ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️Farg'onada intellektual mulk obyektlarini ro'yxatdan o'tkazish va ularni himoya qilish bo'yicha targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Rishton tuman davlat xizmatlari markazida "Turn key" tamoyili asosida intellektual mulk obyektlarini ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha o‘rganishlar olib borildi.

Ishchi guruh Rishton tumanidagi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishib, ularga o‘z brendiga ega bo‘lish tartibi va afzalliklari to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berdi.

Tadbirkorlik subyektlariga O'zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O'RQ–1080-son Qonuni mazmun-mohiyati ham batafsil tushuntirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥43
#qulaylik

🧰 Endilikda yuridik shaxslarni - tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayonlari yanada xavfsiz:

tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazishda shaxsni tasdiqlanishning biometrik identifikatsiya qilish usuli - Face-ID orqali muasssislar roziligini olish imkoniyati yaratildi.

❗️Eslatma: tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va "new.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali qabul qilinadi.


🌟 Unutmang, biz Sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
#Adliya_xabari

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi delegatsiyasi Minskda: huquqiy axborot va raqamlashtirish sohasida hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda


Joriy yilning 8 – 10-oktyabr kunlari Minsk shahrida Belarus Respublikasining Milliy qonunchilik va huquqiy axborot markazi tomonidan tashkil etilgan VII Kuzgi ilmiy sessiya – xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur sessiyada:

▪️Axborot xavfsizligini huquqiy ta’minlash;
▪️Norma ijodkorligi jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish;
▪️Fuqarolik huquqiy munosabatlarga oid masalalar;
▪️Shartnomaviy huquq transformatsiyasi
kabi bir qator muhim va dolzarb mavzularni qamrab olgan 9 ta yo‘nalish bo‘yicha kichik sessiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sessiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktorining birinchi o‘rinbosari A. Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasida huquq sohasida amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish, biznes uchun adolatli huquqiy muhit yaratish, sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash hamda advokatura institutining salohiyatini oshirish kabi ustuvor vazifalar bo‘yicha, shuningdek, mamlakatimizda huquqiy axborotni aholiga yetkazish, ushbu sohani raqamlashtirish, jumladan, Lex.uz qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi hamda sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan “LexAI” platformasi haqida axborot berildi.


Foydali fikr almashuvlarga boy tarzda o‘tayotgan ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tadbirlari davom etmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
#Adliya_xabari

❗️Qo'qon shahridagi tadbirkorlarga tovar belgilari yuzasidan seminar o'tkazildi

Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga o‘z brendiga ega bo‘lish hamda uning afzalliklari to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbir davomida tadbirkorlar intellektual mulk sohasiga oid savollarga javob olish hamda vakolatli organlarga joyida murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, 2025-yil 8-avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ–1080-son Qonunning mazmun-mohiyati tadbirkorlik subyektlariga batafsil tushuntirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏21