ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach
#Termiz_shahar

Adliya — adolat manzili, inson orzulari ro‘yob topadigan maskan.

Ba’zan inson orzusi yillar davomida pishib, sinovlardan o‘tadi. Termiz shahrida yashovchi fuqaro ham 26 yildan buyon O‘zbekistonni o‘z yurti deb bilgan, ammo birgina huquqiy to‘siq — fuqarolik maqomi masalasi uni qiynab kelgan edi.

U turli idoralarga murojaat qilgan, biroq “bu masalaning yechimi yo‘q” degan mazmundagi javoblardan so‘ng umidi so‘na boshlagan. So‘nggi chora sifatida u ko‘zida yosh bilan Adliya eshigini taqillatdi.

Termiz shahar adliya bo‘limi holatni chuqur o‘rganib, qonuniy , vakolat doirasida amaliy harakatni boshladi. Dastlab fuqaroning yashaganlik faktini belgilash bo‘yicha sudga ariza kiritildi. Sud mazkur arizani ko‘rib chiqib, uni qanoatlantirdi.

Sudning hal qiluv qarori asosida esa fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shunday qilib, 26 yillik orzu nihoyat ro‘yobga chiqdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍41🔥1👏1🎉1
#Adliya_aralashgach
#Termiz_shahar

20 nafar xodimga 181 500 000 so‘m homiladorlik va tug‘ish ta'tili puli to‘lab berildi


Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan murojaatlar asosida shahar tibbiyot birlashmasi monitoring qilingandan 20 nafar xodimga jami 181 502 040 so‘m miqdoridagi homiladorlik va tug‘ish ta'tili pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan, adliya bo‘limi tomonidan to‘lovlarning kechiktirilganlik holati bo‘yicha Termiz shahar tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma ta'sir chorasi qo‘llanildi.

Adliya aralashuvi bilan Termiz shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan 20 nafar xodimga homiladorlik va tug‘ish ta'tili pullari to‘liq to‘lab berilishi natijasida ushbu xodimlarning buzilgan huquqlari tiklandi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3👍1