ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mustaqillik35

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasini o‘zida mujassam etgan “Mustaqillik xotirasi!” nomli fotoko‘rgazma tashkil etildi.


Bugun 21-avgust kuni “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamda Toshkent Fotosuratlar Uyi hamkorligida 1-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayramiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasini o‘zida mujassam etgan “Mustaqillik xotirasi!” nomli fotoko‘rgazma tashkil etildi.

📍Fotoko‘rgazma 5-sentabrcha davom etadi.

BATAFSIL: https://gov.uz/oz/archive/news/view/208970



—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
👍4
#Adliya_xabari
#100_ta_yangi_brend

⚔️ “100 ta yangi brend: yangi imkoniyatlar sari”
 
 
Adliya vazirligi tashabbusi bilan Namangan texnika universitetida gʻoyani huquqqa, mehnatni qiymatga, mahalliy mahsulotni nufuzli brendga aylantiradigan muhim tashabbus – “Namanganning 100 ta yangi brendi” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov ishtirok etgan tadbirda tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarga oʻz mahsulotlarini kuchli brendga aylantirish, tovar belgilarini yaratish va ularni huquqiy himoya qilish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir avvalida geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan “Chust oshi” guvohnomasi Namangan viloyat hokimligiga tantanali ravishda topshirildi.

Brend – bu shunchaki chiroyli nom yoki logotip emas. Brend – bu ishonch. Brend – bu xaridor ongida shakllanadigan vaʼda. Brend – bu korxonaning koʻrinmaydigan, lekin eng qimmat aktivlaridan biri.


Ana shu maʼnoda tadbirkorlar uchun brend strategiyasi, roʻyxatdan oʻtkazish tartibi, xalqaro muhofaza mexanizmlari boʻyicha treninglar tashkil etilayotgani ushbu loyihaning mazmunini yanada boyitadi.

Shuningdek, sayyor qabul ham tashkil etildi. Unda 50 nafardan ziyod tadbirkorlar faoliyatlari yuzasidan murojaatlari bilan ishtirok etdilar.
“Namanganning 100  ta yangi brendi” tashabbusi bir hududiy loyiha boʻlib qolmaydi. U butun mamlakat uchun ibratga, tadbirkor uchun imkoniyatga, iqtisodiyotimiz uchun esa yangi sifat bosqichiga aylanadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turgʻun BEKNAZAROV: - Mustaqilligimizning 35 yilligi yubiley emas, bu – katta toʻy.
 
Nega shukur qilmaylik, gullab tursa bogʻimiz,
Nega shukur qilmaylik, tandir toʻla nonimiz.
Nega shukur qilmaylik, bor ekan vijdonimiz,
Nega shukur qilmaylik, bor ekan imkonimiz.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2