ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📣 E’LON!

❗️ “Mualliflik huquqini himoya qilish oyi” oyligi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

📣 Adliya vazirligi tomonidan “Mualliflik huquqini himoya qilish oyi” oyligi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijalar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkaziladi.

🔹 Anjumanda mualliflik huquqini himoya qilish, kontrafakt asarlarni tarqalishining oldini olish, ko'chirmachilikka qarshi kurashish hamda bu borada jamoatchilik xabardorligini oshirishga qaratilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

📰 OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik vakillarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

📅 Sana va vaqt: 2026-yil 2-noyabr, soat 15:00 da.
📍 Joy: OAV uchun kontent tayyorlash markazi binosi (Toshkent, Navoiy shoh ko‘chasi 30).

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-04-38 (1071)

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
#Xalqaro_hamkorlik

Yevropa investitsiya bankining davlat-xususiy sheriklik sohasidagi faoliyati o‘rganildi


Adliya vazirligi mas’ulligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Yevropa investitsiya banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda bankning tegishli yo‘nalishlar uchun mas’ul xodimlari, shuningdek, bankning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari hamda O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari ishtirok etdi.

Muloqot davomida Yevropa tajribasi asosida davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash mezonlari, davlat organlari va xususiy sektor o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda xizmatlar sifati, tariflar, nazorat mexanizmlari, tomonlarning javobgarligi hamda shartnomani bekor qilish shartlari muhokama qilindi.

Shuningdek, xususiy sektor daromadlarining shakllanish manbalari, ijtimoiy ahamiyatga ega, biroq tijorat nuqtayi nazaridan kam daromadli davlat xizmatlarini xususiy sektorga o‘tkazishda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, davlat budjeti uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzoq muddatli moliyaviy va shartli majburiyatlar hamda ehtimoliy xavf-xatarlarni baholash masalalari yuzasidan fikr almashildi.


Yevropa tajribasidan kelib chiqib, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari va istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda Adliya vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamkorligida amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish" loyihasi doirasida tashkil etildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3