ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta'sirini baholash tizimini maqbullashtirish usullarini ishlab chiqish” masalalari muhokama etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya boʻlimining yangi zamonaviy binosining qurilish jarayoni koʻzdan kechirildi

Adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev Toshkent viloyatida xizmat safarida boʻlib, dastlab Quyichirchiq tuman adliya boʻlimi uchun qurilayotgan yangi maʼmuriy bino holati bilan tanishilib, yangi binoda, eng avvalo, aholi uchun keng qulayliklar yaratilishi yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar berildi.

Mazkur binoda adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi va FHDY boʻlimi joylashtirilishi rejalashtirilgan. Bir joyda barcha xizmatlardan foydalanish imkoniyati, oʻz navbatida, fuqarolarga koʻplab qulayliklar yaratadi. Binoga barcha qulayliklarni oʻz ichiga olgan zamonaviy jihozlar oʻrnatilishi, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kerakli uskunalar bilan taʼminlanishi koʻzda tutilmoqda.

Shu bilan birgalikda, binoda elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish hududi, bolalar oʻyin maydonchasi, mini-kutubxona, infokiosk va bepul Wi-Fi bilan taʼminlash yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yagona hisobotlar tizimini joriy etishda Niderlandiya tajribasidan foydalaniladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Hududlarda adliya organlarining aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish choralari koʻrilmoqda

Toshkent viloyatida xizmat safari davomida adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyati bilan tanishib, aholining kundalik faoliyatida koʻp uchraydigan huquqiy muammolarini aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish masalalarini xodimlar bilan muhokama qilmoqda. 

Xususan, Yangiyoʻl shahar va Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi xodimlari bilan suhbat oʻtkazilib, “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni bilan adliya boʻlimlariga yuklatilgan 6 ta vazifalarni ijrosi yuzasidan tashkiliy masalalar tahlil qilindi.

Shu bilan birga, davlat xizmatlari markazi va FHDY boʻlimida aholiga qulaylik yaratish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan yangi xizmatlarni koʻrsatish jarayonlari tahlil qilinib, samaradorlikni oshirish yuzasidan kerakli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

@adliyangiliklari