ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Matbuot_anjumani

AOKAda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar” mavzusida Adliya vazirligi matbuot anjumani boshlandi.

👉Onlayn translyatsiya

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_anjumani

Furqat Tojiyev, Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi boshligʻi:
— Huquqiy axborotlarni yetkazish raqamlashtirildi. Barcha qonunchilik hujjatlarini Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarga, mahallalarga yetkazish yoʻlga qoʻyildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_anjumani

Furqat Tojiyev, Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi boshligʻi:
— Huquqiy axborotni tayyorlashda va tarqatishda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Xususan, sunʼiy idrok yordamida ijtimoiy tarmoqlar uchun saylov qonunchiligi va jarayonlariga oid animatsion roliklar hamda bolalar uchun huquqiy multfilmlar yaratildi.

Shuningdek
, Advice.uz” huquqiy axborot portalidan 24/7 rejimida foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida portalga sunʼiy intellekt tizimini joriy etish choralari koʻriladi.

@adliyangiliklari
#matbuot_anjumani

Samarqandda 2025-yilning 6 oyida 700 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi

🔹Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 18-iyul kuni matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Qurbonov viloyatda davlat xizmatlari ko‘rsatilishi, FHDY sohasida amalga oshirilgan ishlar, huquqbuzarlik holatlari hamda tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish holati yuzasidan ma’lumot berildi.

Ta’kidlandiki, 2025-yilning 6 oyida Samarqand viloyatidagi davlat xizmatlari markazlari tomonidan 709 733 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan. Shundan 277 336 ta xizmat onlaynmy.gov.uz portali orqali, 432 397 ta xizmat esa markazlar orqali amalga oshirilgan. Shuningdek, 100 678 ta murojaat turli sabablarga ko‘ra rad etilgan.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida 5 536 ta qonunbuzilish holati aniqlanib, ularning asosiy qismi xizmat muddatlarini buzish, ortiqcha hujjat talab qilish va murojaatlarni asossiz rad etish holatlaridan iborat bo‘ldi. Bu holatlar yuzasidan mutasaddi rahbarlar nomiga 46 ta taqdimnoma, 922 ta ogohnoma yuborilgan, 242 nafar shaxsga bayonnoma rasmiylashtirilib, 25 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Shu bilan birga, joriy yilning birinchi yarim yilligida 10 012 ta tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Ularning 3 447 tasi yuridik shaxs, 6 565 tasi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritmoqda.

Markazlar orqali o‘tgan davrda 9 382 ta ID-karta, 27 894 ta xorijga chiqish biometrik pasporti hamda 34 927 ta milliy haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirilib berildi.

— 2025-yil o‘tgan davrida davlat xizmatlari sohasida qator yangiliklar joriy etildi, — dedi M.Qurbonov. — Jumladan, “Adliya-QR” axborot tizimi joriy qilindi va bu fuqarolarga Face-ID orqali ariza ma’lumotlarini tasdiqlash, ariza natijalarini ko‘rish va xizmat sifatini baholash imkonini bermoqda. Shaxsni yuz qiyofasi orqali aniqlash tizimi ham yo‘lga qo‘yildi — hujjat taqdim etmasdan xizmat olish imkoni yaratildi. 11 ta davlat xizmati xususiy sektorga o‘tkazilmoqda. “Odil” nomli sun’iy intellekt asosidagi chat-bot ishga tushirilib, davlat xizmatlari bo‘yicha onlayn maslahat olish imkoni yaratildi. Elektron xizmatlar sonini 1000 tagacha ko‘paytirish, biznesni boshlashda kompozit xizmatini 50 taga oshirish, 20 ta “proaktiv” va 65 ta “kompozit” xizmat joriy etish rejalashtirilgan.
FHDY sohasida esa 6 oy mobaynida 49 435 ta tug‘ilish, 10 041 ta o‘lim, 10 534 ta nikoh va 2 264 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan. Nikohlarning 187 tasi chet el, 209 tasi MDH davlatlari fuqarolari bilan tuzilgan. Tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand shahri va Urgut tumani yuqori ko‘rsatkich qayd etdi.


❗️Matbuot anjumanida ishtirok etgan OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

Adliya vazirligi tomonidan Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazida “Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani va jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4🔥3👏1
#matbuot_anjumani

Adliya vazirligida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

🔸Bugun, Adliya vazirligi tomonidan “San’at va ijod himoyasi” oyligi yakunlari, erishilgan natijalar hamda sohani yanada takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalarni muhokama qilish yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi.

🔹Unda, Adliya vazirligi rahbariyati hamda oylikni munosib o‘tkazish hamda yoritishda yaqindan amaliy yordam ko‘rsatgan hamkor tashkilotlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

🔸Oktabr oyida mamlakatimiz bo‘ylab ilk marotaba o'tkazilgan oylik doirasida mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

🔹Xususan,
▪️40 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi;
▪️10 dan ortiq holatda huquqbuzarlarga nisbatan majburiy taqdimnomalar kiritildi;
▪️20 ga yaqin ogohnomalar chiqarildi;
▪️ 10 dan ortiq ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi bayonnoma sudga yuborildi.


🔸Shu bilan birga, oylik davomida 90 dan ortiq seminar-treninglar tashkil etilib, minglab talaba va tadqiqotchilarning mualliflik huquqi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

🔹Raqamlashtirish sohasida ham faol ishlar olib borildi: “Kiberxavfsizlik markazi” bilan hamkorlikda dasturiy ta’minot sohasida huquqiy himoya mustahkamlandi, 40 ga yaqin noqonuniy veb-saytlar faoliyati to‘xtatildi.

🔸Tele va radiokanallarda 20 dan ortiq ko‘rsatuv va dasturlar efirga uzatildi, 200 dan ortiq targ‘ibot postlari e’lon qilindi.

❗️Adliya vazirligi o‘zining doimiy maqsadi – muallif va ijodkorlar manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnatini qadrlash va intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirish yo‘lidagi ishlarni davom ettiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥1👏1
#matbuot_anjumani

Bugun, Adliya vazirligi tomonidan Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazida “Biznesni 15 daqiqada boshlash” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

🧑🏻‍💻Unda ommaviy axborot vositalari, blogerlar, tadbirkorlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔺Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i tomonidan tadbir ishtirokchilariga sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi xizmatlar, qulayliklar va xalqaro tajribani joriy etish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot ma'lumot berdi.

🔹Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, biznesni boshlash jarayonida davlat xizmatlarini kompleks ko‘rsatish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish maqsadida Prezidentimizning 2025-yil 14 noyabrdagi PF–214-son “Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

🔹Mazkur Farmon tadbirkorlarning ma’muriy xarajatlarini 90 milliard so‘mgacha qisqartirish, shuningdek, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik jarayonida 15 kungacha vaqtni tejash imkonini beradi.

🔹Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir vaqtning o‘zida bir qator xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, elektron raqamli imzo berish, bank hisobvaraqlarini ochish va faollashtirish, ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalarga ariza topshirish, ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini olish, onlayn nazorat-kassa mashinalarini xarid qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, yuridik shaxs rahbarini “Yagona milliy mehnat tizimi”da hisobga qo‘yish imkoniyati yaratiladi.

🔹Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga firma nomiga ega bo‘lishga ruxsat beriladi. Tadbirkorlik subyektlarining birlamchi ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, ushbu o‘zgarishlar guvohnomalar, litsenziyalar va ruxsatnomalarga idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik va bepul kiritiladi.

🔹Bundan tashqari, 2026-yil 1-martdan boshlab litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada soddalashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

🔹Farmon bilan joriy etilayotgan yangiliklar tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, biznesni tez va oson boshlash hamda ma’muriy to‘siqlarni kamaytirishga xizmat qiladi.


🔵Shu bilan birga, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga vazirlik mas'ullari tomonidan batafsil javob berildi hamda ularning takliflari tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5👏3
#matbuot_anjumani

Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha aniq natijalar va yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

🔸Bugun, O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida inson huquqlari, xususan, xotin-qizlar va bolalarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🔹 So‘nggi yillarda mazkur yo‘nalishda 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, zo‘ravonlik va tazyiqning oldini olish bo‘yicha huquqiy mexanizmlar kuchaytirildi.

📊 Amalga oshirilgan ishlar natijalari:
– 6,5 ming nafarga yaqin xotin-qizlarning huquqiy muammolari ijobiy hal etildi;
– 41 mingdan ortiq xotin-qizlarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatildi;
– 5 mlrd so‘mdan ortiq nafaqa va ish haqi undirilishi ta’minlandi;
– 500 dan ortiq xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi;
– 1 ming nafardan ortiq shaxslar bepul kasbga tayyorlash kurslariga jalb etildi.

📊Bolalar va yoshlar huquqlari bo‘yicha:
– 1 550 ta sayyor qabul o‘tkazilib, 3,3 mingga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi;
– 2 mingdan ortiq bola va yoshlarning buzilgan huquqlari tiklandi;
– 279 nafar shaxsning ish haqi va ustamalari undirilishi ta’minlandi;
– 655 nafariga imtiyoz va subsidiyalar qo‘llanildi.

❗️Shuningdek, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik xavfi yuzaga kelganda avtomatik xabar beruvchi raqamli yechimlarni joriy etish,
bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bo‘yicha ochiq reyestr yuritish tashabbuslari ilgari surildi.

🔸Bundan tashqari, xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tartibga solishni kuchaytirish, xodimlarni majburiy psixologik baholashdan o‘tkazish hamda zo‘ravonlik holatlariga nisbatan muassasalarga moliyaviy javobgarlik choralarini joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

🔹 Mazkur tashabbuslar xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥4👍3
#matbuot_anjumani

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: qonun ustuvorligi va raqamli davlat boshqaruvi muhokamada

🔹Bugun “Taraqqiyot strategiyasi” markazida takomillashtirilayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining “Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” yo‘nalishi bo‘yicha matbuot anjumani, shuningdek jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.

🔸Tadbirda Adliya vazirligi, Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda OAV va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔹 Ta’kidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini bugungi real sharoit, yangi ustuvor vazifalar va aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish zarurligi alohida qayd etilgan.

🔹 Matbuot anjumanida strategiya loyihasida davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari sohasini to‘liq raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan muhim vazifalar belgilanganligi ma’lum qilindi.

📌 Xususan:
▪️davlat xizmatlarini proaktiv va kompozit shaklda ko‘rsatish sonini kamida 400 taga yetkazish;
▪️100 dan ortiq davlat xizmatlari muddatlarini 50 foizga qisqartirish;
▪️500 ga yaqin xizmatlar tartib-taomillarini soddalashtirish;
▪️110 dan ortiq hujjat va ma’lumotlarni talab qilishni to‘liq bekor qilish;
▪️mahalliy hokimiyatlarda “byurokratiya – nol” tamoyilini to‘liq joriy etish rejalashtirilgan.


🔸Matbuot anjumani yakunida mas’ullar jurnalistlarning savollariga batafsil javob berib, takomillashtirilayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi xalqchil, ochiq va aniq natijalarga yo‘naltirilgan hujjat bo‘lishini ta’kidladilar.

📌Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🔥3
#matbuot_anjumani
#iqtibos

“FHDY sohasidagi 60 mln dan ortiq hujjatlar raqamlashtirildi va fuqarolarning oila tarkibi shakllantirildi. Endilikda davlat organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvi elektron shaklda amalga oshirilmoqda”, — A.Tashkulov.


Vazirning ta’kidlashicha, bu tizim fuqarolardan ortiqcha hujjat talab qilish amaliyotini qisqartiradi, idoralararo elektron integratsiyani kuchaytiradi hamda xizmatlarni tezkor va shaffof ko‘rsatish imkonini beradi.

Raqamlashtirilgan ma’lumotlar bazasi kelgusida proaktiv davlat xizmatlarini keng joriy etish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍51🔥1👏1
#matbuot_anjumani
#iqtibos

“Joriy yilda tug‘ilishni qayd etish harakatini 100 foiz onlayn shaklga o‘tkazish choralarini ko‘ryapmiz. Fuqaro idorama-idora yurmaydi, barcha jarayonlar elektron tizim orqali amalga oshiriladi”, — A.Tashkulov


Ta’kidlanganidek, mazkur yondashuv fuqarolar uchun ortiqcha vaqt va mablag‘ sarfini kamaytiradi. Tug‘ilish bilan bog‘liq bir qator xizmatlar – ro‘yxatga qo‘yish, nafaqa rasmiylashtirish va boshqa jarayonlar kompleks tarzda ko‘rsatiladi.

Bu esa davlat xizmatlarida “fuqaro markazda” tamoyilining amaldagi ifodasi bo‘ladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍52🔥1
#matbuot_anjumani
#iqtibos

“Strategiyaga muvofiq, aholiga notarial xizmatlarni onlayn ko‘rsatish ulushi 30 foizga yetkaziladi. Bugungi kunda 16 turdagi notarial harakatlarni masofadan turib videokonferensiya orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud”, — A.Tashkulov


Vazirning qayd etishicha, “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi 38 ta axborot tizimi bilan integratsiya qilingan. Natijada, notarial harakatlar uchun talab etiladigan hujjatlarning asosiy qismi idoralararo elektron almashinuv orqali olinmoqda.

Bu esa ortiqcha byurokratik bosqichlarni qisqartirib, notariat tizimini to‘liq raqamlashtirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
#matbuot_anjumani
#iqtibos

“Byurokratiyani bartaraf etish” dasturini ishga tushiramiz. Davlat va aholi, davlat va biznes o‘rtasidagi ortiqcha bosqichlar qisqartiriladi. Har bir xizmat soddalashtiriladi va aniq natijaga yo‘naltiriladi”, — A.Tashkulov


Qayd etilishicha, davlat xizmatlari to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, takrorlanuvchi va keraksiz talablar bekor qilinadi. Litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtiriladi, ko‘plab ma’lumotnomalar talab qilish amaliyotiga chek qo‘yiladi.

Mazkur chora-tadbirlar fuqarolar va tadbirkorlar uchun qulay, tezkor va shaffof davlat xizmatlari ekotizimini shakllantirishga qaratilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

Arxiv hujjatlari – o‘tmish va kelajakni bog‘lovchi muhim ko‘prik


Arxiv hujjatlari huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular orqali tarixiy asoslar mustahkamlanib, bugungi va kelajakdagi qarorlar uchun ishonchli manba yaratiladi.

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan jurnalistlar bilan tashkil etilgan muloqot aynan arxiv hujjatlari bilan tanishuvdan boshlandi. Unda tizimda hujjatlar saqlovi zamon talablariga mos ravishda yo‘lga qo‘yilgani, xavfsizlik, tezkorlik va qulaylik asosiy tamoyil ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, matbuot anjumani davomida adliya organlarida olib borilayotgan islohotlar, raqamlashtirish jarayonlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda sohaga joriy etilayotgan yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Qizg‘in muloqot davomida jurnalistlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarga ham atroflicha javob qaytarildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani
#live

O’zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga qo’shilish jarayoni qanday ketayotgani yuzasidan savolga javob berilmoqda…
👍73🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani
#live

Ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha elektron hisob-kitob tizimi yuzasidan savolga javob berilmoqda
👍43🔥1😢1
#matbuot_anjumani
#hisobot

2025-yil yakunlari sarhisobi muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda tizimda amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, hisobot davrida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, davlat xizmatlarini yanada qulaylashtirish va huquqiy madaniyatni oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 258 ta normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilib, 30 turdagi ortiqcha hujjat talab qilish amaliyoti bekor qilindi.

Shuningdek, “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy etilib, tadbirkorlik subyektlariga bir vaqtning o‘zida 7 ta xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. “Proaktiv qonunchilik” asosida yangi hujjatlar haqida avtomatik xabardor qilish tizimi ishga tushirildi hamda 1600 ta majburiy talab bekor qilindi.

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida 1 milliondan ortiq targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida 1,8 millionga yaqin xonadon o‘rganildi. Natijada aniqlangan muammolarning 97 foizi ijobiy hal etildi, minglab fuqarolarning huquqlari tiklandi.

Bundan tashqari, 2025-yilda 61 milliondan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilib, xizmatlar muddati keskin qisqartirildi. Notariat va ta’lim tizimida raqamlashtirish ishlari kengaytirilib, yangi innovatsion platformalar joriy etildi.


Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning savollariga batafsil javoblar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5🔥2👏1😢1
#Matbuot_anjumani

📢 Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi!

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat hokimligining 2026-yil aprel–may–iyun oylariga mo‘ljallangan media-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — fuqarolarning huquqiy bilimlarini yanada boyitish va bu borada amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlarini keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat bo‘ldi.

🔹Matbuot anjumani davomida quyidagi muhim masalalar yoritildi:
🔹 Prezident Farmoni (PF–246) asosida naqdsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish
🔹 “Davlat hisobidan yuridik yordam to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
🔹 Aholi o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari

💬 Tadbir davomida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.

🤝 Ochiqlik, shaffoflik — adliya organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
#Matbuot_anjumani

Markaz faoliyati bo‘yicha
matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan 2025-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobot yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o’tdi.

Tadbirda Lex.uz sayti faoliyati, bugungi kunda saytning dunyo bo‘ylab keng qamrovi, normativ hujjatlarning yangilanishi, platformaga o‘zbek tili va boshqa tillarda hujjatlar joylashtirilgani bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, “Huquqiy axborot” rasmiy telegram kanali faoliyati hamda huquqiy axborotni yetkazishdagi boshqa innovatsion loyihalar, shu jumladan, sunʼiy intellekt asosida xizmat koʻrsatuvchi “LexAI” platformasi imkoniyatlari bo’yicha ma’lumot berib o’tildi.

Shu bilan birga, “Inson va Qonun” gazetasi hamda “Huquq va Burch” jurnali birlashgan tahririyatining faoliyati, xorijiy aloqalar sohalarini isloh qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda Markaz tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqboldagi loyihalar to’g’risida ham axborot berildi

Tadbir so‘ngida, zamonaviy raqamli xizmatlar va axborot tizimlarini rivojlantirish borasidagi yangiliklar taqdim etildi, mavjud muammolar muhokama qilindi, mutaxassislar va OAV vakillari bilan ochiq muloqot o‘rnatilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍8🔥3
#matbuot_anjumani

“O‘zarxiv” agentligi tomonidan
matbuot anjumani tashkil etildi

2026-yil 15-iyul kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda arxiv sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida arxiv hujjatlarini saqlash va raqamlashtirish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, davlat nazorati natijalari, xalqaro hamkorlik, normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi hamda joriy yilning ikkinchi yarmida amalga oshiriladigan muhim yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

BATAFSIL: https://gov.uz/oz/archive/news/view/193599



“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
1👍1