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg'ona tumanlararo sudiga O'ktam Hakimovga tegishli mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, ya’ni mualliflik huquqi buzilishi natijasida yetkazilgan ma’naviy zarar va tovon puli (kompensatsiya) undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi kiritilgan.

Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar Nodirbek Igamberdiyevdan da’vogar O'ktam Hakimov foydasiga BHMning 100 barobari ya'ni 41.200.000 so'm miqdorida tovon puli hamda 5.000.000 so'm ma'naviy zarar undirilishi belgilandi.

Shuningdek, javobgar Nodirbek Igamberdiyev zimmasiga da’vogar O'ktam Hakimov muallifligidagi “Ismigul” nomli qo'shiq ijrosini efirga uzatish, barcha ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish, O‘zbekiston Respublikasidagi barcha davlat va nodavlat teleradiokanallarda, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa platformalarda har qanday tarzda foydalanishni darhol to‘xtatish (qat’iy taqiqlash) majburiyati yuklatildi.

‼️Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1👏1🎉1
#Mualliflik_huquqi

Shoirning she’ridan ruxsatsiz foydalangan yana bir xonanda Mirjalol Nematov jarimaga tortildi.

🎙Maʼlumki, soʼnggi vaqtlarda mualliflik huquqi obyektlaridan biri hisoblangan musiqiy asarlardan muallif ruxsatisiz foydalanish holatlari yuzasidan Adliya vazirligiga qilingan murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.

Muallif huquqi buzilgan yana bir holatda O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati a’zosi hisoblangan muallif Farhod Muminovga tegishli bo‘lgan “Qo‘shni qiz” hamda “Men turganda” nomli she’rlar ijrochi Mirjalol Nematov tomonidan muallifning ruxsatisiz ijro etilganligi holati yuzasidan huquqiy chora ko'rilishini so'rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.

O‘rganish mobaynida muallif Farhod Muminovga tegishli bo‘lgan “Qo‘shni qiz” hamda “Men turganda” nomli she’rlar ijrochi Mirjalol Nematov muallif ruxsatsiz foydalanganligi aniqlanib, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

⚖️ Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

📣 Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mualliflik_huquqi

#Bir_murojaat_izidan

Xalqimiz orasida “Ismigul” qo‘shig‘i bilan tanilgan iste’dodli ijodkor – O‘ktam Hakimov, mualliflik huquqlarini tiklab berish yuzasidan Adliya vazirligiga qilgan murojaati ijobiy hal etilganidan mamnunligini izhor etdi.

Ijodkor o‘z minnatdorchiligida ta’kidlab o‘tdiki, bu nafaqat bir fuqaroning mualliflik huquqlarini tiklanishi, balki barcha ijod vakillariga nisbatan ko‘rsatilayotgan e’tibor va qonuniy himoyaning yorqin namunasi hisoblanadi.


⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

📽Batafsil videolavhada 👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥2👏1🎉1
#Mualliflik_huquqi

Amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese’ning mualliflik huquqi buzilgani bo‘yicha chora ko‘rildi

🔹Ijtimoiy tarmoqlarda tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese uning 15 yil davomida ingliz tiliga (“Bygone Days”) tarjima qilgan “O‘tkan kunlar” asarining ruxsatsiz elektron shaklda tarqalayotgani haqida murojaat qilgan.

🔹Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘rganish o‘tkazildi. Natijada ushbu asar Mark Rizedan ruxsat olinmasdan, hech qanday shartnomasiz to‘liq holda elektron shaklga o‘tkazilgani va unilibrary.uz tizimiga joylangani aniqlandi.

🔹Aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha universitet mas’ullari yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborildi. Sud qaroriga ko‘ra, mas’ul xodimga 2 060 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi hamda asarning elektron nusxasi unilibrary.uz tizimidan o‘chirildi.

🔹Shuningdek, kelgusida bunday huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida universitetda mualliflik va turdosh huquqlarga rioya qilish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

‼️ Ma’lumot uchun: Tarjimon Mark Reesega “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 65-moddasiga muvofiq, zararni qoplash uchun huquqbuzardan BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon talab qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21👍1🔥1
#Mualliflik_huquqi

Sherali Jo'rayevning qo'shiqlaridan ruxsatsiz foydalangan Sardor Mamadaliyev yana jarimaga tortildi.

🤔G. Jo‘rayeva tomonidan marhum san’atkor Sherali Jo‘rayevdan meros bo‘lib qolgan “Ko‘rmisham”, “Bandaman” hamda “Karvon” nomli musiqiy asarlarning uning ruxsatisiz Sardor Mamadaliyev tomonidan ijro etilgani yuzasidan huquqiy chora ko‘rishni so‘rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.

🤔Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177¹-moddasi ikkinchi qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, ish tegishli sudga yuborildi.

🤔Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177¹-moddasining ikkinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 (yigirma) baravari miqdorida – 8.240.000 (sakkiz million ikki yuz qirq ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.

⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥42👏2🎉1