ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.38K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
BYD kompaniyasining navbatdagi tovar belgisi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Adliya vazirligi tomonidan BYD kompaniyasiga tegishli navbatdagi avtomobil brendi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi hamda tegishli guvohnoma berildi.

BYD dunyodagi eng yirik elektromobil va akkumulyator ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.

Kompaniya 1995-yilda Xitoyda dastlab mobil telefonlar uchun batareyalar ishlab chiqaruvchi korxona sifatida tashkil etilgan. Keyinchalik u avtomobil sanoatiga kirib kelib, bugungi kunda elektromobillar, yuk transporti hamda energiya saqlash tizimlarini ishlab chiqarmoqda. BYD mahsulotlari hozirda dunyoning ko‘plab mamlakatlariga eksport qilinadi.

Brendni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish kompaniya mahsulotlari va xizmatlarining huquqiy himoyasini ta’minlaydi, bozordagi nufuzini yanada mustahkamlaydi hamda iste’molchilar ishonchini oshiradi.

❗️Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish — har bir zamonaviy kompaniya uchun muhim qadamdir.

Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

Unutmang, tovar belgisi birinchi bo’lib hujjat topshirgan shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

🌐Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz portali orqali ariza topshirish mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2👍1
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari boshchiligida DXM va FHDY faoliyati samaradorligi tahlil qilindi


Bugun Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev boshchiligida Samarqand viloyat adliya boshqarmasida tuman (shahar) adliya bo‘limlari ishtirokida ZOOM yig'ilishi o'tkazildi.

Unda tizimdagi muammolar, DXM va FHDY faoliyatida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni sifat jihatidan yanada yaxshilash, o‘z ustida ishlash, bilim va malakalarini oshirish zarurligi ta'kidlanib, sohadagi kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.


Yig‘ilishda vazifalar ijrosini samarali tashkil etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan soha xodimlari ogohlantirilib, o'z vazifalariga mas'uliyat bilan yondashish lozimligi ta'kidlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda DXM, FHDY organlari faoliyatida yanada samaradorlikka erishish borasidagi taklif va fikr-mulohazalar bildirildi va aniqlangan xato va kamchiliklar, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍85🔥3😢1
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mas’ullari Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi xodimlar bilan uchrashuvlar tashkil etmoqda.

🔸Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarning mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.

🔹Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doirchora-tadbirlar belgilab olindi.

🔸Shuningdek, adliya bo'limlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan uchrashgan holda ularga yaratilgan shart-sharoitlar ko'zdan kechirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍106🔥2👏2
#Qiziqarli_fakt

Birinchi o'zbek advokati haqida bilasizmi?

⚖️ O‘zbek advokaturasi va milliy matbuotining peshqadamlaridan biri - Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'ja o'g'li (Ubaydulla Xo'jayev) (1878-1937) 1878-yili Toshkent shahrida tug'ilgan.

🎓 Saratov universitetining huquqshunoslik fakultetini muvaffaqiyatli tamomlab, dastlabki o‘zbek advokatlaridan biri sifatida faoliyat yuritgan. Toshkent okrug sudida advokat bo‘lib ishlagan davrida chor ma’murlarining poraxo‘rligi va zulmiga qarshi qat’iy kurash olib borgan.

1914-yil 4-aprelda “Sadoi Turkiston” gazetasiga asos solib, unga muharrirlik qilgan. Ushbu nashr Turkistonda milliy uyg‘onish va jadidchilik g‘oyalarining keng yoyilishida muhim o‘rin tutgan.

“Umid” (keyinchalik “Taraqqiyparvar”) tashkilotiga yetakchilik qilgan, “Turon” jamiyatining asoschilaridan biri bo‘lgan hamda 1917-yilda Turkiston Muxtoriyatining Harbiy noziri etib saylangan.


🇺🇿 U milliy taraqqiyot, adolat va mustaqillik g‘oyalari yo‘lida fidokorona xizmat qilgan. Ubaydulla Xo‘jayev nomi — adolat, jasorat va milliy uyg‘onish timsolidir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥74👏3👍2
📢 HUQUQSHUNOSLAR UCHUN XALQARO VEBINAR!

📅 18–19-fevral
Soat: 9:00–10:20 | 10:30–11:50


Huquqshunos va advokatlar uchun AQSHning nufuzli FOLEY HOAG LLP yuridik firmasi vakili — Diana Tsutieva ishtirokida xalqaro vebinar bo‘lib o‘tadi.

🧑‍⚖️ Vebinar mavzulari:
🔹 Advokatlarning kasbiy etikasi va AQSH tajribasi
🔹 Xalqaro investitsiya bitimlari va investitsiya arbitraji


📌 Xalqaro amaliy tajriba asosida bilim va ko‘nikmalaringizni oshirish imkoniyatini boy bermang!

📲 Ishtirok etish uchun:
👉 https://us06web.zoom.us/j/5641737125?pwd=KSkWhA8p3wsaodcJKmnwSQL7USozUm.1

📞 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun: +998 55 518-47-77

minjusttraining.uz
| Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥53
📢 DIQQAT, E'LON!

🔖 2026-yilda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etilganiga 30 yil to‘ladi. Ushbu sana munosabati bilan Markazning 30 yilligiga bag‘ishlangan yubiley maqolalar to‘plami tayyorlanmoqda.

📔 To‘plamga so‘nggi yillar davomida inson huquqlarini himoya qilish sohasida samarali hamkorlik qilgan xalqaro va milliy tashkilotlar, ekspertlar hamda hamkorlarning ilmiy-tahliliy maqolalari qabul qilinadi.

⬇️ Maqola mavzulari (jumladan):

Inson huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro va milliy institutlar faoliyatining samaradorligi;
Samaradorlikni oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar va strategiyalar;
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlik tajribasi;
Soha oldidagi dolzarb muammolar va tendensiyalar: raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, iqlim inqirozi, migratsiya va boshqalar.

📝 Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
📄 Hajmi: 10 betgacha (Times New Roman, 12-kegl, 1,5 interval).
📌 Talablar: maqola nomi, annotatsiya va kalit so‘zlar (3 tilda), muallif(lar) haqida to‘liq ma’lumot ilova qilinishi shart.

Muddati: 2026-yil 1-martga qadar
📧 Elektron manzil:
info@nhrc.uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥54👍2
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Andijon viloyati: Fuqaroni ko'p yillar davomida qiynab kelgan muammo hal etildi.

🖥 Buxoro viloyati: Adliya aralashuvi bilan adolat qaror topdi — fuqaroning mulk huquqi tiklandi.

🖥 Fargʻona viloyati: Qo'qon shahar FHDY bo'limida tajriba tariqasida keytering shaklidagi "Kumush to'y" o'tkazildi.

🖥 Jizzax viloyati: Adliya idoralari fuqarolarning huquq va manfaatlari himoyasi.

🖥 Namangan viloyati: Jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olishga keng jamoatchilik dahldor.

🖥 Navoiy viloyati: Tuman maktabgacha va maktab ta'lim bo'limiga bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnoma kiritildi.

🖥 Qoraqalpog'iston Respublikasi: Bugungi kunda fuqarolarning va xizmat ko‘rsatiladigan muassasalarning adliya organlariga bo‘lgan ishonch ortib bormoqda.

🖥 Samarqand viloyati: “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

🖥 Sirdaryo viloyati: Biznesni endi 15 daqiqada boshlash mumkin!

🖥 Xorazm viloyati: Adliya aralashuvi bilan fuqaro murojaati ijobiy yechim topdi.

🖥 Toshkent shahri: Adliya aralashuvi bilan fuqaroning mulk huquqi tiklandi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥32
Bugun, Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad - tomonlar o‘rtasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda o‘zaro hamkorlik qilish, baholash, normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash va ta’sirini o‘rganish sohasida o‘zaro ilmiy ishlarni amalga oshirish, tartibga solish ta’sirini baholash samaradorligini oshirish hamda qonunchilikdagi dolzarb masalalarni ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish orqali yechim topishdan iborat.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍86🔥3👏1