#Adliya_xabari
⚖️ Yoshlar taklifi amalda: Qoraqalpog‘istonlik 44 nafar talaba Adliya vazirligi faoliyati bilan tanishdi
Joriy yilning 16-sentyabr kuni adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Mahmud Istamov ishtirokida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari bilan o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida yoshlar tomonidan Adliya vazirligi faoliyati bilan yaqindan tanishish taklifi bildirilgan edi.
Mazkur taklif qo‘llab-quvvatlanib, universitetning 44 nafar talabasi uchun Adliya vazirligida tanishtiruv dasturi tashkil etildi.
🏛 Dastur davomida talabalar vazirlikning asosiy vazifa va funksiyalari, adliya organlari faoliyati, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari haqida batafsil ma’lumot oldi.
🎓 Shuningdek, yoshlarga adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, tanlov jarayonlari va tizimdagi kasbiy rivojlanish imkoniyatlari tushuntirildi.
Ushbu tanishuv talabalarga oliy ta’lim muassasasida olayotgan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan bog‘lash, adliya tizimidagi ish jarayonlari haqida tasavvur hosil qilish hamda kelgusidagi kasbiy yo‘nalishini belgilashda foydali ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini berdi.
🤝 Muhimi, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida bildirilgan taklif amaliy ijrosini topdi. Bu esa yoshlarning fikr va tashabbuslariga e’tibor qaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kasbiy rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratish borasidagi ishlarning amaliy ifodasidir.
Adliya vazirligi yosh huquqshunoslarning kasbiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va ularni tizim faoliyati bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan hamkorlikni davom ettiradi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍3🔥2
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni
⚔️ Adliya organlarida yoshlar bilan ochiq muloqotlar o'tkazildi
✔ ️Qoraqalpog’iston Respublikasi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri E.Tursunov rahbarligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
✔ ️Andijon viloyati: Oltinko'l tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan "Yoshlar kuni" doirasida tuman tuman hokimligida texnikum va maktab bitiruvchilari ishtirokida targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.
✔ Xorazm viloyati: “Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Xonqa tumanidagi 33-sonli maktabining “Huquq sinfi”da ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
✔ Surxondaryo viloyati: Yoshlar o‘rtasida raqamli xavfsizlik va huquqiy savodxonlik targ‘ib qilindi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
#Yoshlar_kuni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤4👏1
O‘ZBEKISTON_MUSTAQILLIGINING_35_YILLIGI_TARAQQIYOT_NATIJALARI_VA.pdf
33.7 MB
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan maxsus infografiklar to‘plamini keng jamoatchilik e’tiboriga havola etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi
✅ San’at va ijodkorlarni qo‘llab quvvatlash, ularning mehnati va ijodiy mahsullariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish — madaniy taraqqiyotning muhim shartidir.
Oktyabr oyining “Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi” sifatida e’lon qilinishi ijodkorlar uchun katta rag‘bat, jamiyatda esa mualliflik huquqiga hurmat va huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo‘lidagi muhim tashabbusdir.
✅ Zero, har bir ijod mahsuli e’tirofga, har bir muallif esa o‘z mehnati va huquqlarining himoyasiga loyiq!
#MualliflikHuquqiMeningHuquqim #IjodkorHuquqlari
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Oktyabr oyining “Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi” sifatida e’lon qilinishi ijodkorlar uchun katta rag‘bat, jamiyatda esa mualliflik huquqiga hurmat va huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo‘lidagi muhim tashabbusdir.
#MualliflikHuquqiMeningHuquqim #IjodkorHuquqlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤2👍2👏1
#Xalqaro_hamkorlik
Adliya vaziri Koreya Eksimbanki va KOICA vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashdi
Adliya vaziri Akbar Tashkulov Koreya Eksimbanki va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Toshkentdagi vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida KOICA bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan yuridik xizmatlar uchun muhit yaratish va salohiyatni rivojlantirish” loyihasining ahamiyati alohida qayd etildi. Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, jumladan, qonunchilik hujjatlarini mashina o‘qiy oladigan formatga o‘tkazishga qaratilgan “Law as Code” tashabbusi haqida ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, Koreya Eksimbanki bilan “Huquqiy boshqaruvni sun’iy intellekt asosida transformatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish istiqbollari, jumladan, huquqiy ma’lumotlar bazalarini takomillashtirish, Lex.uz tizimini rivojlantirish hamda idoralararo axborot almashinuvini yanada samarali tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi adliya sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, xususan, adliya tizimini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Koreya Eksimbanki bilan “Huquqiy boshqaruvni sun’iy intellekt asosida transformatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish istiqbollari, jumladan, huquqiy ma’lumotlar bazalarini takomillashtirish, Lex.uz tizimini rivojlantirish hamda idoralararo axborot almashinuvini yanada samarali tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar mazkur loyihalarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash, ilg‘or Koreya tajribasidan foydalanish, milliy mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishda hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥3