ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
❤1
ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari Joriy yilning 1-iyulidan barcha tuman va shaharlarda bosqichma-bosqich “Madad” nodavlat tashkilotining maslahat byurolari tashkil etiladi AOKAda o‘tkazilgan Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tizimda joriy…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Alisher Karimov,
adliya vaziri oʻrinbosari:


— Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining matbuot anjumanida bildirilgan fikri va mulohazalari boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi. Holat vazirlik tomonidan oʻrganilib chiqilmoqda. Natijada holatga huquqiy baho beriladi, bu haqida jamoatchilik xabardor qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangandek, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. Davlat xalqning idorasini ifoda etadi va uni manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va uning mansabdor shaxslari xalq oldida masʼul, yaʼni hisobdorlik prinsipi Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan. Adliya vazirligining faoliyati ham ochiqlik va hisobdorlik tamoyillari asosida yoʻlga qoʻyilgan. Davlat byudjeti masalalarida xalq, jamoatchilik davlat byudjetning ijrosini, uni shakllantirilishi va sarf-xarajatlari masalalari boʻyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqiga ega.


@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida may oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi


Mirjalol Davronbekovich Allakuliyev Adliya vazirligi markaziy apparatining may oyidagi eng yaxshi xodimi sifatida eʼtirof etildi.

Mirjalol Allakuliyev 1988-yilda Xiva tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat yuridik institutining bakalavriati (2012-y.) va magistraturasini (2014-y.) tamomlagan. Mutaxassisligi — huquqshunos.

Adliya vazirligidagi mehnat faoliyatini u 2008-yilda vazirlik rahbariyati qoshidagi apparatning qabulxona kotibi sifatida boshlagan.

2014–2018-yillarda vazirlik boshqarmalarida turli lavozimlarida ishlagan. 2013–2021-yillarda Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan, shu jumladan, 2018–2021-yillarda mazkur boshqarmani boshqargan. 2021–2022-yillarda Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan. 2022-yil 12-maydan Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshligʻi sifatida faoliyatini davom etmoqda.

Mirjalol Allakuliyev qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqish, ularni huquqiy, korrupsiyaga qarshi ekspertizalardan oʻtkazish kabi yoʻnalishlarda samarali mehnat qilib kelmoqda. Misol uchun, ekspert-tahlil guruhi faoliyatida 50 dan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shu jumladan investitsiyalarni jalb qilish va biznes yuritish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan hujjat loyihalari hamda axborot-tahliliy maʼlumotlar ishlab chiqildi va tegishli tashkilotlarga kiritildi. Shuningdek, M.Allakuliyev rahbarligida Qonunchilik departamenti boshqarmalari tomonidan 800 dan ortiq qonunchilik hujjatlari yuzasidan huquqiy, korrupsiyaga qarshi ekspertizalardan oʻtkazildi, tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha xulosalar berildi.

Adliya vazirligi jamoasi Mirjalol Allakuliyevni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi hamda kelgusidagi ishlarida gʻayrat va shijoat hamroh boʻlishini tilaydi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

🖥 Toshkent davlat yuridik universitetida masofaviy taʼlimni tashkil etilishi haqida maqola AQShning nufuzli ilmiy jurnalida chop etildi

AQShning Boston kolleji Huquq maktabi professori Joan Blumning “Oʻzbekiston va AQShda yuridik masofaviy taʼlim jarayonida talabalar faolligini taʼminlash masalalari” mavzusidagi maqolasi Journal of Legal Education nomli nufuzli xalqaro ilmiy jurnalda chop etildi.

Maʼlumot uchun: Jurnal of Legal Education (ISSN 0022-2208) Amerika huquq maktablari assotsiatsiyasining nashri boʻlib, “Scopus” maʼlumotlar bazasida indeksatsiyalanadi. Jurnalning asosiy maqsadi yuridik taʼlim va unga aloqador masalalar, shu jumladan, yuridik kasb, huquq nazariyasi va yuridik fanlar boʻyicha boy gʻoyalar va maʼlumotlar almashinuvini taʼminlashdir.

Maqola muallifi Joan Blum AQSHning Harvard universitetini (1975) va Kolumbiya Huquq maktabini (1978) tamomlagan. U 2017-yildan beri Toshkent davlat yuridik universiteti bilan turli dasturlar doirasida hamkorlik qilib keladi.

Maqolada muallif tomonidan pandemiya davrida qisqa muddat ichida TDYUda masofaviy taʼlimni tashkil etishdagi ijobiy tomonlar tahlil etilgan. Xususan, muallif tomonidan AQSH huquq fani oʻqituvchilari Toshkent davlat yuridik universitetidan virtual darslarning oʻtishdagi qiyinchiliklarni hisobga olgan holda, internetdan foydalanishda bir xilda imkoniyati boʻlmagan talabalar uchun oʻqish sharoitlarining eng samarali texnologiyalarni qoʻllashda oʻrnak olishlari mumkinligi taʼkidlangan. J.Blum maqolaning chop etilishiga 4 yil vaqt sarflagan.

Ushbu maqola raqamlashtirish sharoitida har ikki mamlakatning yuridik kadrlarni tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari uchun manfaatlidir.

Maqola bilan quyidagi 👉havola orqali tanishishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Samarqand viloyat adliya boshqarmasida notarial harakatlarni amalga oshirishda to‘siq bo‘layotgan muammolar hamda sohada uchrayotgan kamchiliklar va ularni hal etish omillariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Alisher Karimov: “Soʻnggi uch yilda qonunchilik hujjatlari loyihalaridan aholi va tadbirkorlarga majburiyat yuklovchi 250 dan ortiq norma chiqarib tashlandi”

Bugun, 4-iyun kuni “Normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash tizimini maqbullashtirish usullarini ishlab chiqish” mavzusida amaliy seminar boshlandi.

Ikki kunlik tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Adliya vazirligi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Germaniya hamkorlik jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov seminarda ishtirok etib, Oʻzbekistonda barqaror va samarali qonunchilik bazasini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarga toʻxtalib oʻtdi.

👉Batafsil

@adliyangilkari
#Adliya_xabari

O‘zbekistonda bolalar huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun ixtisoslashuvga asoslangan bolalarga do‘stona sudlov tizimi zarur

Bugun, 4-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining O‘zbekistonning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning bajarilishi to‘g‘risidagi beshinchi ma’ruzasi bo‘yicha yakuniy tavsiyalarini amalga oshirish borasida Adliya vazirligi, Bolalar ombudsmani ofisi va UNICEF bilan hamkorlikda bugun butun mamlakatda bolalarga do‘stona odil sudlov tizimini ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan davra suhbatini o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Avtotransport vositalaridagi gaz balonlaridan xavfsiz foydalanish – salomatligimiz kafolati.

💡Gaz ballonlaridan foydalanish yuzasidan tavsiyalar

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1322) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
#Adliya_tashabbus

Adliya vazirligi: manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga qaratilgan qonun qabul qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yana bir yangilik. Huquqni qo‘llash amaliyotida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va tartibga solish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Mazkur Qonun manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solishga qaratilgan.

Qonunda quyidagilar belgilangan:

▫️Manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymaslik, mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berish, shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab boshqalarni harakat (harakatsizlikka) majburlamaslik bo‘yicha xodimlarning huquq va majburiyatlari.

Bunda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni xodimlar tomonidan oshkor etish ikki shaklda, ya'ni mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma berish va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.

▫️Xodimga aloqador shaxslar davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan munosabatlarga kirishganda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha deklaratsiya to‘ldirish majburiyatlari belgilandi.

▫️Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maxsus vakolatli davlat organi sifatida belgilandi.

O‘z navbatida, davlat tashkilotlari, ularning odob-axloq komissiyalari, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari va kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda ichki nazorat vazifalarini amalga oshiradi.

▫️Manfaatlar to‘qnashuvini bir qator axborot manbaalaridan aniqlash yo‘li bilan amalga oshirish belgilandi. Misol uchun: tijorat tashkilotlarining affillangan shaxslari va yakuniy naf oluvchilari (benefitsiarlari) ro‘yxatlaridan; “Yagona milliy mehnat tizimi” Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan va boshqalar.

▫️Manfaatlar to‘qnashuvi vaziyatlarini tartibga solish bo‘yicha bir qator choralar belgilandi. Misol uchun, kollegial organ tarkibidan ixtiyoriy ravishda o‘zini o‘zi rad etishi orqali yoki majburan chetlashtirish choralarini ko‘rish orqali manfaatlar to‘qanshuvining oldi olinadi.

▫️Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestri yuritiladi. Unda xabar berilgan, aniqlangan hamda tartibga solingan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma'lumotlar kiritib boriladi.

▫️ Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar bermaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.

Agarda ushbu xatti-harakatlar bir yil davomida takroran sodir etiladigan bo‘lsa besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar ko‘rmaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.

Agarda ushbu xatti-harakatlar bir yil davomida takroran sodir etiladigan bo‘lsa, 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

Bunda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirish bilan bog‘liq vazifalar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l quyilgan holda tuzilgan bitimlar sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi hamda bitim bo‘yicha barcha olingan foyda davlat daromadiga o‘tkaziladi.

Qonun qabul qilingan kundan 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


@adliyangiliklari