ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.38K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Xorijdagi boʻsh ish oʻrinlari xususiy bandlik agentliklari oʻrtasida taqsimlanadi

Adliya vazirligi Xorijdagi boʻsh ish oʻrinlarini xususiy bandlik agentliklari oʻrtasida taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (ro‘yxat raqami 3772, 2026-yil 9-fevral) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

🔹 Ushbu Nizomga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan jalb qilingan xorijdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida xorijdaish.uz elektron platformasida e’lon beriladi. Kvota taqsimotida ishtirok etish istagini bildirgan xususiy bandlik agentliklari elektron platformadagi shaxsiy kabinetlari orqali ariza yuboradi.

Arizalar Migratsiya agentligi tomonidan 7 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Kvota taqsimotida ishtirok etishning asosiy shartlaridan biri – fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha faol litsenziyaga ega bo‘lish.

Bundan tashqari, ariza topshirgan xususiy bandlik agentliklarining xorijda ishlash istagini bildirgan shaxslarni kvotalar doirasida ishga joylashtirganlik holati ham o‘rganiladi.

Kvotalar yuqoridagi talablarga javob bergan va arizasi ijobiy qabul qilingan xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida teng taqsimlanadi.


➡️ Tegishli kvotalarni qo‘lga kiritgan xususiy bandlik agentliklari xorijiy ish beruvchi bilan hamkorlik shartnomasini tuzadi hamda fuqarolarni ishga yuborish choralarini ko‘radi.

Xususiy bandlik agentliklari fuqarolar ish joylariga yetkazilganligi va ular bilan mehnat shartnomalari rasmiylashtirilganligi haqidagi hujjatlarni (ishga kirish toʻgʻrisidagi buyruq, mehnat shartnomasi yoki dalolatnoma) elektron platformaga yuklaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥4
⚡️Diqqat e’lon

‼️Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Shayxontohur tumani davlat xizmatlari markazida haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar kuzatilgani bois, vaqtinchalik ushbu xizmat turi ko’rsata olinmasligi ma’lum qilinadi.

📍 Siz bu vaziyatda Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6🔥4👍1
#Adliya_xabari

❗️“Fuqaro – mahalla – adliya” tizimi amalda

2026-yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan
Qo'qon shahar hokimligi va mas'ul idora-tashkilotlar bilan hamkorlikda Qo'qon shahridagi jami 18 ta mahallada mahalla yettiligi va aholiga amaliy yordam berish maqsadida o'rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabr kungi Murojaatnomasida belgilanganidek:
mahalla infratuzilmasini yaxshilash;
ularga Yangi Oʻzbekiston qiyofasini olib kirish;
yoshlar bilan ishlash, jinoyatchilikni oldini olish;
bandlikni ta’minlash;
"mahalla yettiligi" faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida mahalla yettiligi va aholi vakillari bilan suhbat o'tkazildi hamda ularning muammo va takliflari o'rganildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72🔥2🙏2👏1
#bir_murojaat_izidan

⚖️ Adliya aralashuvi bilan mehnat huquqi tiklandi

Samarqand shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.G.ning shahar sog‘liqni saqlash bo‘limida mehnat qonunchiligi buzilayotgani yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Aniqlanishicha, fuqaro M.G. Samarqand shahar 10-son oilaviy poliklinikasida hamshira vazifasida ishlab kelgan bo‘lib, 2024-yilda farzandli bo‘lgani munosabati bilan mehnat qonunchiligiga muvofiq homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga, keyinchalik bola parvarishlash ta’tiliga chiqqan.

Shundan so‘ng fuqaro M.G. bola parvarishlash ta’tilidan muddatidan oldin ishga qaytish uchun ish beruvchiga yozma ravishda murojaat qilgan bo‘lsa-da, ish beruvchi tomonidan tegishli buyruq shu kungacha rasmiylashtirilmagan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar adliya bo‘limi tomonidan shahar sog‘liqni saqlash bo‘limiga tegishli taqdimnoma kiritildi va natijada xodimning o‘z ishiga qaytishi ta’minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥73👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Davlat xizmatlarida elektron navbat tizimi va QR KOD orqali to‘lov: odamlar qanday fikrda?


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Yakkabog‘ tumanida tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazdi

🔸Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muhammadiyev ishtirokida mahalliy tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etildi. Tadbirda tegishli idoralar rahbar va mas’ul xodimlari ham qatnashdi.

🔹Muloqot davomida tadbirkorlarning kredit olish, soliq imtiyozlaridan foydalanish, yer ajratish, patent va litsenziya rasmiylashtirish, kadastr hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarida uchrayotgan muammolari atroflicha muhokama qilindi.

🔸Sayyor qabul davomida jami 60 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
▪️15 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi;
▪️10 ta muammo joyida hal etildi;
▪️30 ga yaqin murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.

❗️Shuningdek, sayyor qabul davomida 82 yoshli Nomozov Hakim boboning ham tug'ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib, tantanali ravishda topshirildi.


🔹Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥75👏2
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini boshqarish kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Yig‘ilishda Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘laridan maqsadli foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama davomida Kengash a’zolari tomonidan Jamg‘armaning 2026-yil uchun ajratiladigan mablag‘lar smetasi tasdiqlandi.

Tasdiqlangan smetaga asosan 2026-yilda jamg‘arma mablag‘lari hisobidan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ko'maklashish, 10 nafar sud ekspertlarini xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishini ta’minlash kabi xarajatlari uchun mablag‘lar ajratilishi belgilandi.


🔹Tadbir yakunida Kengash raisi tomonidan Jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi PF–6256-son Farmoniga asosan Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍95🔥4🎉2