ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bolalar va yoshlar sayli tashkil etildi

🎉 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni hamda Adliya vazirligi tomonidan o’tkazilayotgan „Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida poytaxtda Bolalar va yoshlar sayli o’tkazildi. Unda adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov ham ishtirok etdi.

Tadbirda mashxur xonandalarning konsert dasturlari, harbiylarning vatanparvarlik ruhidagi chiqishlari, bolalarga oid kitoblar ko‘rgazmasi, nogironligi bo‘lgan shaxslarning hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, huquqiy viktоrinalar, tennis, shaxmat va shashka sport musobaqalari o‘tkazildi.

Shuningdek, musobaqada g‘olib bo‘lganlarga sovg‘alar ulashildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_tuhfa

Isrofgar ayiqning holi voy bo‘ldi

Adliya vazirligi 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan sun'iy intellekt imkoniyatlari yordamida tayyorlangan navbatdagi multfilmni taqdim etadi.

Odilbek va dono to‘tivoy bolalarga huquqiy ilm ulashishga tayyor. Bu safargi hikoya isrofgar ayiq haqida.

U bevaqt tomorqa sug‘orishdan tortib, mashinasini yuvishgacha ichimlik suvidan foydalanadi. Bu esa hayot uchun zarur bo‘lgan tabiat manbaining isrof bo‘lishiga olib keladi. Hatto uni to‘g‘ri yo‘lga qaytarmoqchi bo‘lgan donishmand tuyaning gaplariga kirmagan ayiq esa oxir oqibat…

Unutmang, odamlar tabiiy boyliklarni asrasa, shunda boshqalarga ham albatta yetadi!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Huquqiy zakovat” intellektual oʻyini gʻoliblari aniqlandi


Adliya vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning intellektual bilimi va salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish maqsadida “Huquqiy zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.

Unda adliya organlari va muassasalari, vazirlik markaziy apparatidan jami 24 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa 6 kishidan iborat boʻlib, 4 ta raund davomida oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdi.

Intellektual musobaqa har biri 12 ta savoldan iborat 4 ta turni oʻz ichiga oldi. Gʻoliblar barcha turlarda berilgan javoblar yigʻindisiga koʻra aniqlandi. Birinchi turdan keyin birdaniga uchta jamoa 12 ta savoldan 11 tasiga toʻgʻri javob berishga muvaffaq boʻldi. Ikkinchi turdan soʻng Adliya vazirligi markaziy apparati va Toshkent davlat yuridik universiteti jamoalari bir xil ochko jamgʻargan holda peshqadamligini mustahkamladi. Uchinchi bosqichda markaziy apparat vakillari oldinga chiqdi. Toʻrtinchi turda ham eng koʻp ochko toʻplab, vazirlikning jamoasi gʻalabani qoʻlga kirdi. Beshinchi oʻrin uchun ham keskin kurash kechdi: 5 ta jamoa 32 ochkodan toʻplagan. Beshinchi oʻrin sohibi “otishma” natijasida aniqladi.

Musobaqa yakuniga koʻra quyidagi jamoalar Top-5likka kirdi:
▫️Birinchi oʻrin — Adliya vazirligi markaziy apparati;
▫️Ikkinchi oʻrin — Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Uchinchi oʻrin — Toshkent viloyati adliya boshqarmasi;
▫️Toʻrtinchi oʻrin — “Oʻzarxiv” agentligi;
▫️Beshinchi oʻrin — X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi.

Ishtirokchilar taʼkidlaganidek, bunday intellektual oʻyinlar dunyoqarashni kengaytirish, mantiqiy fikrlash, tezkor tahlil qilish, maʼlumotlar asosida qarorlar qabul qilish koʻnikmalarni rivojlantirish imkonini beribgina qolmay, balki jamoaviy ruhni mustahkamlaydi va oʻziga xos “teambuilding” vazifasini oʻtaydi.

@adliyangiliklari
#Muhim

📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

Bugun, 3-iyun kuni soat 12:00 da AOKAda Adliya vazirligi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Adliya tizimida joriy qilingan muhim yangiliklar

Tadbirda Adliya vazirligi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Savollaringizni @Rasmiy_aloqabot ga yuboring.

Anjuman "O‘zbekiston" telekanali, "UzReport TV" hamda Youtube tarmog‘i orqali onlayn translyatsiya qilinadi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Fargʻona viloyatida ayrim xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning faoliyati toʻxtatildi

“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2024-yil 31-maydagi 125-um-son buyrugʻi qabul qilingan. Unga asosan:
▫️Fargʻona shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius D.Baltabayevaga (litsenziya FA 0076, 2021-yil 20-aprel);
▫️Margʻilon shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius K.Olimovga (litsenziya FA 0077, 2021-yil 17-may) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati va notariuslik maqomi joriy yilning 1-iyun kunidan 1 oy muddatga;
▫️Quva tumanida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius Sh.Sharipovga (litsenziya FA 0075, 2021-yil 23-mart);
▫️Yozyovon shahrida xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius J.Abdullayevga (litsenziya FA 0074, 2021-yil 23-mart) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati va notariuslik maqomi joriy yilning 1-iyun kunidan 1 oy muddatga, biroq notarius faoliyatini tashkil etish uchun minimal talablarni bartaraf etgunga qadar toʻxtatilganligi maʼlum qilinadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_onlayn

❗️Adliya tizimida joriy qilingan muhim yangiliklar, adliya organlariga belgilab berilgan qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishlar

AOKAda Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida shu mavzuda matbuot anjumani davom etmoqda.

Quyidagi 👉 havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 15-2-moddasiga muvofiq Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2024-yil 21-maydagi 113-um-son buyrug‘iga asosan, Mirzacho‘l tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Xaydarovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 15 (o‘n besh) kun muddatga (2024-yil 26-maydan) to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-2-moddasiga muvofiq Xorazm viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 29-maydagi 9-sonli majlis bayonnomasiga asosan notarius T.Niyazmetovga (litsenziya HZ № 0010, 21.04.2020-yil), notarius R.Tadjiyevga (litsenziya HZ № 0006, 21.04.2020-yil) berilgan litsenziyalarning amal qilishi 2024-yil 1-iyundan 15-kun muddatga va notarius A.Sabirovga (litsenziya HZ №
0040, 23.11.2020-yil)
berilgan litsenziyalarning amal qilishi 2024-yil 1-iyundan 1-oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Joriy yilning 1-iyulidan barcha tuman va shaharlarda bosqichma-bosqich “Madad” nodavlat tashkilotining maslahat byurolari tashkil etiladi

AOKAda o‘tkazilgan Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tizimda joriy qilingan muhim yangiliklar, adliya organlariga belgilab berilgan qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishlari to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Shuningdek, 1-iyundan davlat organlariga huquqiy axborotni yetkazish bo‘yicha Yagona huquqiy axborot almashish tizimi ishga tushirildi.

2024-yil yakuniga qadar davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni biometrik identifikasiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi va fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.

Aholi gavjum joylar, mahallalar 24/7 rejimida onlayn davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan interaktiv kiosklar bilan bosqichma-bosqich ta'minlanadi.

Joriy yil yakuniga qadar DXMlar va Yagona portal orqali ko‘rsatiladigan 13 ta yangi davlat xizmati joriy etiladi, 18 ta xizmat proaktiv va kompozit shakllariga o‘tkaziladi, 15 ta davlat xizmati yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan agent sifatida ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Yana bir muhim yangilik, 2025-yil 1-yanvardan O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsga doir ma'lumotlari yagona elektron bazasi – Aholining yagona elektron reestri joriy etiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari