ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qarshi shahrida adliya vazirining birinchi o'rinbosari M.Istamov tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabul: fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish choralari belgilandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abduvaliyev Shux­rat Baxodirovich Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sh. Abduvaliyev mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Markaziy bank tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Xususan, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Yunusobod filiali va Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamentida, shuningdek, Markaziy bankning kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish, Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamentlarida mutaxassislikdan boshqarma boshlig‘igacha bo‘lgan lavozimlarda ishlagan.

2024-yil sentyabr oyidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Banklarni prudensial nazorati departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Sh. Abduvaliyev bank-moliya tizimi, moliyaviy hisobotlar, banklar faoliyatini tahlil qilish va prudensial nazorat sohalarida ko‘p yillik amaliy tajribaga ega.

Adliya vazirligi jamoasi Shuxrat Abduvaliyevni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uy-joy uchun subsidiya xabarnomangizning muddati tugayaptimi, hali kadastri tayyor uy topmadingizmi?
 
Subsidiya xabarnomasini rad etishga shoshilmang!

Dastlabki badal subsidiyasini ipoteka omonati hisobvaragʻiga oʻtkazish mumkin. Shu bilan birga, ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun davlat subsidiyasi ham saqlab qolinadi.

Batafsil ushbu video orqali bilib olishingiz mumkin.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
💥Live

Ayni vaqtda Adliya vazirligida adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev va Osiyo taraqqiyot banki (ADB)ning mintaqaviy texnik koʻmak dasturlari boʻyicha maslahat missiyasi bilan yakuniy uchrashuv bo’lib o’tmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7❤1👍1
Forwarded from 
To‘lovga qobiliyatsizlik tizimini takomillashtirish bo‘yicha OTB bilan hamkorlikning keyingi yo‘nalishlari belgilandi

📌 2026-yil 28-oktyabr kuni Adliya vaziri o‘rinbosari — To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N.Muxammadiyev hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari ishtirokida O‘zbekistonda to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini diagnostik o‘rganish yakunlari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuvda diagnostik o‘rganish davomida aniqlangan asosiy masalalar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

📑 Jumladan, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish jarayonida xalqaro va xorijiy ekspertlarning xulosa hamda tavsiyalaridan foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 Shuningdek, O‘zbekistonda to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini rivojlantirish bo‘yicha OTB bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni aniq belgilab olish maqsadida qo‘shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

📌 Mazkur reja doirasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshiriladigan tadbirlar va tegishli muddatlarni belgilash nazarda tutilmoqda.

🤝 Uchrashuv O‘zbekistonning to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini xalqaro standartlar asosida yanada rivojlantirish borasida OTB bilan amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim qadam bo‘ldi.

📱Website📱Telegram
📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍4
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida “Adliya kitobxonlar tanlovi” o‘tkazildi


Bugun Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlari o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish va xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Adliya kitobxonlar tanlovi” tashkil etildi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan kitobxonlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2026-yil 15-yanvardagi PQ–9-son Prezident qarorida davlat organlarida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va faol kitobxonlarni rag‘batlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.

Adliya vazirligida kitobxonlik ko‘p yillik an’ana va jamoaviy qadriyatga aylangan. Bu borada vazirlikning o‘ziga xos tajribasi, xodimlarni mutolaaga jalb etishga qaratilgan qator tashabbuslari mavjud.

Bugungi tanlovda ishtirokchilarning o‘qilgan asarlar yuzasidan bilimlari, ularni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Bellashuv yakunida g‘oliblar aniqlandi:
🥇 1-o‘rin — Xo‘janiyozov Amirbek
🥈 2-o‘rin — Aytniyazova Xurliman
🥉 3-o‘rin — Mahmudova Madina

G‘oliblar diplom, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Adliya vazirligida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan ezgu an’analar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥7👍6
Forwarded from 
🎓 Patent vakili bo‘lishni maqsad qilganmisiz?

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti sizni “Patent vakillarini tayyorlash” o‘quv kursiga taklif etadi!
Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish, patent olish jarayonlarini yuritish va huquq egalarining manfaatlarini ifodalash uchun zarur bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni egallang.

📚 Kurs davomida siz:
🔹 patent vakilligi faoliyatining huquqiy asoslari va kasbiy etika talablarini o‘rganasiz;
🔹 ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini patentlash tartiblarini o‘zlashtirasiz;
🔹 tovar belgilarini huquqiy muhofaza qilish bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlaysiz;
🔹 patent talabnomalari, litsenziya shartnomalari va boshqa huquqiy hujjatlarni tayyorlash ko‘nikmalarini rivojlantirasiz;
🔹 xalqaro patentlash tizimlari hamda intellektual mulkka oid nizolarni hal etish mexanizmlari bilan tanishasiz.

👥 Kimlar uchun: patent vakilligiga nomzodlar.
⏳ Kurs hajmi: 120 soat.
💳 Kurs narxi: 5 280 000 so‘m.


📞 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun:
+998 55 518 47 77

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
❤4
🔈DIQQAT, E’LON!

‼️O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari Allakuliyev Mirjalol Davronbekovich joriy yilning 30-oktyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazadi.

📌Sayyor qabul joyi: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Beruniy tumani, “To‘qimachi” mahallasi, Kat ko‘chasi, 5-uy.

🖥 Sana va vaqt: 30-oktyabr, soat 10:00

🗣️ Qabul davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi aholisi hamda tadbirkorlik subyektlari:

➖davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari;
➖notariat, advokatura va yuridik xizmatlar;
➖intellektual mulk va to'lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik);
➖arxiv faoliyati bilan bog‘liq o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan bevosita vazir o'rinbosariga murojaat qilishlari mumkin.

🖋 Ro‘yxatdan o‘tish:
Qabulda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari +998 55 101-97-32 (ichki raqam - 8505) telefon raqami orqali 29-oktyabr kuni soat 18:00 gacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin.


📍 Hurmatli qoraqalpog'istonliklar !
Mavjud muammolarga qonuniy yechim topish uchun ushbu sayyor qabulda faol ishtirok eting.

🔔Eslatma: Sayyor qabulga bora olmaydigan biroq ro'yxatdan o'tgan fuqarolar onlayn tarzda qabul qilinadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1