ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔐 Kredit olishga taqiq qo‘yish yoki taqiqni yechish tartibini bilasizmi?


✅ Xizmatdan foydalanish uchun:

📱 my.gov.uz;

⌨️ Davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

⏱ Davlat xizmati avtomatik tarzda ko‘rsatiladi.

💸 Xizmat uchun toʻlov undirilmaydi.

⚖️ Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 522-son qarori

✨ Raqamli davlat xizmatlari Sizning moliyaviy xavfsizligingiz uchun!


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi Soliq hisoboti shakllariga o'zgartirishlar kiritish bo‘yicha idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3221-10, 2026-yil 5-noyabr).

 
Mazkur idoraviy hujjat bilan quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
 
1. Ma’nan eskirganligi sababli quyidagi talablar bekor qilindi:
– soliq davri tugagach, keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar reyestrlarini printerdan chiqarish, varaqlarini raqamlash, tikish va muhrlash (muhr mavjud bo‘lsa);
– reestrlarning qo‘shimcha varaqlari elektron shaklda yuritilgan taqdirda ularni printerdan chiqarib, tegishli o‘zgartirish kiritilgan soliq davri reyestrlariga ilova qilish.
 
2. Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha hisobot shakllari tasdiqlandi.
Mazkur hisobot shakllarini topshirish orqali asosiy faoliyat turi umumiy ovqatlanish, savdo yoki xizmat koʻrsatish sohasi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun QQS tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha barcha aylanmalarga nisbatan6 foiz hamda foyda soligʻi 0 foiz stavkada qo‘llanilishi mumkin.
 
3. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i hisoboti shakli “soliq solinadigan baza” va “samarasiz foydalanishdagi yerlar” bo‘limlari bilan to‘ldirildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 "BIZDAN ESHITING" — dolzarb savollarga birinchi manbadan javob!

🏗 Qurilish (no)qonuniymi? Yangi xarid qilayotgan uyingiz kafolatli (mi)? Uylar eskirdi (mi)? Yangilash (Renovatsiya) vaqti keldi (mi)?

📌Bu va boshqa dolzarb savollarga mas'ul idoralar axborot xizmati rahbarlari bilan suhbatimizda javob beramiz.

🔻Videoni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=D-8I6Fyu7eU

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muxammadiyev ASAN TV efirida: davlat xizmatlaridagi islohotlar va yangi hamkorlik rejalari


🚛Adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muxammadiyev Boku shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning “Boshqaruv innovatsiyalari: kelajakka tayyor institutlarni rivojlantirish” sammiti doirasida ASAN TV telekanaliga intervyu berdi.

🔵Suhbat davomida 50 dan ortiq davlat vakillari qatnashgan xalqaro sammitning ahamiyati, davlat xizmatlarini rivojlantirish borasidagi O‘zbekiston tajribasi va ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari haqida so‘z bordi.

Nu'mon Muxammadiyev O‘zbekistonda Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilishida Ozarbayjonning “ASAN xizmat” va boshqa davlatlar tajribasidan olinganligini ta’kidladi.


📖Raqamlashtirish natijasida ilgari 10–15 kunda beriladigan ma’lumotnomalarni bugun bir necha daqiqada olish mumkin.

❗️Shuningdek, 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi asosida davlat xizmatlari sohasidagi qo‘shma ishlar davom ettirilishi qayd etildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥3❤2👏1
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik

🇦🇪 Dubayda aqlli politsiya va shahar xavfsizligini boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajriba o‘rganildi

Joriy yilning 3–6-noyabr kunlari Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktori B. Yusupov boshchiligidagi ishchi guruh Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida xizmat safarida bo‘ldi.

🔹 Safar davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan Smart Police (aqlli politsiya) konsepsiyasi hamda Dubay shahrini aqlli boshqarish tizimi faoliyati o‘rganildi.

✅Xususan:
🔸 Dubai Smart Police Station (SPS) — fuqarolarga 24/7 rejimida xodimlar ishtirokisiz xizmat ko‘rsatish modeli;
🔸 Command and Control Center — jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan markazlashgan boshqaruv tizimi;
🔸 Smart City — shahar infratuzilmasini aqlli boshqarish, sun’iy intellekt, biometrik identifikatsiya, videoanalitika va kiberxavfsizlik texnologiyalaridan foydalanish tajribasi bilan tanishildi.

❗️ Mazkur xizmat safari Prezidentning PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Toshkent shahrining Yashnobod tumanida zamonaviy Mahalla huquq-tartibot maskanini tashkil etishga qaratilgan.


✅ O‘rganilgan ilg‘or tajriba asosida “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida pilot loyihani amalga oshirish, texnik topshiriq va yo‘l xaritasini ishlab chiqish hamda zamonaviy raqamli yechimlarni O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha amaliy takliflar tayyorlash rejalashtirilgan.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8❤6🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eskrou tizimi qanday ishlaydi?


🎙 "BIZDAN ESHITING" — dolzarb savollarga birinchi manbadan javob!

🏗 Qurilish (no)qonuniymi? Yangi xarid qilayotgan uyingiz kafolatli (mi)? Uylar eskirdi (mi)? Yangilash (Renovatsiya) vaqti keldi (mi)?

📌Bu va boshqa dolzarb savollarga mas'ul idoralar axborot xizmati rahbarlari bilan suhbatimizda javob beramiz.

🔻Videoni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=D-8I6Fyu7eU

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥1👏1
#Xalqaro_hamkorlik

Bokuda O‘zbekistonning davlat xizmatlarini isloh qilish tajribasi taqdim etildi


Bokuda BMTning “Boshqaruv innovatsiyalari: kelajakka tayyor institutlarni rivojlantirish” sammitida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muxammadiyev ma'ruza bilan ishtirok etdi.

Vaziri o‘rinbosari o‘z chiqishida davlat xizmatlarini raqamlashtirish FHDY arxivlaridan boshlanganini ta’kidladi. Xususan, 1940-yildan buyon to‘plangan 80 milliondan ortiq qog‘oz dalolatnoma yozuvlari elektron shaklga o‘tkazildi.


📖Ushbu islohotlar natijasida bugun davlat xizmatlarining 80 foizga yaqini onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda, bolaning tug‘ilishi esa 100 foiz onlayn qayd etilmoqda. Fuqarodan 150 turdagi ma’lumot va hujjatni talab qilish bekor qilindi. Endi idoralar bunday ma’lumotlarni o‘zaro almashmoqda.

Adliya vaziri o‘rinbosari insonga yo‘naltirilgan yondashuv haqida ham to‘xtaldi. Hozirda 30 dan ortiq xizmat arizasiz proaktiv, 130 dan ortig‘i kompozit, 30 ga yaqini esa avtomatik tarzda ko‘rsatilmoqda.


✅“Innovatsiya madaniyatining asosi – xato qilish huquqi. Davlat xizmatchisi yangilik uchun jazolanishdan qo‘rqsa, u hech narsani o‘zgartirmaydi. Shuning uchun rahbar mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi, natija esa insonning tejalgan vaqti va ishonchi bilan o‘lchanishi kerak”, – dedi Nu'mon Muxammadiyev.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤7
Forwarded from Huquqiy axborot
😎😎😎😎😎😎

#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️ Ёнғин хавфсизлиги талабларини бузганлик учун жавобгарлик чоралари белгиланди

 
Қонун (1186-сон, 02.11.2026 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва ўзгартиришлар киритилди.

Президент томонидан имзоланган янги Қонун билан ёнғинга йўл қўйганлик учун товон ундириш механизми жорий этилди.

Эндиликда ёнғин хавфсизлиги қоидаларини бузиш оқибатида инсон ҳаёти ёки соғлиғига зарар етказган шахсдан моддий ва маънавий зарарни қоплаш билан бирга, суд қарори асосида қўшимча товон ҳам ундирилиши мумкин.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#Adliya_tabrigi

Hurmatli tibbiyot xodimlari!

Avvalo, o‘z hayotini shunday sharafli ishga bag‘ishlagan Siz, azizlarni kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

Mamlakatimizda aholi salomatligini saqlash, oila va jamiyatda tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom avlodni dunyoga keltirish kabi davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalarni bajarishdagi fidokorona mehnatlaringiz yuksak e’tirofga loyiq.

Barchangizni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog‘liq, oilangizga totuvlik, inson salomatligini saqlashdek ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 "BIZDAN ESHITING" — dolzarb savollarga birinchi manbadan javob!

🏗 Qurilish (no)qonuniymi? Yangi xarid qilayotgan uyingiz kafolatli (mi)? Uylar eskirdi (mi)? Yangilash (Renovatsiya) vaqti keldi (mi)?

Bu va boshqa dolzarb savollarga mas'ul idoralar axborot xizmati rahbarlari bilan suhbatimizda javob beramiz.

"Bizdan eshiting" — taxminlar emas, aniq ma’lumotlar va ishonchli javoblar!

❗️Podkastni tomosha qiling, fikr va takliflaringizni izohlarda qoldiring!

Videoni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=D-8I6Fyu7eU

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon_viloyati

FUQAROLARNING HUQUQIY MUAMMOLARIGA YECHIM BERILMOQDA


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
#Huquqiy_aksiya

⚖️ “Pensionerlarga huquqiy yordam” huquqiy aksiyasi boshlandi!

📅 2026-yil 6-noyabrdan 6-dekabrga qadar Adliya vazirligi tomonidan respublika bo‘ylab “Pensionerlarga huquqiy yordam” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

🎯 Aksiyadan maqsad — pensionerlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash va hal etish hamda huquqiy madaniyatini oshirish.


📖 Aksiya doirasida:
🔵 Pensiya tayinlash va uning miqdori bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganiladi;
🔵 Soliq imtiyozlari va ijtimoiy himoya sohasidagi muammolar tahlil qilinadi;
🔵 Pensionerlarning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash choralari ko‘riladi;
🔵 Sayyor qabullar tashkil etilib, huquqiy maslahatlar va amaliy yordam ko‘rsatiladi;
🔵 Ehtiyojmand pensionerlarga yashash manzilida sayyor davlat va notarial xizmatlar ko‘rsatiladi.

🤝 Adliya organlari pensionerlarning huquqlarini himoya qilish va ularga amaliy ko‘mak berishga doimo tayyor!

#Adliya #HuquqiyAksiya #PensionerlargaHuquqiyYordam

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
😎😎😎😎😎😎

#Qonunçilikdagi_yangiliklar

❗️ Yonğin xavfsizligi talablarini buzganlik uçun javobgarlik çoralari belgilandi

 
Qonun (1186-son, 02.11.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritildi.

Prezident tomonidan imzolangan yangi Qonun bilan yonğinga yöl qöyganlik uçun tovon undiriş mexanizmi joriy etildi.

Endilikda yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş oqibatida inson hayoti yoki soğliğiga zarar yetkazgan şaxsdan moddiy va maʼnaviy zararni qoplaş bilan birga, sud qarori asosida qöşimça tovon ham undirilişi mumkin.

Kanalga ulaniş👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2