ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Qulaylik

⚡️Endilikda ariza natijasini olish uchun markazga qayta borishingiz shart emas!

💠Telefon raqamingizga SMS xabarnoma orqali ariza raqami bilan birga murojatingiz natijasini olish uchun havola hamda tekshirish paroli yuboriladi.

❗️Ushbu havolaga o’tgandan so’ng tekshiruv parolini kiritasiz va ariza javobini yuklab olishingiz mumkin!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qulaylik

To‘lovlarni tez va oson amalga oshiring

✅ Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib o‘tirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yo‘q.

📲 Buning uchun ommabop to‘lov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, to‘lovni osongina amalga oshiring.

💳 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” to‘lov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#qulaylik

📨 Xorijga chiqish biometrik pasportini Siz istagan manzilga yetkazib beramiz!


🚗 Endilikda tayyor bo'lgan xorijga chiqish pasportini olish uchun migratsiya bo'linmalari yoki davlat xizmatlari markazlariga borishingiz shart emas.

✅ Buning uchun ariza berayotganda xorijga chiqish pasportini pochta orqali yetkazib berilishini ko‘rsatsangiz kifoya.

💰Bunda pochta xarajatlari xizmatdan foydalanuvchi hisobidan qoplanadi.

⌛️Tayyor bo'lgan xorijga chiqish pasporti pochta xizmati orqali 1-2 ish kunida yetkazib beriladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi PQ-380-son qarori.

✨ Unutmang, biz Sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#qulaylik

🧰 Endilikda yuridik shaxslarni - tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayonlari yanada xavfsiz:

✅ tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazishda shaxsni tasdiqlanishning biometrik identifikatsiya qilish usuli - Face-ID orqali muasssislar roziligini olish imkoniyati yaratildi.

❗️Eslatma: tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va "new.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali qabul qilinadi.


🌟 Unutmang, biz Sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qulaylik

☄️ Noturar ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlaringizni kompozit tarzda ro'yxatdan o'tkazing!

✅ Yuridik shaxslar o'rtasidagi noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish, unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni kompozit tarzda taqdim etamiz:

1️⃣Ariza beruvchilar xizmatdan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladilar;

2️⃣ Markaz ariza beruvchilarning shaxsini aniqlaydi va shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi hamda shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi;

3️⃣ Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va davlat reyestridan ko‘chirmani Markazga yuboradi;

4️⃣ Markaz ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi.

✨ Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

🚀Telegram |📷 Instagram |🔵 Facebook | ▶️ YouTube | 🚀 Bot
❤1