ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bilasizmi

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi — Lex.uz orqali siz nafaqat oʻzingizga kerakli boʻlgan qonunchilik hujjatlari bilan, balki malakali huquqshunoslar tomonidan tayyorlangan huquqiy tushuntirishlar bilan tanishib, kundalik hayotingizdagi huquqiy muammolarga yechim topishingiz mumkin.

‼️Misol uchun 👇

👉Sog‘liqqa shikast yetkazilishi natijasida yo‘qotilgan ish haqini yoxud daromadni aniqlash qanday tartibda amalga oshiriladi?

👉Meros tarkibiga nimalar kiradi va merosxo‘rlar orasidan ayrimlarini merosdan chetlatish mumkinmi?

👉 Boquvchisi vafot etganligi sababli ziyon ko‘rgan shaxslarga zararni to‘lash tartibi qanday?

👉Xodimning sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan beriladigan nafaqa miqdori qanday tartibda hisoblanadi?

👉Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffuslar qanday tartibda va qancha muddatga beriladi?

👉Iste’molchining mol-mulkiga yoki hayotiga yetkazilgan zararni kim qoplaydi?

👉Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda yaratiladigan majburiy sharoitlar

👉Elektron onlayn-auksion va tanlovlarlarda ishtirok etish uchun zakalat miqdori qancha?

👉Ish haqidan qanday hollarda qancha miqdorda ushlab qolish mumkin?

👉Bog‘cha tarbiyachilari ham qo‘shimcha rag‘batlantiriladimi?

👉Maktab hududida o‘quvchilar uchun qanday talablar mavjud?

👉Daraxtlarni ekish va ko‘chirish qoidalari

👉Qanday turdagi sotib olingan nooziq-ovqat tovarlar qaytarib olinmaydi?

👉Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish

❗️Shu va shu kabi huquqiy tushuntirishlar bilan Lex.uz saytining Huquqiy tushuntirishlar bo'limi orqali tanishib borishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_aralashgach
#Qashqadaryo

Yosh shifokorlarning ustama pullari undirib berildi.

Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan uch nafar salohiyatli yosh shifokor adolat izlab, Dehqonobod tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishdi. Ular o‘z murojaatlarida, qonun bilan belgilangan maxsus ustamalar – yosh mutaxassislar uchun mo‘ljallangan rag‘batlantiruvchi to‘lovlar – ularga berilmayotganini ma’lum qilishdi.

Adliya bo‘limi bu murojaatni befarq qoldirmadi. Mavjud huquqiy asoslar sinchkovlik bilan o‘rganilib, tuman tibbiyot birlashmasining bunday harakati noo‘rin va qonunga zid ekani aniqlandi. Natijada, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritildi. Biroq, birinchi instansiya sudi yosh shifokorlarning haqiqatga to‘la da’vosini rad etdi.

Shunga qaramay, adolat yo‘lida kurash to‘xtamadi. Dehqonobod tuman adliya bo‘limi ushbu masalada kassatsiya tartibida shikoyat kiritdi. Va nihoyat, 2025-yil 28-may kuni Qashqadaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan adolat qaror topdi – birinchi instansiya sudining asossiz qarori bekor qilinib, uch nafar salohiyatli yosh shifokorning foydasiga jami 22 million so‘m miqdoridagi maxsus ustama mablag‘larini undirish haqida qaror chiqarildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Sayyor_qabul
#Sayyor_xizmat

❗️Farg‘ona viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul va o'rganishlar olib borilmoqda

Farg'ona tumanidagi "Yangiyo'l" MFY binosida turli idoralar mutasaddilaridan iborat Ishchi guruhi a’zolari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o'tkazildi.

Tumanning turli MFYlarida yashovchi aholi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning ko‘plab murojaatlari eshitildi.

Sayyor qabul davomida adliya organi xodimlari tomonidan 15 nafar fuqarolarning murojaati joyida hal etildi, 10 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi, 2 ta murojaat ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, ushbu tadbirda 35 nafardan ortiq fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatildi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

📆Aksiya muddati: 2025-yil 10-iyun – 31-iyul kunlari

Aksiya doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
▪️mehnat jamoalarida seminar-treninglar o‘tkaziladi;
▪️mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda “Mehnat yarmarkalari” tashkil etiladi;
▪️mehnat munosabatlariga oid muammolar o‘rganilib ularni hal etish choralari ko‘riladi;
▪️ommaviy va sayyor qabullar tashkil etiladi;
▪️tashkilotlarga ish yuritish hujjatlarini tayyorlashda metodik yordam beriladi;
▪️mehnat jamoalarida so‘rovnomalar tashkil etish orqali xodimlarning bilimi va mehnat sharoitlari aniqlanadi;
▪️mehnat qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#adliya_xabari

“Advokatlar orasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.


Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida “Advokatlar orasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i Ma’sum Hotamov ishtirok etib, yig‘ilish ishtirokchilariga korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish, advokatura institutini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish vazirlik tizimining asosiy vazifalaridan biri etib belgilanganligini, bu borada vazirlik tomonidan bir qator tashkiliy-amaliy choralar ko‘rib kelinayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, “Yuridik yordam axborot” tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, ularning bartaraf etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ishlarni yanada tizimli tashkil etish lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Seminarda Qashqadaryo viloyat jinoyat sudi, viloyat prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda viloyatda faoliyat yurituvchi advokatlar ishtirok etishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot