ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan 2025-yildan boshlab tizim xodimlarining ishdan mamnunlik darajasini anonim so'rovnoma orqali, 5 ballik shkalada baholash amaliyoti yo'lga qo'yildi.

Ishdan mamnunlik darajasi 2025-yil boshidagi 4,4 balldan yil yakuniga kelib 4,7 ballga oshganligi qayd etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“HUDUD” (MY5 TV)da Adliya sayli yoritildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan aholi o'rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan “Adliya sayli” hamda “Yoshlar sayli” tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar doirasida fuqarolarga huquqiy targ'ibot ishlari olib borilib, ularning huquqiy bilimlarini oshirish, qonuniylikni mustahkamlashga alohida e'tibor qaratildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
1
Raqamli sud ekspertiza va tadqiqot markazi
faoliyati yo‘lga qo‘yildi


🗓 Joriy yilning 18-mart kuni X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida Raqamli sud ekspertiza va tadqiqot markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📌 Ma’lumot uchun, Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–270-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti, Hindiston milliy kriminalistika fanlari universiteti va “Axxonet System Technologies” kompaniyalarning hammuassisligida tashkil etildi.


👨‍💼Tadbirda “Raqamli sud ekspertiza va tadqiqot markazi”ning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda olib boriladigan tadqiqotlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda sud-ekspertiza sohasini yanada rivojlantirish, sohani raqamlashtirish, sud-ekspertiza sohasiga sun’iy intellektni joriy etish, bu borada Hindiston tajribasi keng qo‘llash masalalari muhokama etildi.

Markaz faoliyati mamlakatimizda yuridik ta’limni yanada rivojlantirish, talabalarning amaliy bilim olishini ta’minlash, zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayonlariga joriy etish, sud-ekspertiza sohasini raqamlashtirish, unga sun’iy intellekt texnologiyalarini keng jalb etishga ko‘maklashish hamda raqamli sud ekspertizalariga oid tadqiqotlarni o‘tkazishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2🎉1
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdisida to‘lovlar tartibi bo‘yicha turli fikrlar bildirilmoqda. Shu munosabat bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–246-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi hisob-kitoblarni aniq va ishonchli amalga oshirishga xizmat qiladi.

Yangi tartibning asosiy maqsadi — fuqarolarga qulaylik yaratish, xizmatlar sifatini oshirish hamda hisob-kitoblarni xavfsiz va shaffof qilishdir.

Muhimi, ko'chmas mulk va transport vositalarini rasmiylashtirish tartibi o'zgarmaydi. Ya'ni, barcha jarayonlar avvalgidek notarius orqali amalga oshiriladi.

Faqatgina bitta muhim yangilik bor: endilikda hisob-kitoblar bank orqali amalga oshiriladi.

Bu nimani anglatadi?
Oldin tomonlar o'zaro og'zaki kelishib, naqd pul orqali hisob-kitob qilgan bo'lsa, endi bu jarayon bank hujjatlari orqali rasmiy tasdiqlanadi. Bu esa kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olishga yordam beradi.

Shuningdek, agar shartnoma tasdiqlanmasa, eskrou xisob raqamiga kirim qilingan pul mablag'lari fuqaroning so'roviga asosan qaytarib beriladi.

Yangi tartib quyidagi imkoniyatlarni beradi:
— firibgarlik holatlarining oldi olinadi
— hisob-kitoblar aniq va ishonchli bo‘ladi
— fuqarolarning mulkiy huquqlari himoya qilinadi


📌 Xulosa qilib aytganda, ushbu tartib fuqarolar manfaatini himoya qilish va ularning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hindiston milliy kriminalistika universiteti kampus direktori, professor Purvi Pokhariyalning fikrlari

Men ushbu beqiyos tarixiy tashabbusning bir qismi bo‘layotganimdan nihoyatda mamnunman. Mazkur tashabbus doirasida Hindiston va O‘zbekiston yagona platformada birlashib, National Forensic Sciences University (Hindiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida) hamda Toshkent davlat yuridik universiteti (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida) hamkorligida Raqamli kriminalistika bo‘yicha tadqiqot va ekspertiza markazini tashkil etmoqda.

Ushbu markaz, shubhasiz, Markaziy Osiyo uchun mutlaqo yangi istiqbollarni ochib beradi. Zero, u kiberjinoyatchilikni tergov qilish bilan bog‘liq barcha masalalarga kompleks yechimlar taqdim etish imkonini beradi hamda O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining kiberjinoyatlardan xoli bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Biz ushbu tashabbus uzoq muddatli va barqaror natijalarga zamin yaratishiga qat’iy ishonch bildiramiz. Shuningdek, mazkur loyiha doirasida raqamli ma’lumotlar kriminalistikasi markazini tashkil etishni ham taklif etamiz. Bu esa, o‘z navbatida, mintaqada yangi siyosiy yondashuvlar va zamonaviy qonunchilik asoslarini shakllantirishga sezilarli hissa qo‘shadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
1🎉1
#Adliya_xabari

Yashnobod tumanida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha ishlar samaradorligi
oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori ijrosi bo‘yicha Yashnobod tumanining “Cho‘lpon” va “Katta Qo‘yliq” MFY hududlarida tungi vaqtda jamoat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida "tashvish tugma"larining ishchanlik holatini o‘rganish bo‘yicha keng qamrovli "reyd tadbirlari" tashkil etildi.

Tadbir davomida savdo nuqtalari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda aholi gavjum joylarda o‘rnatilgan tashvish tugmalarining texnik holati, ularning tezkor xizmatlar bilan uzluksiz bog‘langanligi va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri ishlashi atroflicha tekshirildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3
#Adliya_xabari

Namanganda 6 mingga yaqin fuqaroning yer va mulk huquqlari e’tirof etildi

Namangan viloyatida fuqarolarning yer uchastkalari hamda undagi bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarini qonuniylashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

Bugungi kunga qadar o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar va ularda qurilgan obyektlarga nisbatan 5830 nafar fuqaroning huquqlari qonuniy e’tirof etildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat Kengashining 20-sessiyasi qaroriga muvofiq, yana 1136 nafar fuqaroning mulk huquqlari rasmiy tan olindi.

Mazkur chora-tadbirlar fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash hamda noqonuniy qurilishlar bilan bog‘liq muammolarni tizimli hal etishga xizmat qilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

Arxiv hujjatlari – o‘tmish va kelajakni bog‘lovchi muhim ko‘prik


Arxiv hujjatlari huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular orqali tarixiy asoslar mustahkamlanib, bugungi va kelajakdagi qarorlar uchun ishonchli manba yaratiladi.

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan jurnalistlar bilan tashkil etilgan muloqot aynan arxiv hujjatlari bilan tanishuvdan boshlandi. Unda tizimda hujjatlar saqlovi zamon talablariga mos ravishda yo‘lga qo‘yilgani, xavfsizlik, tezkorlik va qulaylik asosiy tamoyil ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, matbuot anjumani davomida adliya organlarida olib borilayotgan islohotlar, raqamlashtirish jarayonlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda sohaga joriy etilayotgan yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Qizg‘in muloqot davomida jurnalistlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarga ham atroflicha javob qaytarildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
1
#Sayyor_qabul

Sirdaryoda xotin-qizlar huquqlariga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi

“Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” aksiyasi doirasida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan "Bahor" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir avvalida xotin-qizlarning huquqiy himoyasini ta'minlashga qaratilgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shundan so'ng sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, bandlik, ijtimoiy himoya, kadastr, kredit olish va boshqa huquqiy masalalar yuzasidan 30 ga yaqin murojaat qabul qilindi. Ularning aksariyati joyida hal etildi, 10 ta murojaat esa ish yurituvga olinib, ijrosi nazoratga olindi.

Tadbir doirasida mehnat yarmarkasi, tibbiy ko'rik hamda sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi. Shuningdek, “Sog'lom avlod uchun” jamg‘armasi tomonidan 50 nafar fuqaroga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍21