ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
❗️Transplantatsiya amaliyoti uchun tibbiy xulosalar berish tartibi belgilandi


Adliya vazirligi Inson aʼzolarini transplantatsiya qilish haqida retsipiyentlar va donorlarga tibbiy xulosalar berish bo‘yicha nizomni ro‘yxatdan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3706, 2025-yil 21-noyabr).

🔹Mazkur Nizomda retsipiyent va donorlarni tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish hamda transplantatsiya amaliyoti uchun tibbiy xulosalar berish tartibi belgilandi.

🔹Nizomga ko‘ra, retsipiyent va tirik donor tibbiyot muassasalarida 3 oy ichida har taraflama tibbiy tekshiruvlardan (laborator tahlillar, immunologik testlar, instrumental tekshiruvlar, shifokor maslahatlaridan) o‘tishi kerak.

🔹Tibbiy tekshiruv xulosalariga ko‘ra transplantatsiya amaliyotiga ruxsat berish faqat Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 333-son qarorida ko‘rsatilgan davlat tibbiyot muassasalarining tibbiy konsiliumi tomonidan amalga oshiriladi.

🔹Tibbiy konsilium tibbiy tekshiruv xulosalaridan kelib chiqib retsipiyentga inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi, donorga esa transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi toʻgʻrisida tibbiy xulosani beradi yoki berishni rad etadi.

🔹Transplantatsiya amaliyoti insonning koʻrish, nutq, eshitish qobiliyatining yoʻqolishiga yoki ruhiyatning buzilishiga, mehnat qobiliyatining 33 foizdan ortiq barqaror yoʻqolishiga yoki sogʻligʻini boshqa buzilishlariga sabab boʻladigan tarzda ziyon yetkazishiga olib kelsa retsipiyent va donorga tibbiy xulosani berish rad etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#Adliya_tanlov

📣📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola tayyorlagan ijodkorlar eʼtirof etiladi.

Bunda Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni targʻib qiluvchi eng yaxshi ijodiy ishlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yilning 1-yanvaridan 1-dekabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar mualliflar tomonidan Telegramdagi @axborot_xizmati_AV elektron manziliga yuboriladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola”.
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi blogpost”.

🗓 Muddat: 2025-yil 1-dekabrgacha.

Saralab olingan ishlar mualliflari esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1👏1🎉1
❗️Adliya vazirligi Taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 2431-5, 2025-yil 21-noyabr).


Unga ko'ra, oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida oʻqish uchun toʻlov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹toʻlov miqdorining kamida 25 foizi – abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha hamda yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;

🔹to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha va 100 foizi 1-maygacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi.

Bunda, Davlat komissiyasi yuqoridagi toʻlov muddatlarini uzaytirishi mumkin.

💸Kontraktdan tushgan mablagʻlar xorijiy oliy ta‘lim tashkilotlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va ularning stajirovka o‘tashlariga sarflanishi mumkin.

💰Shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari o‘z talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida bir yilda bir talabaga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam koʻrsatishi mumkin bo‘ladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥3👏2
❗️Adliya vazirligi Retsipiyentlar va donorlarni inson aʼzolari transplantatsiyasi amaliyotiga tayyorlash va ularning amaliyotdan keyingi reabilitatsiyasi haqidagi nizomni ro‘yxatdan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3708, 2025-yil 21-noyabr).


Mazkur Nizomda davlat tibbiyot muassasalarida retsipiyentlar va donorlarni transplantatsiya amaliyotiga tayyorlash va ularning amaliyotdan keyingi reabilitatsiyasi va kuzatuvda boʻlish tartibi belgilandi.

🔹Nizomga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 333-son qarorida ko‘rsatilgan davlat tibbiyot muassasalari retsipiyentlar va donorlarni transplantatsiya amaliyotiga tayyorlashdan oldin, ularning sog‘lig‘i bo‘yicha maxsus tibbiy tayyorlov choralarini amalga oshiradi.

🔹Retsipiyent va donordan transplantatsiya amaliyotidan oldin rozilik olinadi hamda u videoyozuvga qayd etiladi.

🔹Retsipiyentlar va donorlar transplantatsiyasi amaliyotidan so‘ng 21 kungacha reabilitatsiyada bo‘ladi, reabilitatsiyadan keyin esa ular hududiy tibbiyot muassasalarida dispanser nazoratiga olinadi.

🔹Retsipiyentlar dispanser nazoratida bo‘lgan vaqtda shifokorlar tomonidan bepul immunosupressiv dori vositalari bilan ta’minlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Adliya_xabari

📌 Jizzaxda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan shaxslar 1 609 nafarga yetdi.

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining joriy yil 24-noyabr kungi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada jami 325 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1🔥1
#Adliya_aralashgach
#Termiz_shahar

Adliya — adolat manzili, inson orzulari ro‘yob topadigan maskan.

Ba’zan inson orzusi yillar davomida pishib, sinovlardan o‘tadi. Termiz shahrida yashovchi fuqaro ham 26 yildan buyon O‘zbekistonni o‘z yurti deb bilgan, ammo birgina huquqiy to‘siq — fuqarolik maqomi masalasi uni qiynab kelgan edi.

U turli idoralarga murojaat qilgan, biroq “bu masalaning yechimi yo‘q” degan mazmundagi javoblardan so‘ng umidi so‘na boshlagan. So‘nggi chora sifatida u ko‘zida yosh bilan Adliya eshigini taqillatdi.

Termiz shahar adliya bo‘limi holatni chuqur o‘rganib, qonuniy , vakolat doirasida amaliy harakatni boshladi. Dastlab fuqaroning yashaganlik faktini belgilash bo‘yicha sudga ariza kiritildi. Sud mazkur arizani ko‘rib chiqib, uni qanoatlantirdi.

Sudning hal qiluv qarori asosida esa fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shunday qilib, 26 yillik orzu nihoyat ro‘yobga chiqdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍41🔥1👏1🎉1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2025-yil 21-noyabrdagi buyrug‘i bilan “Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlandi.

🔹 Reyestr — jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin bo‘lgan davlat xizmatlari bo‘yicha yagona ochiq ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.
🔹 Har bir xizmat bo‘yicha pasport shakllantiriladi: unda xizmat nomi, tartibi, talab qilinadigan hujjatlar, to‘lov miqdori, ko‘rsatish muddati va natijasi kabi ma’lumotlar jamlanadi.
🔹 Yagona reyestr “Davlat xizmatlari” onlayn axborot tizimi orqali shakllantiriladi va yuritiladi.
🔹 Yangi xizmatlarni kiritish, eskirganlarini chiqarish yoki ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
🔹 Adliya vazirligi reyestrning to‘liq va yangilangan yuritilishini ta’minlaydi, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar esa o‘z ma’lumotlarini o‘z vaqtida yangilashga mas’ul bo‘ladi.

📌 Ushbu tartib davlat xizmatlarining shaffofligi, qulayligi va fuqarolar uchun ochiqligini ta’minlashga qaratilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🔵Endilikda fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga faqat bitta pasport bilan murojaat qilib, doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Ushbu tartib fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada soddalashtirish hamda ortiqcha hujjatlar talabini kamaytirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3
Adliya vazirligi delegatsiyasi Ozarbayjonda

🔹O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ishchi guruhi joriy yilning 24–28-noyabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahriga xizmat safarida bo'ladi.

🔹Safar maqsadi – aholiga va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish, ilg‘or xorij tajribalarini o‘rganish.

❗️Delegatsiya a’zolari xizmat safari davomida:
🔹 “ASAN Xidmət” markazlari faoliyati, elektron navbat tizimi va raqamli xizmatlar bilan tanishmoqda;
🔹 davlat xizmatlari dizayni, monitoring, ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt bo‘limlari bilan uchrashuvlarda ishtirok etmoqda;
🔹 tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining elektronlashuvi bo‘yicha tajriba almashmoqda;
🔹 “INNOLAND”, “ABAD”, “Bilim Bakı”, ASAN mobil avtobus kabi innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishmoqda.

Mazkur xizmat safari davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qulaylik, shaffoflik va samaradorlikni oshirish, shuningdek O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
🖥Startapingizni g‘oyadan biznesgacha olib chiqadigan bepul qo‘llanma!

🌐Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) va Adliya vazirligi hamkorligida o‘zbek tiliga moslashtirilgan “G‘oyalarni tijoratlashtirish: startaplar uchun intellektual mulk bo‘yicha qo‘llanma” endi bepul yuklab olish uchun ochiq.

❗️Ushbu qo‘llanma:
startaplar va tadbirkorlarga patentlar, tijorat siri, mualliflik huquqi, tovar belgilari, sanoat namunalari kabi vositalarni sodda tilda tushuntiradi;
intellektual mulkni biznes modeliga qanday integratsiya qilish va undan raqobat ustunligi yaratish yo‘llarini ko‘rsatadi;
bozorda raqobatchilarni oldinga o‘tkazib yubormaslik, xavflarni boshqarish va nizolardan qochish bo‘yicha aniq metodik tavsiyalar va misollar beradi;
texnologiyani g‘oyadan tayyor mahsulotgacha olib kelish bosqichlarini (TTD) tushuntiradi va investorlar ko‘zi bilan qarashni o‘rgatadi.

Qo‘llanma kimlar uchun?
• o‘z innovatsion texnologiyasini bozorga chiqarishni rejalashtirayotgan startaplar uchun;
brend, dastur, servis yoki yangi biznes g‘oyasini himoya qilishni xohlayotgan tadbirkorlar uchun;
intellektual mulk tizimi tamoyillarini amaliy misollar orqali o‘rganmoqchi bo‘lgan talabalar va startap ekotizimi ishtirokchilari uchun.

📥Qo‘llanmani yuklab oling, g‘oyalaringizni himoya qiling va ularni barqaror biznesga aylantiring.

https://www.wipo.int/export/sites/www/sme/en/documents/guides/customization/enterprising-ideas-uz-uzb.pdf

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
Forwarded from Rasmiy axborot
⚠️ Havoni ifloslantirayotgan ishlab chiqarishlarga qarshi qat’iy choralar ko‘riladi

➡️Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Administratsiya hamda aloqador idoralar rahbariyati ishtirokida Toshkent shahridagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

➡️Mavjud vaziyatga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillar, odamlar salomatligi va ekologiyaga salbiy ta’sirni kamaytirish yo‘llari atroflicha ko‘rib chiqildi.

➡️Yig‘ilishda o‘rnatilgan me’yorlar buzilgan hollarda havoni ifloslantirayotgan ishlab chiqarishlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Odamlar salomatligi haqida gap ketganda, murosaga o‘rin yo‘q va bu tamoyil davlat uchun ham, biznes uchun ham birdek amal qilishi kerak,- dedi Administratsiya rahbari S.Mirziyoyeva.


➡️Saida Shavkatovna shu kunlarda tezkor tartibda ishlab chiqilgan ekspert xulosalariga asoslanib, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan, tezkor choralardan tortib, kelgusida bunday holatlar takrorlanishining oldini olishga qaratilgan tizimli yechimlargacha qamrab olgan kompleks takliflarni ilgari surdi.

➡️Xususan, ekologik nazoratni kuchaytirish, ifloslantiruvchi obyektlar faoliyatini cheklash, qurilishga qo‘yiladigan talablarni qat’iylashtirish, shaharni keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirish va havo sifatini nazorat qilishning zamonaviy tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Mualliflik_huquqi

Amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese’ning mualliflik huquqi buzilgani bo‘yicha chora ko‘rildi

🔹Ijtimoiy tarmoqlarda tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese uning 15 yil davomida ingliz tiliga (“Bygone Days”) tarjima qilgan “O‘tkan kunlar” asarining ruxsatsiz elektron shaklda tarqalayotgani haqida murojaat qilgan.

🔹Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘rganish o‘tkazildi. Natijada ushbu asar Mark Rizedan ruxsat olinmasdan, hech qanday shartnomasiz to‘liq holda elektron shaklga o‘tkazilgani va unilibrary.uz tizimiga joylangani aniqlandi.

🔹Aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha universitet mas’ullari yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborildi. Sud qaroriga ko‘ra, mas’ul xodimga 2 060 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi hamda asarning elektron nusxasi unilibrary.uz tizimidan o‘chirildi.

🔹Shuningdek, kelgusida bunday huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida universitetda mualliflik va turdosh huquqlarga rioya qilish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

‼️ Ma’lumot uchun: Tarjimon Mark Reesega “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 65-moddasiga muvofiq, zararni qoplash uchun huquqbuzardan BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon talab qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21👍1🔥1
#Adliya_tanlov

📣📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola tayyorlagan ijodkorlar eʼtirof etiladi.

Bunda Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni targʻib qiluvchi eng yaxshi ijodiy ishlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yilning 1-yanvaridan 1-dekabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar mualliflar tomonidan Telegramdagi @axborot_xizmati_AV elektron manziliga yuboriladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola”.
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi blogpost”.

🗓 Muddat: 2025-yil 1-dekabrgacha.

Saralab olingan ishlar mualliflari esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍1🔥1👏1