#xalqaro_hamkorlik
Adliya vaziri A.Tashkulov Singapur Xalqaro Mediatsiya markazi rahbari Jorj Lim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔰 Uchrashuv davomida O‘zbekistonda nizolarni muqobil hal etish tizimini rivojlantirish, xususan mediatsiya institutini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi.
📊 Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda mediatsiya orqali nizolarni hal etish amaliyoti kengayib, minglab nizolar sudga qadar bosqichda hal etilmoqda. Bu esa sudlar yuklamasini kamaytirish hamda investorlar uchun qulay va shaffof muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
💬 Tomonlar o‘rtasida mediatsiya sohasida xalqaro tajribani joriy etish, mediatorlar malakasini oshirish, onlayn mediatsiyani rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
📌 Shuningdek, “Tashkent – Central Asian Mediation Hub” konsepsiyasini ilgari surish, xalqaro forum va konferensiyalar tashkil etish hamda O‘zbekistonni mintaqada mediatsiya markaziga aylantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va mediatsiya sohasida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook | 📱 YouTube | Bot

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1
Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash: siz bunga qanday qaraysiz?
Bugun har bir ota-ona o‘ziga bu savolni berishi kerak.
📱 Ijtimoiy tarmoqlar, zararli kontent, noma’lum begonalar...
Bolalarimiz har kuni shu xatarlar bilan yuzma-yuz. Lekin biz ularni himoya qila olamizmi?
🏛 Adliya vazirligi voyaga yetmaganlarning raqamli dunyodagi xavfsizligi mavzusida maxsus ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
✅ Atigi 2-3 daqiqangizni ajrating — bu bolalarimizning kelajagi uchun!
📌 So‘rovnomada ishtirok eting:
___________________________
🇺🇿 O‘zbek tilidagi so‘rovnoma
📚 Voyaga yetmaganlar uchun → Havola bu yerda
👩🍼Ota-onalar uchun → Havola bu yerda
__
🇷🇺 Анкета на русском языке
📚 Для несовершеннолетних → Ссылка здесь
👩🍼Для родителей → Ссылка здесь
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook | 📱 YouTube | Bot
Bugun har bir ota-ona o‘ziga bu savolni berishi kerak.
Bolalarimiz har kuni shu xatarlar bilan yuzma-yuz. Lekin biz ularni himoya qila olamizmi?
___________________________
👩🍼Ota-onalar uchun → Havola bu yerda
__
👩🍼Для родителей → Ссылка здесь
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
ADLIYA FUQAROLARNING MUAMMOLARIGA YECHIM TOPMOQDA
muxbir: Ahror Ziyodov
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook | 📱 YouTube | Bot
ADLIYA FUQAROLARNING MUAMMOLARIGA YECHIM TOPMOQDA
muxbir: Ahror Ziyodov
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏1
#adliya_yangiliklari
✅ JSTga a’zo bo‘lish jarayonlariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi
🔰 31-mart kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish jarayonlari va mintaqaviy savdoning kelajagi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Adliya vazirligi vakillari ham faol ishtirok etdi.
💬 Konferensiya davomida Adliya vazirligining JSTga a’zolik jarayonlaridagi o‘rni, amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Xususan, 2023-yildan buyon bojxona, texnik jihatdan tartibga solish, intellektual mulk, sanitariya va fitosanitariya hamda veterinariya sohalarida 180 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar xalqaro talablarga moslashtirilgani qayd etildi.
🌍 Shuningdek, JSTga a’zolik bo‘yicha ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar doirasida Adliya vazirligi vakillari faol ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunga qadar 30 dan ortiq davlatlar, jumladan, AQSh, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Yaponiya va Rossiya bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlangan.
🤝 Tadbir doirasida davlat organlari, biznes vakillari va ilmiy doiralar o‘rtasida samarali muloqot yo‘lga qo‘yilib, JSTga a’zolik sharoitida mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yaratiladigan imkoniyatlar muhokama qilindi.
⭐️ Konferensiya yakunida ishtirokchilar tomonidan Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonida muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida e’tirof etildi.

❤7🔥3👏1
2026-yil 31-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda, jumladan, Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga eksport tartib-taomillarini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
✅ Ushbu qonun loyihasi bilan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan buyumlar va mahsulotlarni eksport qilishga doir ruxsatnoma berish tartibini bekor qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
✅ Shuningdek, loyiha bilan litsenziyalash va ruxsat berish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga qo‘llaniladigan jarimalar ro‘yxatidan eksportga oid cheklovlar chiqarib tashlanmoqda.
✅ Ta'kidlash lozimki, belgilanayotgan normalar mahsulotlar eksportini kengaytirish, eksportdagi mavjud cheklovlarni bartaraf etish, raqobat va ochiq bozor muhitini yaratishga, shuningdek, milliy qonunchiligimizni JST qoidalariga uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
✅ Qizg‘in o‘tgan majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

❤9🔥1
Forwarded from Navoiy adliya | Rasmiy kanal
#adliya_xabari
Navoiyda: yangi tartib asosida ilk bor ko'chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko'chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklda notarius va banklar o'rtasidagi elektron ma'lumotlar almashinuvi orqali amalga oshirilishi belgilangan edi.
Joriy yilning 31-mart kuni "Asakabank" viloyat filialida fuqarolarga "eskrou" hisobraqami ochilib, Navoiy shahrida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius M.Zairov tomonidan ko'chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirildi.
Jarayonda ishtirok etgan fuqarolar xizmatlarning tezkor va shaffofligi, shu jumladan o'zlari uchun ishonchli hamda xavfsiz ekanligini ta'kidlab, mazkur islohotlarning birinchi ishtirokchisi bo'lganliklaridan mamnun bo'lishdi.
📱 |Telegram 📱 |Facebook 📱 |Instagram

👍9🔥1
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Ota-onalar uchun yaxshi yangilik!
Endilikda mobil aloqa operatorlari tomonidan internetsiz tarif rejalari ham taklif etilishi mumkin.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan mobil aloqa tarif rejalaridagi takliflarni aholining turli qatlamlari talab va istaklariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda mobil aloqa xizmatlarini taklif etishda internet trafiksiz, ya’ni faqat daqiqa va SMS-xabarlardan iborat bo‘lgan tarif rejalarining mavjud emasligi ayrim aholi qatlamlari uchun behuda xarajatga aylanib, ularning tanlov imkoniyatini cheklamoqda.
Masalan, aksariyat keksa yoshdagilar internetga zarurat bo‘lmasada, internet trafigi mavjud bo‘lgan tarif rejalariga ulanishga majbur bo‘lmoqda. Qolaversa, ayrim ota-onalar voyaga yetmagan farzandlarini turli zararli axborot oqimlaridan himoyalash uchun internetsiz ta’rif rejalarini afzal ko‘rsalarda, ularning bu boradagi tanlovi cheklangan.
Shunga ko‘ra, Adliya vazirligi tomonidan mobil aloqa tarif rejalarida internet trafigisiz takliflar bo‘lishi majburiyligini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Mazkur qaror loyihasi joriy yilning 31-mart kuni jamoatchilik muhokamasiga joylashtirildi.
Loyiha yuzasidan fikr-mulohazalaringiz va takliflaringizni ushbu havola orqali o’tib, bildirishingiz mumkin.

👍12❤3🔥2👏1😢1