#Adliya_xabari
#Adliya_ayoli
👩⚖️ Bilim, salohiyat va tashabbus: “Adliya ayoli – 2026” g‘oliblari aniqlandi
Adliya tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning bilimi, kasbiy mahorati va yangi g‘oyalari yana bir bor e’tirof etildi.
🏛 Adliya vazirligi binosida o‘tkazilgan “Adliya ayoli” tanlovining respublika bosqichida 20 nafar adliya organlari va muassasalari xodimlari o‘zaro bellashdi.
Tanlovning asosiy maqsadi xotin-qizlarning o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.
⚖️ Ishtirokchilar o‘zlarini tanishtirish bilan cheklanmay, kundalik hayotdagi muammoli vaziyatlarga huquqiy yechim taklif qildi hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha yangi tashabbuslarini ilgari surdi.
🏆 Natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Mahbuba Sayfullaeva (TDYU)
🥈 2-o‘rin — Go‘zal Qodirova (Toshkent viloyati)
🥉 3-o‘rin — Gulzoda Mamatqulova (Jizzax viloyati)
💐 “Adliya ayoli” — bu shunchaki tanlov emas. Bu tizimdagi bilimli, tashabbuskor va professional xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning salohiyatini yuzaga chiqarish uchun yana bir imkoniyat.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👏5👍1
ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari #Adliya_ayoli 👩⚖️ Bilim, salohiyat va tashabbus: “Adliya ayoli – 2026” g‘oliblari aniqlandi Adliya tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning bilimi, kasbiy mahorati va yangi g‘oyalari yana bir bor e’tirof etildi. 🏛 Adliya vazirligi…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanlov haqida…
👍13❤7🔥4
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya
✅ Adliya vazirligining intellektual mulk sohasiga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan “Qaroqchi” lloyihasi haqida qanday fikrdasiz?
🔵 Ushbu savolga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, shoira va yozuvchi Farida Afro'z javob berdi.
🔹 Batafsil 👉 videoda
✅ "Qaroqchi" loyihasining navbatdagi mehmoni Farida Afroʻz bilan to‘liq suhbatni tez orada tomosha qilishingiz mumkin.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
🔹 Batafsil 👉 videoda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤1👍1👏1
Forwarded from Oliy sud | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ОДИЛ СУДЛОВ - 2030" стратегияси: адолат, инсон ҳуқуқи ва суд мустақиллигининг янги мезонлари
"Студия 24" ток-шоусида судья ва экспертлар Янги Ўзбекистонда инсон ҳуқуқларини ишончли ҳимоя қилувчи халқчил ва адолатли суд тизимини барпо этиш стратегияси тўғрисида сўз юритади
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

👍2
#Adliya_xabari
#Mukofot
🇺🇿 Adliya tizimi xodimlarining fidokorona mehnati yuksak e’tirof etildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Farmoniga muvofiq Adliya vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
🏅 “Do‘stlik” ordeni bilan:
🔹 Li Adik — Toshkent davlat yuridik universitetining Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi professori.
🏅 “Mehnat shuhrati” ordeni bilan:
🔹 Churyakov Erkin Ibragimovich — X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud-ballistika va izshunoslik ekspertiza laboratoriyasi mudiri.
🎖 “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan:
🔹 Kuchkarov Shuxrat Xamidovich — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshlig‘i;
🔹 Musayev Akbar Muxidinovich — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqni qo‘llash departamenti boshlig‘i;
🔹 Nosirxodjayeva Gulnora Abdukaxxarovna — Toshkent davlat yuridik universiteti Huquq, jamiyat va madaniyat kafedrasi mudiri;
🔹 Fomenko Tatyana Dauletovna — O‘zbekiston Milliy arxivi bo‘limi mudiri.
🎖 “Shuhrat” medali bilan:
🔹 Boltayeva Shoira Xudayberganovna — Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi boshlig‘i;
🔹 Kulmatova Gulibaxor Baratovna — Toshkent shahar Shayxontohur tumani adliya bo‘limi 1-son FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori.
👏 Yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan hamkasblarimizni samimiy muborakbod etamiz!
⚖️ Ushbu e’tirof — qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan adliya tizimi xodimlari mehnatiga berilgan yuksak bahodir.

👍29❤13👏6🎉1
ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari #Mukofot 🇺🇿 Adliya tizimi xodimlarining fidokorona mehnati yuksak e’tirof etildi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Farmoniga muvofiq Adliya vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh…
#Adliya_xabari
#Etirof
⚖️ Advokatlarning fidokorona mehnati — yuksak davlat e’tirofida
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Farmoniga muvofiq advokatura sohasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan ikki nafar advokat “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallari bilan taqdirlandi.
🎖 “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan:
🔹 Abdulxayev Qambarali — Qo‘qon shahar “Adolat shamchirog‘i” advokatlik firmasi advokati.
🎖 “Shuhrat” medali bilan:
🔹 Mirsaatov Mirobid Pulatovich — Toshkent shahar “S.Yakubov va advokatlar” advokatlar hay’ati advokati.
👏 Adliya vazirligi jamoasi nomidan davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan advokatlarni samimiy muborakbod etamiz!
💐 Ularga fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, odil sudlovni ta’minlashga ko‘maklashish yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
#Etirof
⚖️ Advokatlarning fidokorona mehnati — yuksak davlat e’tirofida
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Farmoniga muvofiq advokatura sohasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan ikki nafar advokat “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallari bilan taqdirlandi.
🎖 “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan:
🔹 Abdulxayev Qambarali — Qo‘qon shahar “Adolat shamchirog‘i” advokatlik firmasi advokati.
🎖 “Shuhrat” medali bilan:
🔹 Mirsaatov Mirobid Pulatovich — Toshkent shahar “S.Yakubov va advokatlar” advokatlar hay’ati advokati.
👏 Adliya vazirligi jamoasi nomidan davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan advokatlarni samimiy muborakbod etamiz!
💐 Ularga fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, odil sudlovni ta’minlashga ko‘maklashish yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Rasmiy vebsayt: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
👍6❤2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Forwarded from Rasmiy axborot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev
✍️ Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.
U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi.
Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
✔️ Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17665
U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.
Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u.
Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
“Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti.
Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi.
Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
“Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17665
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤1
#Tayinlov
Adliya vazirligi Notariat, advokatura va nizolarni muqobil hal qilish boshqarmasiga boshliq tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Zaripov Fazliddin Shamsiddinovich Adliya vazirligi Notariat, advokatura va nizolarni muqobil hal qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Fazliddin Zaripov 1993-yilda Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 3-darajali adliya maslahatchisi. 2016-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini, 2018-yilda mazkur universitet magistraturasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Adliya vazirligi Notariat, advokatura va nizolarni muqobil hal qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Nizolarni muqobil hal etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Adliya vazirligi jamoasi Fazliddin Zaripovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Adliya vazirligi Notariat, advokatura va nizolarni muqobil hal qilish boshqarmasiga boshliq tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Zaripov Fazliddin Shamsiddinovich Adliya vazirligi Notariat, advokatura va nizolarni muqobil hal qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Fazliddin Zaripov 1993-yilda Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 3-darajali adliya maslahatchisi. 2016-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini, 2018-yilda mazkur universitet magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati:
➖ 2017–2018-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Yuridik kollej o‘qituvchisi;
➖ 2018–2021-yillarda Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasida katta maslahatchi, bosh maslahatchi;
➖ 2021–2023-yillarda Adliya vazirligi Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2023–2024-yillarda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2024-yilda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2024–2026-yillarda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Adliya vazirligi Notariat, advokatura va nizolarni muqobil hal qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Nizolarni muqobil hal etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Adliya vazirligi jamoasi Fazliddin Zaripovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48❤3😢3👎2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ba’zi san’atkorlarga farosat kerak – Farida Afro'z
Nega shoirlar bugun qiyin ahvolda yashayapti?
Ularning daromadi qayerdan keladi? Aslida ijodkorning mehnati qanday qadrlanishi kerak?
Shoirlar qachon maddoh bo‘ladi? “Qaroqchi”da bugun adabiyotni tijoratga aylantiayotganlar, “o‘tinchi” shoirlar va bugungi adabiyotning muammolari haqida shoira Farida Afruz bilan ochiq suhbat.
Videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/FmgFcjm0ABk

👏5❤2🎉2🙏2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
🤝 “Madad"dagilar malham bo‘lishdi”
💬 “Shu tashkilotning har bir xodimi fidoyi, har bir xodimi chindan jonkuyar ekan.”
Ba’zan insonga murakkab huquqiy vaziyatdan chiqish uchun to‘g‘ri maslahat, amaliy yordam va uning muammosiga befarq bo‘lmagan mutaxassis kerak bo‘ladi.
🎥 “Madad” ko‘magi fuqaro hayotida nimani o‘zgartirdi? Uning o‘zidan eshiting.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
🤝 “Madad"dagilar malham bo‘lishdi”
💬 “Shu tashkilotning har bir xodimi fidoyi, har bir xodimi chindan jonkuyar ekan.”
Ba’zan insonga murakkab huquqiy vaziyatdan chiqish uchun to‘g‘ri maslahat, amaliy yordam va uning muammosiga befarq bo‘lmagan mutaxassis kerak bo‘ladi.
🎥 “Madad” ko‘magi fuqaro hayotida nimani o‘zgartirdi? Uning o‘zidan eshiting.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏2❤1
#Adliya_xabari
#Xalqaro_hamkorlik
⚔️ O‘zbekiston va Singapur intellektual mulk hamda mediatsiya sohasida hamkorlikni kengaytiradi
24–27-avgust kunlari Adliya vaziri Akbar Tashkulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Singapurda o‘tkazilayotgan “Singapore Convention Week 2026” xalqaro tadbirlarida ishtirok etmoqda.
⚖️ Haftalik doirasida mediatsiya, arbitraj, xalqaro tijorat nizolari, huquqiy texnologiyalar hamda sun’iy intellektning nizolarni hal etishdagi o‘rni bo‘yicha ilg‘or tajribalar muhokama qilinmoqda.
🤝 Adliya vaziri rahbarligidagi delegatsiya Singapur Intellektual mulk idorasi (IPOS) rahbari Tan Kong Hwe bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muloqot yakunida:
🔹 intellektual mulkni tijoratlashtirish va iqtisodiy aktivga aylantirish;
🔹 patent ekspertizasini raqamlashtirish;
🔹 intellektual mulk bilan bog‘liq nizolarni mediatsiya orqali hal etish bo‘yicha tajriba almashishga kelishildi.
🎓 Shuningdek, Singapur mutaxassislari ishtirokida intellektual mulkni tijoratlashtirish va startaplar akseleratsiyasi bo‘yicha treninglar tashkil etish orqali o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🇺🇿 Maqsad — xalqaro tajribani milliy amaliyotga olib kirish, intellektual mulkni iqtisodiy qiymatga aylantirish va nizolarni tez hamda samarali hal etish mexanizmlarini rivojlantirish.
O‘zbekiston delegatsiyasining Singapurdagi ishchi dasturi davom etmoqda.

👍6🔥3❤2