#adliya_xabari
📚 Qashqadaryoda “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida ochiq davra suhbati o‘tkazildi
Bugun Qashqadaryo viloyat Ma’naviyat maskanida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi, viloyat Madaniyat boshqarmasi, “O‘zbekkonsert” DM Qashqadaryo viloyat bo‘limi, viloyatdagi nashriyotlar hamda san’at va ijod sohasida faol shaxslar ishtirokida “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida ochiq davra suhbati tashkil etildi.
🟢 Tadbirda oylik doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi ijrosi muhokama qilinib, ijodkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalari atroflicha yoritildi.
📘 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Navoiy_viloyati
Adliya organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

❤1👍1
#Adliya_xabari
❗️ Quvasoy shahridagi "Bunyodkor yoshlar sanoat zonasi"da tadbirkorlarning tovar belgilari o'rganildi
✅ Adliya vazirligi vakillari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularning tovar belgilari bo'yicha muammolari o‘rganildi.
✅ Tadbirkorlar faoliyati bilan tanishilib, ularga o‘z brendiga ega bo‘lish tartibi va afzalliklari to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.
✅ 2025-yil 8-avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ–1080-son Qonunning mazmun-mohiyati tadbirkorlik subyektlariga batafsil tushuntirildi.
✅ Tadbir davomida, tadbirkorlar intellektual mulk sohasiga oid savollariga javob olishi va vakolatli organga joyida murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1👍1👏1
✅Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish qonun hujjati bilan tartibga solinmoqda.
🔸Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O‘zbekiston Respublikasining “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joriy yilning 7-oktabr kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida koʻrib chiqildi.
🔸Qonun loyihasining qabul qilinishi aholining salomatligi va osoyishtaligini har qanday zararli shovqinlar ta’siridan himoya qilish borasida samarali huquqiy mexanizmlarni yaratishga xizmat qiladi.
🔹Muhokama natijalariga koʻra, Qonun loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilinib, Oliy Majlis Senatiga yuborildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔸Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O‘zbekiston Respublikasining “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joriy yilning 7-oktabr kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida koʻrib chiqildi.
🔹Mazkur qonun loyihasi bilan fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘ini amaldagi yetti soatdan (soat 23.00 dan 06.00 gacha) sakkiz soatga (soat 23.00 dan 07.00 gacha), dam olish kunlari va qonunchilik bilan belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari esa soat 22.00 dan 09.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘iga o‘zgartirish taklif etilmoqda. Ushbu vaqt oralig‘ida fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.
Aholi istiqomat qiladigan ko‘p kvartirali uylarda shovqining yo‘l qo‘yiladigan darajasidan oshadigan qurilish va ta’mirlash ishlarini ish kunlari soat 09.00 dan 18.00 gacha amalga oshirish mumkinligi belgilab qo‘yilmoqda.
Shuningdek, shovqinning zararli ta’siri natijasida yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya sud tartibida undirilishi, kompensatsiya to‘lash shovqinning zararli ta’sirining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni bajarishdan ozod etmasligi, shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasidan yuqori bo‘lgan mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning mehnati uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka asosan oshirilgan miqdorda haq to‘lanishi belgilanmoqda.
🔸Qonun loyihasining qabul qilinishi aholining salomatligi va osoyishtaligini har qanday zararli shovqinlar ta’siridan himoya qilish borasida samarali huquqiy mexanizmlarni yaratishga xizmat qiladi.
🔹Muhokama natijalariga koʻra, Qonun loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilinib, Oliy Majlis Senatiga yuborildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤2👍2🔥1
#Adliya_aralashgach
#Samarqand_viloyati
HAQIQAT QAROR TOPDI: ISHDAN BO'SHATISH NAFAQALARI QONUNIY TARTIBDA UNDIRILDI.
✅ Fuqaro D.N. Pastdarg‘om tumanidagi maktabda harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari – direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Ishdan bo‘shatilgach, unga Mehnat kodeksining 173-moddasiga binoan to‘lanishi lozim bo‘lgan nafaqa berilmaganligi bois tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.
✅ Pastdarg‘om tuman adliya bo‘limi tomonidan mazkur holat o‘rganilib, sudga da’vo arizasi kiritildi natijada fuqaro D.Nga 3 391 080 so‘m mablag‘ undirib berildi.
✅ Shu bilan birga, boshqa maktablarda ham o‘rganish o‘tkazilib, shunga o‘xshash yana 23 ta holatda jami 71 212 380 so‘m miqdorida ishdan bo'shatish nafaqalari qonuniy tartibda egalariga undirib berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Samarqand_viloyati
HAQIQAT QAROR TOPDI: ISHDAN BO'SHATISH NAFAQALARI QONUNIY TARTIBDA UNDIRILDI.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3❤2👍1
#Adliya_aralashgach
#Jizzax_viloyati
Zarbdor tumani adliya bo‘limi tomonidan “Toza hudud” davlat muassasasi Zarbdor tuman bo‘limida ishlayotgan fuqaro Sh.E va boshqa xodimlarning ish haqlari berilmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari o‘rganib chiqildi.
❗️Aniqlanishicha, fuqaro E.Sh va jami 30 nafar xodimlarga 2025-yilning o'tgan oylari uchun jami 145 019 900 so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari hozirgi kuniga qadar to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
‼️Vaholanki, Mehnat kodeksining 253-moddasiga asosan, xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.
✅Yuqoridagilarga ko‘ra, aniqlangan qonunbuzilishi holati yuzasidan “Toza hudud” davlat muassasasiga taqdimnoma ta’sir chorasi kiritilib, jami 145 019 900 so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar xodimlarga to‘lab berilishi ta’minlandi.

❤4