ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qiziqarli_fakt

Birinchi o'zbek advokati haqida bilasizmi?

⚖️ O‘zbek advokaturasi va milliy matbuotining peshqadamlaridan biri - Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'ja o'g'li (Ubaydulla Xo'jayev) (1878-1937) 1878-yili Toshkent shahrida tug'ilgan.

🎓 Saratov universitetining huquqshunoslik fakultetini muvaffaqiyatli tamomlab, dastlabki o‘zbek advokatlaridan biri sifatida faoliyat yuritgan. Toshkent okrug sudida advokat bo‘lib ishlagan davrida chor ma’murlarining poraxo‘rligi va zulmiga qarshi qat’iy kurash olib borgan.

1914-yil 4-aprelda “Sadoi Turkiston” gazetasiga asos solib, unga muharrirlik qilgan. Ushbu nashr Turkistonda milliy uyg‘onish va jadidchilik g‘oyalarining keng yoyilishida muhim o‘rin tutgan.

“Umid” (keyinchalik “Taraqqiyparvar”) tashkilotiga yetakchilik qilgan, “Turon” jamiyatining asoschilaridan biri bo‘lgan hamda 1917-yilda Turkiston Muxtoriyatining Harbiy noziri etib saylangan.


🇺🇿 U milliy taraqqiyot, adolat va mustaqillik g‘oyalari yo‘lida fidokorona xizmat qilgan. Ubaydulla Xo‘jayev nomi — adolat, jasorat va milliy uyg‘onish timsolidir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥74👏3👍2