🔸Bugun Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv-seminar o‘z ishini boshladi.
🔹Mazkur tadbirda respublikadagi davlat, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari ishtirok etdi.
🔸O‘quv-seminarda Adliya vazirligining mas’ul xodimi ma’ruzachi sifatida qatnashib, vijdon erkinligini ta’minlash, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan huquqiy islohotlar, Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasining ahamiyati, shuningdek “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun hamda ushbu sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan batafsil ma’ruza qildi.
🔹Tadbir savol-javoblar shaklida davom etib, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan masalalarga Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan atroflicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥6👍2👏2❤1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
✅ Adliya vazirligi Notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlov o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami 3773, 11.02.2026-y.).
➡️ Yagona tanlov Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan notarius lavozimi bo'sh bo'lgan yoki yangi notarius lavozimi ta'sis etilganda o'tkaziladi.
🗒 Yagona tanlov 2 bosqichda (test sinovlari va amaliy imtihon) o'tkaziladi.
⏺ Yagona tanlov o'tkazish to'g'risidagi e'lon “Inson va qonun” gazetasi va Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
⏳ Yagona tanlovning 1-bosqichi Adliya vazirligi tomonidan talabgorlarning ro'yxati Agentlikka taqdim etilgan kundan boshlab 10 kundan so'ng, biroq 15 kundan kechiktirmay o'tkaziladi.
🔹 Talabgorlar Agentlikning elektron platformasi orqali davlat va jamiyat boshqaruvi, korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat va vorislik huquqi bo'yicha test sinovini (40 ta test) topshiradi (60 daqiqa vaqt ajratiladi).
🚫 Test sinovida 55 balldan yuqori to'plagan talabgor muvaffaqiyatli o'tgan hisoblanadi hamda yagona tanlovning 2-bosqichidan o'tolmagan taqdirda ham 1 yil davomida test sinovini qayta topshirish talab etilmaydi.
🔎 2-bosqichda talabgorlar elektron platformada notarial harakatlar loyihalarini tayyorlash va muammoli masalaga (kazusga) javob berish (tayyorlanishga 20 daqiqa vaqt ajratiladi) bo'yicha sinovdan o'tadi.
✅ 2-bosqich natijasi bo'yicha to'plangan ball eng yuqori ballning 55 foizidan yuqori bo'lganda yagona tanlovdan o'tgan hisoblanadi.
📌 Mazkur hujjat 2026-yil 1-apreldan e'tiboran kuchga kiradi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️ Notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlov o'tkazish tartibi belgilandi
🗒 Yagona tanlov 2 bosqichda (test sinovlari va amaliy imtihon) o'tkaziladi.
🔹 Talabgorlar Agentlikning elektron platformasi orqali davlat va jamiyat boshqaruvi, korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat va vorislik huquqi bo'yicha test sinovini (40 ta test) topshiradi (60 daqiqa vaqt ajratiladi).
🚫 Test sinovida 55 balldan yuqori to'plagan talabgor muvaffaqiyatli o'tgan hisoblanadi hamda yagona tanlovning 2-bosqichidan o'tolmagan taqdirda ham 1 yil davomida test sinovini qayta topshirish talab etilmaydi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤5👍3👏3
#Adliya_hudud
Hududiy adliya organlari: kun davomida
🖥 Fargʻona viloyati: Mahallalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026-yildagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
🖥 Jizzax viloyati: 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bo'yicha matbuot anjumani tashkil etildi.
🖥 Qoraqalpog'iston Respublikasi: Adliya ko‘magi bilan xodimning foydasiga 73 mln ustama puli undirib berilishi bo‘yicha sud qarori qabul qilindi.
🖥 Samarqand viloyati: Ayrim notariuslarning litsenziyasi vaqtincha to'xtatildi.
🖥 Toshkent shahri: Yosh shifokorlar uchun to’lanadigan ustama haqi undirib berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Hududiy adliya organlari: kun davomida
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2❤1👏1
#Muhim
📣DIQQAT E’LON!
🔹Joriy yilning 12-fevral kuni soat 10-30 da Yashnobod tumanining "Tovkentepa" mahalla fuqarolar yig'ini binosida “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida hamda fuqarolarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish yuzasidan mavjud muammolarini aniqlash va tegishli choralarni ko'rish yuzasidan Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan sayyor qabul tashkil etiladi.
Hurmatli yurtdoshlar, sayyor qabulda faol ishtirok eting!
🔹Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Yangihayot ko'chasi, 9. "Tovkentepa" MFY binosi.

❤3🔥2👏2
#adliya_xabari
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan adliya vaziri A.Tashkulov Toshkent shahar Yashnobod tumanida bo‘ldi.
🔸Tadbir davomida tumandagi 4-son ichki ishlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi. Xususan, fuqarolardan “102” raqami orqali kelib tushayotgan xabarlar bilan ishlash jarayoni, murojaatlarni qabul qilish tezkorligi va sifati atroflicha tahlil qilindi.
🔹Shuningdek, ichki ishlar organi xodimlari faoliyatini “BPR” (Business process reengineering) asosida tahlil qilish jarayonlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishildi. Mazkur yondashuv orqali xizmat jarayonlarini optimallashtirish, ortiqcha byurokratik bosqichlarni qisqartirish hamda samaradorlikni oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
🔸Bundan tashqari, vazir “Uysozlar” mahallasida BAA amaliyoti asosida sun’iy intellekt texnologiyalari bilan ishlovchi “Smart police station” loyihasi hamda “Yoshlar innovatsion kooperatsiyasi” konsepsiyasi taqdimoti bilan tanishdi.
🔹Adliya vaziri tomonidan loyihalarni takomillashtirish va amaliyotga samarali joriy etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

1❤6🔥3🙏3
#Ochiq_adliya
⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.
📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:
▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.
❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

👍4❤3🔥2🙏2
#Hamdardlik
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor, taniqli huquqshunos olim Rahmonqulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich vafoti munosabati bilan Adliya vazirligi jamoasi uning barcha yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor qiladi.

Mir-Akbar Rahmonqulov Xavfsizlik kengashi kotibi, Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.
Yuridik fanlari doktori, professor Mir-Akbar Xodji-Akbarovich 1998 y. “II darajali Shon-sharaf” ordeni, 2002 y. “O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
😢16❤6🙏6
🔸Fuqarolik jamiyati institutlari, xususan nodavlat notijorat tashkilotlari mamlakatni taraqqiy ettirishda muhim omil hisoblanadi.
🔹Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyati institutlariga alohida bob ajratildi. Jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolik jamiyatining asoslarini tashkil etishi belgilab qo‘yildi.
🔸Qonun hujjatlarida davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga, xuddi shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari faoliyatiga aralashishi taqiqlangan.
🔹2025-yil avgust oyida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga davlat organlari mansabdor shaxslarining NNTlar faoliyatiga noqonuniy aralashganligi uchun javobgarlik masalasi kiritildi. Adliya organlariga ushbu huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vakolati berildi.
🔸Biroq ayrim mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarga bepisandlik bilan qarash holatlari uchrab turibdi. Xususan, olib borilgan monitoring natijasida Sirdaryo viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i tomonidan sport federatsiyasi faoliyatiga noqonuniy aralashganligi holati aniqlandi. Holat yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1
#oyning_eng_yaxshi_xodimi
🔷Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi Davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i Yusupov Jamshid Baxtiyarovich 2026-yilning yanvar oyi uchun vazirlik tomonidan "Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi" deb topildi.
🔷Jamshid Yusupov 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr bosqichini, 2011-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining magistratura bosqichini, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining magistratura bosqichini tamomlagan.
🔷2024-yil avgust oyidan buyon Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.
🔷 Jamshid Yusupov tomonidan Adliya organlari tomonidan saylov jarayonlarini uslubiy ta’minlash, aholining saylov qonunchiligi bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar, “E-qaror” tizimi “Lex.uz”ga integratsiya qilinib, hujjatlarni “Soliq.uz”, “regulation.gov.uz” va “my.gov.uz” orqali yetkazish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, my.adliya.uz platformasi orqali huquqiy axborotlarni raqamli taqdim etish tizimi joriy etildi hamda hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy aksiyalar o‘tkazish va davlat organlari faoliyatini monitoring qilish kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritilmoqda.
🔷Vazirlik jamoasi Jamshid Yusupovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

▪️Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2010-yilda Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasida ish yurituvchi kotib lavozimidan boshlagan.
▪️2012-2018-yillarda vazirlikning Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasida katta, yetakchi va bosh maslahatchisi;
▪️2018-2019-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligida bosh maslahatchi, bo‘lim boshlig‘i;
▪️2019-2021-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari;
▪️2021-2023-yillarda Adliya vazirligi Huquqiy targ‘ibot va ma'rifat boshqarmasi boshlig‘ining òrinbosari;
▪️2023-2024-yillarda Qonunchilik departmenti Idoraviy-normativ huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
🔷2024-yil avgust oyidan buyon Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.
🔷 Jamshid Yusupov tomonidan Adliya organlari tomonidan saylov jarayonlarini uslubiy ta’minlash, aholining saylov qonunchiligi bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar, “E-qaror” tizimi “Lex.uz”ga integratsiya qilinib, hujjatlarni “Soliq.uz”, “regulation.gov.uz” va “my.gov.uz” orqali yetkazish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, my.adliya.uz platformasi orqali huquqiy axborotlarni raqamli taqdim etish tizimi joriy etildi hamda hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy aksiyalar o‘tkazish va davlat organlari faoliyatini monitoring qilish kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritilmoqda.
🔷Vazirlik jamoasi Jamshid Yusupovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍28👏8❤6🎉4🔥2
#oyning_eng_yaxshi_texnik_xodimi
🔷Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va ijro nazorati boshqarmasining 1-toifali ish yurituvchi kotibi Norbekova Sabina Ibrohimovna 2026-yilning yanvar oyi uchun vazirlik tomonidan “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.
🔷Sabina Norbekova 2019-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.
🔷Mehnat faoliyatini 2019-yilda 1-son Toshkent shahar yuridik kollejida Fuqarolik huquqi va mehnat huquqi fanlari o‘qituvchisi sifatida boshlagan.
▪️2020-yilda - Uchtepa tumani 11-son davlat notarial idorasi notarius yordamchisi;
▪️2020-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va ijro nazorati boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida davom ettirmoqda.
🔷Sabina Norbekova vazirlikning ichki hujjatlarini ijroga qaratib, Smartoffice tizimiga kiritib borish, “Edo.ijro.uz” tizimidagi Prezident hujjatlaridagi topshiriqlarni monitoring qilib, ijrosi bo‘yicha ma’lumot kiritib borish, mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya etish, boshqarma va xodimlar faoliyati yuzasidan bildirgi va boshqa hujjatlar tayyorlab, tizimlar orqali kiritish kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.
🔷Vazirlik jamoasi Sabina Norbekovani ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

❤10👏8🎉5🔥1
#Adliya_hudud
Hududiy adliya organlari: kun davomida
🖥 Fargʻona viloyati: "Mulk huquqlari kafolatlari" aksiyasi doirasida sayyor qabul o'tkazildi.
🖥 Qashqadaryo viloyati: Adliya aralashuvi bilan fuqarolarning mulkiy huquqi tiklandi.
🖥 Toshkent shahri: “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida aholi muammolari o'rganilmoqda.
🖥 Qoraqalpog'iston Respublikasi: adliya vaziri E.Tursunov rahbarligida "Mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🖥 Samarqand viloyati: Kimlar sinf rahbar bo‘lishi mumkin?
🖥 Surxondaryo viloyati: Adliya aralashuvi bilan adolat qaror topdi — fuqaroning mulk huquqi tiklandi!

👍4❤3🔥3👏2🙏1