ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#mehnat_yarmarkasi

Toyloqda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yarmarka o‘tkazildi


Adliya vazirligi tashabbusi bilan joylarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari o'tkazilmoqda.

Samarqand viloyati, Toyloq tumanida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi natijasida 2 nafar ishsiz xotin-qiz tumandagi 28- va 44-maktabgacha ta’lim muassasalariga ingliz tili o‘qituvchisi sifatida ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi.

Mazkur tashabbus xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish yo'lida xizmat qilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#adliya_hudud

Namanganda keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan qarori ijrosi doirasida Mingbuloq tumani Madaniyat markazida xotin-qizlar va yoshlar uchun keng qamrovli tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratilib, 62 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, shundan 6 nafariga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir doirasida 14 nafar xotin-qizlarga psixologik maslahatlar ko‘rsatildi, yoshlar ishtirokida vatanparvarlik ruhidagi amaliy tadbirlar tashkil etildi.

Ayni kuni ajrim yoqasiga kelib qolgan 5 ta oila bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning 3 tasida yarashuvga erishildi.

Davlat xizmatlari markazi tomonidan 10 ta sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi, FHDY bo‘limi tomonidan esa 2 ta oilaga nikoh guvohnomasi topshirildi.

Mazkur tadbir aholi, ayniqsa xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Andijonda fuqaroning ko‘p yillik muammosi ijobiy hal etildi

Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasi doirasida xotin-qizlarning huquqiy muammolarini hal etish hamda ularning huquqiy madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu doirada Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi fuqaro Surayyo Rahmatullayevaning bir necha yillik muammosi adliya organlari ko‘magida ijobiy hal etildi. Xususan, tuman adliya bo‘limi tomonidan uning O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab kelayotganlik faktini tasdiqlash yuzasidan sudga kiritilgan da’vo ariza qanoatlantirildi.

Bugun Surayyo Rahmatullayeva amaldagi qonunchilik hamda adliya organlari faoliyatidan mamnunligini bildirdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍4
#Adliya_xabari

Konstitutsiyaviy islohotlar – xalqaro muloqot markazida

2026-yil 18-mart kuni Qozog'iston Respublikasining Ostona shahrida “Konstitutsiyaviy modernizatsiya: referendumdan keyingi muloqot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

Unda Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi vakillari, jumladan Markaz direktorining birinchi o'rinbosari A.Karimov onlayn formatda ishtirok etdi.

Tadbir davomida Qozog'istonda o'tkazilgan umumxalq referendumi yakunlari, yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati hamda uning fuqarolar huquqlarini ta'minlash va davlat rivojidagi ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur konferensiyada konstitutsiyaviy islohotlarning strategik yo'nalishlari va ularning huquqiy tizimga ta'siri yuzasidan ekspertlar tomonidan qator taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
5🔥2👍1👏1
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri A.Tashkulov Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda viloyat davlat arxivi faoliyati bilan tanishdi.

Tadbir davomida Adliya vaziri Samarqand viloyat davlat arxivida arxiv hujjatlarining saqlanish holati, hujjatlarni raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Samarqand viloyat davlat arxiviga 2026-yilda qurilishi rejalashtirilgan yangi qo‘shimcha saqlovxona binosi loyihasi ham ko‘zdan kechirilib, loyiha bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
🔥5